O’quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli


Jinsiy a’zolarning yopiq jarohati


Download 228.5 Kb.
bet11/20
Sana13.02.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1195611
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Mavzu №28. Ginekologiyada oʻtkir qorin bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon apopleksiyasi, tuxumdon kistomasi oyoqchasining buralib qolishi. Tashxislash. Kritik xolatda

Jinsiy a’zolarning yopiq jarohati.
Yopiq jarohatlar o‘tkir bo‘lmagan buyumlar yoki ikkilamchi yo‘l (tos suyaklarini shikastlanishi, o‘q tekkanda) yo‘l orqali yuzaga keladi. Bunday shikastlanishlar natijasida gematoma rivojlanadi. Gematoma shikast yetgan joyda rivojlanadi: tashqi jinsiy a’zolar, qin, oraliq. Jarohat sohasida og‘riq, ba’zida chidab bo‘lmaydigan. Siydik ayiruvi tez-tez va og‘riqli bo‘ladi. Gematoma qin va ichak atrofi kletchatkalariga tarqalsa, tenezmlar paydo bo‘ladi, siydik ajralishi va defekatsiya qiyinlashadi. Shikast yetgan joy shishadi va ko‘kimtir-qora, ko‘kimtir-qizil tus oladi. Gematoma kletchatka bo‘yicha tarqalsa, birinchi o‘rinda anemiya simptomlari namoyon bo‘ladi (tashqi qon ketishi bo‘lmasa ham). Gematoma tashqi jinsiy a’zolarni ko‘rish va barmoq bilan tekshirish bilan aniqlanadi. Birinchi navbatda qon to‘xtatish lozim. Infeksiya tushmasligi va og‘riqni kamaytirish maqsadida teri qatlami butunligini saqlash kerak. Bemor yotqizib qo‘yiladi, muzli xalta va og‘riq qoldiruvchi vositalar buyuriladi. Zudlik bilan bemor statsionarga jo‘natiladi. Agar gematoma va anemiya belgilari ko‘paysa, keng medial kesim orqali ochib, qon laxtalari olib tashlanadi va qonayotgan tomirlar tikiladi. Gematoma bo‘shlig‘i drenajlanadi. Profilaktika maqsadida antibiotiklar buyuriladi. Ko‘p miqdorda qon yo‘qotilganda aylanib yuruvchi qon miqdori to‘ldiriladi.
Qindagi begona narsalar ginekologik tekshiruvda ko‘zgu va barmoq yordamida aniqlanadi.
Davolash yod narsani olib tashlash, dezinfeksiyalovchi marganets nordon kaliyning 1:4000-1:6000 nisbatdagi eritmasi yoki boshqa antiseptiklar bilan yuvishdan iborat.
Qin devorlari asosan orqa yoki ma’lum bir yon gumbazining yuqorigi uchdan bir qismi yirtiladi. Qinni yon devori chuqur yirtilsa, toz kletchatkasi ochilib qoladi.
Bu guruxga tibbiy muolajalar vaktida yetkizilgan jaroxatlar kiradi: metall kengaytirgichlar yordamida tservikal kanal kengaytirilayotganda, operatsiyalarda siydik qopi, siydik yo‘li va bachadonni noxos jarohatlanishi.
Klitorning jarohatlanishi uni qon tomir bilan ko‘p to‘yinganligi uchun juda xavfli, shuning uchun kuchli qon ketishi kuzatiladi.Shu sababli shoshilinch xirurgik yordam zarur.
Tashqi jinsiy a’zolar, qin va bachadon bo‘ynini kuyishi qinni issiq suv bilan yuvilganda yoki zararsizlantiruvchi vositalarning dozasi oshib ketganda kuzatiladi.
Yirtilishlar tikilmaganda yoki ikkilamchi tortilish yo‘li bilan bitganda bachadon bo‘ynida chandiqli deformatsiya paydo bo‘ladi.
Bachadon bo‘ynining eski yirtilishining asosiy belgilari: ajralmalar, bepushtlik va homila tushishi, hayz siklini buzilishi, bel va qorinning pastki qismida og‘riqlar.
Qiz bolalarning vulva va qin sohasida yuzaga keladigan jarohatlar o‘tkir, kesuvchi va sanchuvchi buyumlar ustiga tushganda, hamda kuyishi ota-onalarning e’tiborsizligidan yuzaga keladi (issiq suv, ochiq olov).

Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling