O'quv loyixasi. O'Quvchilarda ijodkorlikni rivojlantrish sifatida


Download 102,15 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi102,15 Kb.
#1045279
  1   2   3
Bog'liq
O\'QUV LOYIXASI

O'QUV LOYIXASI. O'QUVCHILARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTRISH SIFATIDA.

Kirish.

  • Mavzuning dolzarbligi:Hozirgi ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’lim ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyiha metodidan tarix fani o’qituvchisi o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini etkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir. Tarix ta’limini loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o’qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o’qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar.

I.BOB. LOYIHA TEXNOLOGIYASI HAQIDA TUSHUNCHA.

  • 1.1.Loyihaviy ta'limdan foydalanishning ijtimoiy-pedagogik shartlari. Loyihaviy ta'limning asoslari.
  • Loyihaviy ta’lim - ta’lim modeli bo`lib, unda o`qituvchi tomonidan loyihalash ko`rinishiga ega, muammoni izlash, uni tadqiq etish va hal etish, muayyan, beqiyos, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega natija (mahsulot)ga erishish, uni ommaviy taqdim etish va jamoatchilik tomonidan baholanishini tashkil etish va rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o`quv faoliyati tashkil etiladi.
  • Loyiha (design - dizayn) - ba'zi murakkab ishlanmalarni yaratish bo`yicha hujjatlar yig`indisi.
  • Loyiha (projekt) - tushunchasi kengroq ifodalanib, ma’lum natija (loyihaning beqiyos mahsuli)ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun biror-bir tashkiliy shaklni belgilash uchun foydalaniladi.

Loyihalashtirish - («loyiha» so`zidan) - real natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini o`z ichiga oluvchi muammoni o`zgartiruvchi faoliyatni anglatadi. Loyiha - ko`pincha iqtisodiy-ijtimoiy yo`nalishda, qurilish, ilmiy ishlarni amalga oshirish xolatlarida qo`llanilgan. Bu atama pedagogikaga XX asr boshlarida kirib kelgan. Bunday yo`nalishdagi o`qitish loyiha asosida istiqbolli o`qitish metodi deb karaladi.
Ta’lim ma’nosidagi loyihalashtirish - o`qituvchi tomonidan o`quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo`yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etishdan to (intellektual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta'minlovchi maxsus (laboratoriya sharoitlarida) tashkil etilgan maqsadli o`quv faoliyatidir.
Loyiha asosida o`qitish o`quvchining mustaqil ishlashi, fikr yuritishi, o`zi o`zlashtirib olishini kafolatlaydi. Bu metod o`quv maxsulini olishda samarali bo`lib, o`quvchining o`quv-biluv faoliyatini tashkil etishda keng tavsiya etiladi.
Interfaollikni loyiha asosida tashkil etish hozirgi kunda eng aktual, yuqori samara beruvchi metod sifatida tan olinmoqda. Dars jarayonida loyihalar ustida ishlash aniq- sotsial-ijtimoiy masalalar yechimiga qaratiladi.

Download 102,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling