O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


SIFAT, SON, OLMOSH SO‘Z TURKUMLARI


Download 0.95 Mb.
bet32/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

SIFAT, SON, OLMOSH SO‘Z TURKUMLARI
Reja:
1.Qadimgi turkiy tilda sifat so‘z turkumi.
2.Qadimgi turkiy tilda son so‘z turkumi.
3.Qadimgi turkiy tilda olmosh so‘z turkumi.
Asosiy tushunchalar: belgi, darajalanish, morfologik usul, sifat yasalishi,miqdor, sanoq son, dona son, tartib son, tub son, hisob so‘zlari,kishilik olmoshi, ko‘rsatish olmoshi, o‘zlik olmoshi, so‘roq olmoshi, belgilash-jamlash olmoshi, gumon olmoshi.
Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilida sifat tarixan maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan. Mutaxassislarning fikricha, sifat dastavval mustaqil so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan, keyinroq ot turkumidan o‘sib chiqqan va rivojlangan. E.V.Sevortyanning ta'kidlashicha, sifatning otdan differensiatsiya-lanishi ancha ilgarigi davrlarda boshlangan. V – VIII asrlarga kelib, bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo‘lgan xilma-xil shakllar hisobiga yuz bergan. Ushbu leksemalarning ba'zilari qadimdayoq kammahsul bo‘lgan, ayrimlari esa o‘z sermahsulligini hozirgi kungacha saqlab qolgan va hatto kengaytirgan. Muayyan shakllar ot va sifat uchun mushtarak hisoblangan, yana boshqa birlari faqat sifatgagina tegishli bo‘lib, keyingi davrlarda taraqqiy etmagan10.
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo‘lib, bu jarayon davom etmoqda. Bundan hamma sifat otdan ajralib chiqqan, degan fikrga kelmaslik kerak. Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida shakllanganidan so‘ng bu turkum tarkibida yangidan qo‘shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama so‘zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning etimologiyasi hozircha aniqlangan emas.
Sifatlar narsa-pretmetning belgi-xususiyatini turli nuqtai nazardan anglatadi, belgilar bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Qadimgi turkiy tilda sifatlar ma’nosi va tuzilishiga ko‘ra asliy va nisbiy sifatlarga bo‘linadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling