O’quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli


Tuxumdon apopleksiyasi (TA)


Download 228.5 Kb.
bet6/20
Sana13.02.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1195611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mavzu №28. Ginekologiyada oʻtkir qorin bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon apopleksiyasi, tuxumdon kistomasi oyoqchasining buralib qolishi. Tashxislash. Kritik xolatda

Tuxumdon apopleksiyasi (TA)
TA - bu tuxumdon to‘qimasiga patologik qon quyilish va undan qorin bo‘shlig‘iga qon ketishdir. Bu holatga diagnoz kuyish va bachadondan tashqari homiladorlik bilan taqqoslama tashhis o‘tkazish ham juda qiyin ko‘p holda bu diagnoz o‘tkir qorin tashhisi bilan qilingan operatsiyada aniqlanadi.
TA - o‘ng tomonidan chapga nisbatan juda ko‘p uchraydi. Tuxumdondan qon ketish soni uni - qon bilan ta’minlanish xususiyatiga bog‘lik. Sarik tana zich turli qontomirga ega va tomir bilan qo‘shilib keng anastomoz hosil qiladi. Ko‘p holda qon ketish sarik tanadan vaskulyarizatsiya bosqichida ketadi. Kam holda yorilgan follikulada bo‘ladi. TA - sodir bo‘lishi tipik kuni menstruatsiya sikl - 12-13 kuniga to‘g‘ri keladi.
TA - qorin pastida kuchli og‘riq, taxikardiya, shok, hushdan ketish belgi, ayrim xolda sut bezidan seroz suyuqlik ajralish, qindan shokolad rangli ajralmalar ajralishi bilan kechadi. Og‘riq - doimiy, hurujsimon, to‘lg‘oqsimon, sanchuvchi bo‘lishi mumkin. Ayol umumiy holsizlik, bosh aylanish, bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, tez-tez siyish, defekatsiya tez bo‘lishiga shikoyat qiladi. Teri qoplami rangpar, puls tez, kam to‘luvchi, gipotoniya, t0- norma chegarasida. Qorin palpatsiyasida og‘riqli, oldingi mushak taranglashish, Щetqin - Blyuberg simptomi aniqlanadi. Og‘riq orqa chiqaruv teshigiga, chov sohasi, tashqi jinsiy a’zo, dumg‘aza, oyoqqa tarqaladi.
Perkusiyada qorinni yon va pastki sohasida perkutor tovush bo‘g‘iqlashishi kuzatiladi. Ichaklar parezi, siydik tutilishi mumkin. Anamnezidan hayz buzilganligi, hayz siklini o‘rtasida kasallik qo‘zg‘alishi mumkin. Qin tekshirishda: Yon, orqa gumbazi og‘riqli, osilishi bo‘ladi. Bachadon bo‘yni surilishi qattiq og‘riq chakiradi. Bachadon normal o‘lchamda, ayrim payt biroz kattalashgan. Ortiqlar ham kattalashgan, og‘riqli. Ba’zida qin orqali tekshirganda qorin oldingi devori og‘riqligi tekshirishga qiynaladi. Qon taxlili normada bo‘lishi mumkin. UTT: Bachadon o‘z o‘lchamida, endometriy 2- faza transformatsiyasida, orqa gumbaz osilishi. Orqa gumbaz punksiyasida alvon rangli qon chiqadi.
Ko‘p hollarda apopleksiya diagnozi o‘rniga bachadondan tashqari homiladorlik, appenditsit, peritonit, kistani oyokchasi buralishi tashhisi qo‘yiladi. Apopleksiyani patognomik belgisi yo‘qligi uchun tashhislash qiyin. Orqa gumbaz punksiya va laparoskopiya qo‘shimcha tekshirish usulidir. Bachadon ortiqlarini o‘tkir yallig‘lanishi.
Kasallik boshqa ginekologik kasallik fonida rivojlanadi. Bemorda og‘riq, holsizlanish, umumiy quvvatsizlik, tana harorati oshishi bo‘ladi. Og‘riq tortuvchi, kesuvchi xarakterda, chovga, dumg‘azaga tarqalishi kuchaytirib yuboradi.

Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling