O’quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli


Fanlararo va Fan ichidagi bog‘liqlik


Download 228.5 Kb.
bet3/20
Sana13.02.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1195611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mavzu №28. Ginekologiyada oʻtkir qorin bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon apopleksiyasi, tuxumdon kistomasi oyoqchasining buralib qolishi. Tashxislash. Kritik xolatda

3. Fanlararo va Fan ichidagi bog‘liqlik
Ushbu mavzuni o‘zlashtirish uchun anatomiya, fiziologiya, xirurgiya va topografik anatomiyadan bilimlarga ega bo‘lish lozim.
4. Mashg‘ulot mazmuni
4.1. Nazariy qism
«O’TKIR QORIN» (O’Q) - bu sindrom qorindagi kuchli og‘riq, qorin oldingi devor mushaklarni taranglashishi, ko‘ngil aynish, qusish, qorin dam bo‘lishi, ich kelishi buzilishi bilan kechadi. Yashirin kechganda O’K ayrimlarda individual holda intoksikatsiya va peritonit bilan kechishi mumkin.
"O’tkir qorin" termini katta guruhni tashqil qilib, qorin bo‘shlig‘i a’zolarini hayot uchun xavf soluvchi asoratlar bilan kechuvchi, faqat xirurgik davo bilan qutilish mumkin bo‘lgan holatdir. O’K - xaqiqiy va sohta bo‘ladi. Xaqiqiy O’K - o‘tkir qorin bo‘shlig‘i a’zolarini kasalliklari natijasida kelib chiqadi. Sohta O’K - ko‘proq ko‘krak qafas a’zolari kasalliklarida (miokard infarkt, pnevmoniya, plevrit) natijasida bo‘ladi. Davolash amaliyotida 2 - ta tushuncha mavjud. Xaqiqiy O’K - shoshilinch xirurgik davoni talab qiladi. Sohta O’K esa - xirurgik davoga qarshi ko‘rsatmadir.
O’K patogenezi: O’Kni rivojlanish mexanizmini tushunish uchun, vegetativ va pereferik nerv tizimini anatomik reflektor bog‘liqni aniqlash o‘rganish lozim. Yurak, o‘pka, plevra, oshqozon, ichak, o‘t yullari, siydik yullari kasalliklarida vegetativ nerv tizimi bilan innervatsiya qilgani uchun tarqaluvchi og‘riq, mushaklarni taranglashishi bilan bog‘lik. Ma’lumki pariyetal qorin parda, mushaklar, teri bel nervi va 6 ta juft qovurg‘alararo nerv bilan innervatsiyalanadi. Qovurg‘alararo nerv ko‘proq nervni oldinchi shohi bo‘lib, orqa shohi mushak, terini, r.meningens esa orqa miyani qattiq pardasini nervlaydi. To‘rtinchi shohi g.communicantes qovurg‘alararo nervlarni birlashtirib ichki a’zolarni nervlaydi va qo‘zg‘alish tarqaladi.
Savol tug‘iladi: Nima uchun qorinda og‘riq paydo bo‘lib miokard infarqtda, pnevmoniya va boshqa kasalliklarda vegetativ nerv sistemasi ta’sirlanganda qorin oldinchi devor mushaklari taranglashadi? Og‘riq qorinda ichki a’zolarni vegetativ nerv tizimidagi akson refleks reaksiyasi natijasida yuzaga keladi. Pre va postganglionar neyron shohlari 1 tasi 1 ta a’zoni yoki yarimini, ikqinchi shohi boshqa a’zoni innervatsiyalaydi. Agar bitta nervni shohi ta’sirlansa, boshqa shoh ham ta’sirlanadi, boshqa a’zoga mos javobli qo‘zg‘alish va og‘riq reaksiyasi beradi.
Simpatik gangliyalar va qovurg‘alarda nerv aloqasi natijasida, qo‘zg‘alishi vegetativ va qovurg‘alararo nerv orqali qorinni oldingi mushaklarini taranglashtiradi. Ko‘krak qafas a’zolari va qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasallik-lari natijasida ta’sirlanish sayyor nerv orqali simpatik gangliyalarga o‘tib qorin mushaklarini qisqartiradi.
Pariyetal qorin parda, visseropariyetal refleks orqali qorinda og‘riq hosil bo‘ladi. Kuchli ta’sirlanishi natijasida qovurg‘alararo nerv teri shohilari qo‘zg‘alishi natijasida, teri visseral refleks hosil bo‘lib, klinikada qorinda og‘riq, mushak va teri mushak paresteziyasi sodir bo‘ladi.
Sanab o‘tilgan barcha reflekslar yuli qovurg‘alararo nerv orqali o‘tib, ular yagona vissero-pariyeto-motor-teri refleksini hosil qilib ularni ta’sirlanish darajasi patologik o‘zgargan a’zo holatiga bog‘liq ravishda kechadi.

Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling