O’quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
Download 228.5 Kb.
|
Mavzu №28. Ginekologiyada oʻtkir qorin bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon apopleksiyasi, tuxumdon kistomasi oyoqchasining buralib qolishi. Tashxislash. Kritik xolatda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bachadondan tashqari homiladorlik
Soxta o‘tkir qorinda fakat qo‘zg‘alish vegetativ nervda bo‘lib uni tarqalishi natijasida mushaklar taranglashadi, qorin bo‘shlig‘ini surunkali yallig‘lanish kasalliklarida (oshqozon penetratsiyalovchya yarasi, surunkali toshli xoletsistit, surunkali pankreatit, surunkali adneksit, metrit) impulslar simpatik nervlar orqali simpatik gangliyalarga boradi, u yerdan orqani mushak va terisini innervatsiya qiluvchi ko‘krak nervlari biriktiruvchi tolalari orqali tarqaladi. Bu qovurg‘a-umurtqa giperesteziya zonalari hosil bo‘lishiga olib keladi (Zaxarin - Ged zonalari). Bu reflekslar hamma bemorlarda ham hosil bo‘lavermaydi. Ular ko‘proq markaziy nerv sistemasi quzg‘alganligi olgan bemorlarda kuzatiladi.
Qo‘zg‘alish kuchi past bo‘lgan impulslar yurakka yetib bormay, yulda so‘nishi mumkin va aksincha ko‘krak qafasda patologik bo‘lganida qorin 5-chi a’zolariga yetib bormasligi mumkin. Bu bilan o‘tkir qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarida o‘pka-yurak simptomlari hamma bemorlarda kuzatilmasligi mumkin va aksincha o‘pka va yurak kasalliklarida har doim ham abdominal sindromlar kuzatilmasligi mumkin. O’tkir qorin ham ginekologik, ham xirurgik amaliyotda uchragani uchun o‘tkir qorin klinikasi bilan kechuvchi qator kasalliklar haqida aniq bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Ginekologik amaliyetda o‘tkir qorin quyidagi kasalliklarda kuzatiladi: - Bachadondan tashqari homiladorlik - Tuxumdon apopleksiyasi - Bachadon ortiqlari o‘tkir yallig‘lanishi - Tuxumdon kistasi oyokchasi buralib qolishi yoki nekrozi - Qin, kizlik pardasi atreziyasi. Gemotosalpiniks. Bachadondan tashqari homiladorlik O’K klinikasi nay homiladorligini (kam hollarda tuxumdon) to‘xtaganida yuz beradi. Bemor qorindagi kesqin o‘tkir og‘riqka, uni orqa teshikka, belga, jinsiy a’zolarga tarqalishiga shikoyat qiladi. Anamnezidan hayzni tutilishi, ba’zan bo‘lmasligining yoki klinikasi navbatdan tashqari hayz vaqtida kuzatilishi aniqlanadi. Kasallik VMS fonida ham yuz berishi mumkin. Bemor jinsiy a’zolar yallig‘lanish kasalliklari, hayz siklini buzilishi (infantilizm), tez-tez abort qildirish va abortdan keyingi davrda asoratlar kuzatilganligini aytadi ko‘pincha bachadondan tashqari homiladorlik 4-8 haftalarda to‘xtaydi. Ko‘zdan kechirganda bemor umum-axvoli o‘rtacha og‘irlikda, ba’zan hushsiz adinamik bo‘ladi. Teri qoplamlari rangpar, sovuq, yopishkok ter bilan qoplangan, taxikardiya, gipotoniya. Tana xarorati subfebril yoki normada bo‘ladi. Tili nam qorni kesqin og‘riqli (ko‘proq pastki bo‘limlarida), qorin old devori mushaklari taranglanishi aniqlandi, Щyotkin-Blyumberg simptomi musbat. Perkussiyada ba’zi joylarda bug‘iklashgan tovush eshitiladi. Ginekologik tekshirishda qin va bachadon bo‘yinchasi - qin qismi tsianoz, o‘tkir to‘q qon yoki malla ajralmalar surkaluvchi xarakterda bo‘lishi aniqlanadi. Bu holat homiladorlikni to‘xtatgandan so‘ng sarik tana orqaga qaytar rivojlanishi va bachadon detsidual qavati ko‘chishi tufayli yuzaga chiqadi. Bachadon normaga nisbatan katta yushmok. Bachadon nayi yorilishida kuchli ichki qon ketishi va qorin oldingi mushagi taranglashishi sababli jinsiy organni aniqlab bo‘lmaydi. Bachadon bilan birgalikda, ko‘proq u orqasida kolbasa formali yushmok qonsistensiyali, og‘riqli o‘smasimon tuzilma aniqlanadi. Laborator tekshirishda: Umumiy qon analizi: Nv kamaygan, eritrotsit, gematokrit. UTTda: cheti notyokis tuzilma, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik, endometrik - detsidual reaksiya belgilari. Bachadon nayi yorilishi aniq klinik belgi bilan kechganda diagnoz qo‘yish qiyin emas. Shubhali holatda orqa gumbaz punksiya qilinadi, natijada ivimaydigan qora qon chiqadi. Download 228.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling