O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b. R. Jumayev
Download 0.59 Mb.
|
haj-2021-m1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy to`garak
- An`ana – традиция – tradition
Adabiy manifestlar – adabiy yo`nalish, oqim va maktablarning estetik printsiplari haqidagi mulohazalarni, adabiy guruhlarning adabiyot maqsadini, turmushni tasvirlash printsiplarini qanday tushunganliklarini ifodalaydigan dekloratsiyalar. Adabiy manifestlar yozuvchi o`z ijodining ijtimoiy, ko`pincha esa sinfiy va partiyaviy xarakterini anglab etishning natijasi sifatida paydo bo`ladi. Adibiy manifestlar, odatda, o`z estetik programmasiga yoki o`z taraqqiyoti natijalariga ega bo`lgan, biror yangi adabiy oqim, uyushmalarning paydo bo`lganligidan dalolat beradi. SHunnig uchun adabiy manifestlarni o`rganish adabiy jarayon qonuniyatlarini, san`atda ideologiya kurashining qanday aks etganligini anglab olishga yordam beradi.
Adabiy oqim – bir adabiy yo`nalish doirasida turli oqimlar kuzatilishi mumkin. Ma`lum bir umumadabiy doirada harakat qila olmaydi. Bir davr adabiyotida bir nechta oqim bo`lishi mumkin, ammo umumadabiyni biror tomonga yo`naltira olmaydi. Adabiy to`garak – Tarixan adiblarning bir xil qarashlar, manfaatlar, o’oyalar va hokazolar negizida tashkil etilgan ijodiy uyushmalari. Bu tushuncha muayyan bir adabiy hodisalarning ildizi, mohiyatini chuqur o`rganish borasida ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. Adabiy xotira – biror rivoyaviy materialni aynan hikoya qilinganiday emas, balki uslub va kompozitsion jihatdan ma`lum bir darajada qayta ishlab yozib olish, keng ma`noda biror adabiyotchi bilan hamkorlikda qilinadigan ijodiy ishdan iborat avtordoshlik. An`ana – традиция – tradition -badiiy adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omillaridan biri. Har bir davr o`zidan oldingi davr adabiyotida mavjud bo`lgan eng yaxshi jihatlarni o`ziga singdiradi va o`zidan oldingi davr adadabiyotida mavjud eng yaxshi jihatlarni o`ziga singdiradi va uni davom ettirib, keyingi avlodga etkazadi. Ma`lum bir narsa ikkinchi bir narsa uchun poydevor vazifasini o`tamasligi mumkin emas. Natijada adabiyotda eng maqbul va adabiyot taraqqiyoti, takomili uchun xizmat qiladigan an`analar hayotbaxshligini saqlab qoladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling