O’quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli


Zo‘rlikka uchragan ayolga yordam ko‘rsatish


Download 228.5 Kb.
bet10/20
Sana13.02.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1195611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Mavzu №28. Ginekologiyada oʻtkir qorin bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon apopleksiyasi, tuxumdon kistomasi oyoqchasining buralib qolishi. Tashxislash. Kritik xolatda

Zo‘rlikka uchragan ayolga yordam ko‘rsatish.
Jabrlangan ayolni tekshirilayotgan vaqtda vrachdan tashqari xolis kuzatuvchi bo‘lishi shart. Jabrlangan ayolni aytganlarini to‘liq yozib olish lozim. Zo‘rlanish vaqti, zo‘rlaganlar soni va xususiyatlari. Qin, ichak yoki og‘iz bo‘shlig‘iga biror buyum kiritishga urinish. Jabrlangan ayol eyakulyatsiya holatini kuzatganligi. Ayol zo‘rlanganlik izlarini yo‘qotadigan biror muolaja o‘tkazganligi (vanna yoki dush qabul qilish, artinish, tamponlar ishlatilishi, og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash, defekatsiya, kiyim almashtirish). Xujjatlarda har bir jarohat qayd qilinishi kerak (qin, og‘iz bo‘shlig‘idagi). Postkoital qontratsepsiyani tarkibida etinilestradioli bo‘lgan tabletkalar yordamida o‘tkazish mumkin. Agar zo‘rlanishdan 72 soatdan oshgan bo‘lsa, ammo 7 kundan kam bo‘lsa qontratseptiv maqsadida BIS ishlatish mumkin.
Doim xlamidiya, trixomanada, gonoreya infeksiyalariga material olish shart. Sudda isbotlash uchun xlamidiyning ijobiy bakteriologik ajratmasi kerak (PSR va IFAdan tashqari). VICh-infeksiya va gepatit Vga tekshirilishi lozim. Agar ayolda biron jarohat aniqlansa, qoqsholga qarshi anatoksin qilinadi. Jinoyatchi venerik kasalligiga gumon qilinsa, jabrlanuvchining ixtiyoriga ko‘ra profilaktik maqsadda antibiotiklar beriladi. 4 haftadan so‘ng qayta ko‘ruv belgilanadi. Agar antibiotik buyurilmagan bo‘lsa, infeksion jarayon rivojlanganligiga material olinadi. Zaxm uchun qonni serologik tekshiruvi zo‘rlangandan 4-8 haftadan so‘ng o‘tkaziladi. VICh-infeksiyasi uchun qonni serologik tekshiruvi 3-6 oydan so‘ng takrorlanadi. Jabrlanganga psixiatr maslahati lozim.
Siydik-jinsiy a’zolar oqmasi.
Ikkita bo‘shliqli a’zo yoki bo‘shliq va teri qoplamalari orasida hosil bo‘lgan sun’iy yo‘l oqma deyiladi. Quyidaga oqmalar mavjud:
- Siydik pufagi oqmasi, pufak-qin, pufak-bachadon, pufak-ortiqlar orasida;
- siydik yo‘li oqmalari: siydik yo‘li-qin, siydik yo‘li-bachadon;
- uretro-qin okmalari, uretro-pufak-qin oqmalari;
- kombinatsiyalashgan oqmalar: siydik-jinsiy a’zolar, siydik-ichaklararo oqmalar;
- murakkab oqmalar;
Oqmalarning hosil bo‘lish sabablari turlichadir:
- tug‘ruq vaqtidagi jarohat;
- operatsiya va muolajalar vaqtida ichak, siydik va jinsiy a’zolarga yetkazilgan jarohatlar;
- rivojlanish nuqsonlari;
- o‘smalarning yemirilish davrida;
- nur ta’siridagi jarohat;
- yiring yoki boshqa patologik mahsulotlarni bachadon ortiqlaridan qin, ichak va siydik a’zolariga yorilishi;
- ichakning pastki qismida sil jarayoni;
- noxosdan qo‘shni a’zolarning devorlarini shikastlash;
Siydik-jinsiy a’zolar oqmalari ichak-jinsiy a’zolar oqmalariga nisbatan ko‘p uchraydi, bo‘nga sabab siydik chiqaruv kanali va siydik pufagi bo‘yinchasi qov yoyi orqasida joylashganligi uchun kichik chanoqqa suqilgan homila boshi bilan osonlikcha siqiladi, sigmasimon va to‘g‘ri ichak esa ancha qulay sharoitda joylashgan bo‘lib, homila boshini bosimidan himoyalangan.
Oqma mavjudligining asosiy belgilari quyidagilar: siydik va najas tuta olmaslik;

    • - tashqi jinsiy a’zolarda, qinda, siydik pufagida, siydik tizimining yuqori bo‘limlarida yallig‘lanish jarayonlari;

    • - yiringli bo‘shliq (piosalpinks, to‘g‘ri ichak-bachadon botiqligining absessi va boshqalar) va qin oralig‘ida oqma teshigi bo‘lganda qindan yiring ajralib turadi. Anamnez yig‘ish chog‘idayoq oqmaning mavjudligi, uning xususiyati, lokalizatsiyasi va o‘lchamlari haqida bilib olsa bo‘ladi. Katta diametrli oqma oddiy qin ko‘zgulari bilan ko‘rish yoki ikki qo‘llab tekshirish o‘tkazish orqali aniqlanadi. Qin orqali oqma yo‘lini zondlashni, siydik pufagini to‘ldirish sinamasini qo‘llash ham mumkin. Buning uchun 200 ml atrofida steril, bo‘yaydigan, dezinfeksiyalovchi vosita (rivanol 1:1000, metilen ko‘ki 1:2000, marganets nordon kaliy 1:1000) yuboriladi. Qinni ko‘zgular yordamida tekshirilganda oqma teshigidan ajralayotgan suyuqlik ko‘rinadi, shu yo‘l bilan uning joylashishi va o‘lchamlari aniqlanadi. Bundan tashqari tsistoskopiya, xromotsistoskopiya va fistulografiya yordamida ham aniqlasa bo‘ladi.

Davosi faqatgina jarrohlik yo‘lidir. Amaliyot oqma shakllangandan 4-6 oydan so‘ng o‘tkaziladi. Operatsiyadan so‘ng doimiy kateter, siydik qopini antibiotik va antiseptiklar bilan yuvish buyuriladi.

Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling