O’quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli


Tuxumdon kistalari oyoqchalarining buralib qolishi


Download 228.5 Kb.
bet7/20
Sana13.02.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1195611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Mavzu №28. Ginekologiyada oʻtkir qorin bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon apopleksiyasi, tuxumdon kistomasi oyoqchasining buralib qolishi. Tashxislash. Kritik xolatda

Tuxumdon kistalari oyoqchalarining buralib qolishi


Tuxumdon kistalari oyoqchalarining buralib qolishining klinik manzarasi ushbu jarayoning qanchalik tez rivojlanganligi va necha gradusga buralganligiga bog‘lik. 180° gacha bo‘lgan buralishlar simptomsiz kechishi mumkin. Buralish 270° gacha bo‘lganda oson siqiluvchi venalar qisilib qoladi, qon oqib kelishi saqlanib qoladi. Tarqalgan qon quyilishlar hisobiga o‘sma yuzasi qora-qo‘ng‘ir rangga kiradi. Ko‘krak bo‘shlig‘iga gemorragik suyuqlik yig‘iladi. Qon yo‘qotilishi ancha sezilarli bo‘lishi mumkin, ba’zan kapsulaning kuchaytirib boruvchi yorilishida 1,5-2 gacha borishi mumkin. Kista oyoqchalarinig to‘liq (360°), ko‘p martali buralishida qon oqimi to‘xtaydi, natijada tezda kistaning nekrozi va keyinchalik peritonit rivojlanishi mumkin.
Kasallik qorin pastidagi kesqin og‘riqlar bilan boshlanadi, og‘riqlar tortuvchi xarakterda bo‘lib, chov soxasiga, dumg‘aza, orqa chiqaruv teshigi soniga tarqaladi. Ko‘ngil aynish, qusish, tana xaroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Ba’zan og‘riqlar shok, hushdan ketish manzaralari bilan birga kuzatilishi mumkin.
Teri qoplamlari ranglar tusga kiradi, sovuq ter bilan qoplanadi. Tili quruq, oq karash bilan qoplangan. Qorin tarang, o‘sma joylashgan tomonda og‘riq bo‘ladi, Щyotkin - Blyumberg simptomi o‘sma joylashgan tomonda musbat. Puls tezlashtan, to‘liqligi susaygan, AKB normada. Qonda - leykotsitoz dinamikada kuchayib boradi. UTTda hosila aniqlanadi, ko‘pincha perifokal yallig‘lanish belgilari bo‘ladi, orqa gumbazda suyuqlik bo‘lishi mumkin.
Anamnezida ayol ortiqlar yallig‘lanishi kasalliklari bilan tez-tez og‘rigan bo‘ladi, tuxumdonlar sohasida kista aniqlanganligi yoki uning o‘lchamlarini kattalashganligi aniqlangan bo‘lishi mumkin.
Qin orqali tekshirganda bir tomonlama o‘smasimon tuzilma aniqlanadi, u og‘riqli, taranglashgan, harakati cheklangan bo‘ladi, o‘sma lokalizatsiyasi joyida gumbazlar yassilangan va og‘riqli bo‘ladi. Xosila odatda dumalok shaklda yuzasi sillik, zich elastik qonsistensiyada bo‘lib, ko‘pincha bachadonning orqasida yoki yon tomonida va o‘ng tomonda (dermoid kista) joylashadi. Tuxumdon kistalari oyoqchalari buralib qolishining sabablari to‘liq o‘rganilmagan. Bunda quyidagi omillar ahamiyatga ega: kista oyoqchalari venalarda qon bosimi va kistaning uzida bosimning oshishi, gavdaning kesqin aylanishi, ichaklarning kuchli peristaltikasi, siydik pufagining xaddan tashqari tuda bo‘lishi, kistaning kichiq chanok bo‘shlig‘idan qorin bo‘shlig‘iga o‘tishi, kista oyokchalarining uzun bo‘lishi. Buralish sodir bo‘lishi uchun kistoz xosila uzun oyokchali bo‘lishidan tashqari, yetarli harakatchanlikka ham ega bo‘lishi kerak. Ko‘pincha urtacha o‘lchamli va dermoid kistalar buralishga moyil bo‘ladi (dermoid kistalar tarkibi yog va sochlardan iborat bo‘lganligi uchun yengil bo‘ladi).

Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling