O`quv mashg`ulotida ta’lim texnologiyasi modeli


Download 399.5 Kb.
bet10/21
Sana17.06.2023
Hajmi399.5 Kb.
#1523605
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Amaliy dars rejasi

O’quv fanining nomi: Fizika-Astronomiya
Mavzu nomi: Eng sodda radioni yig`ish.
Ta’limiy: Talabalarning nazariy darsdan olgan bilimlarini amaliyotga qo`llay olishi.
Tarbiyaviy: Talabalarni vatanparvarlik hamda mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Talabalarni texnikaviy bilimlarini tibbiyotga bog`lay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsdan kutilayotgan natijalar:
O`quvchi bilishi kerak: mavzuni o’zlashtirishgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1. Tebranish konturi nimadan tashkil topganligini.
2. Detektrlash nima uchun zarur ekanligi.
3. Detektrlar priyomnikda faqat kuchli radioctansiyalarning signallari qabul qilinishi
4. Priyomnikda past chastotali kuchaytirgichning ahamiyati haqida.
O`quvchi bajara olishi kerak:
1. Chizmada ko`rsatilgan sxemaga muvofiq detektrli priyomnik yig`iladi.
2. Kontur g`altakning bir uchi antennaga va ikkinchi uchi yerga ulanadi.
3. G`altakka parallel ravishda uzun to`lqinlarni qabul qiladigan g`altak ulanadi.
4. Radiopriyomnikni uzun to`lqin tarqatadigan radiostansiyani qabul qilishga
sozlanadi.(Izoh: buning uchun o`zgaruvchan sig`imli kondensatorning dastasi asta-sekin
buraladi).
5. Butun uzun to`lqinlar diapazonidagi signallarni tinglab bo`lgach, o`rta to`lqinlarni qabul qilishga mo`ljallangan g`altak ulanadi va o`rta to`lqinlar diapazonidagi signallar eshitiladi.
6. Laboratoriya kuchaytirgichi ikkinchi chizmaga ko`ra radiopriyomnikka ulanadi.
7. Laboratoriya kuchaytirgichini tok tarmog`iga ulab, TARMOQ kaliti ULASH holatiga qo`yiladi.
8. Radio karnaydan chiqayotgan tovushlar eshitiladi, so`ngra laboratoriya kuchaytirgichi tok tarmog`idan uziladi.
Moddiy texnikaviy ta`minot:
a) Texnik vositalar, axborot manbalari, ko`rgazmali qurollar va tarqatma materiallar,
darslik, laboratoriya yo`riqnomasi.

Download 399.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling