O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika


Download 0.95 Mb.
bet6/85
Sana02.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1147202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
1-Ma\'ruza (2)

Braxma yozuvi
U bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, qadimgi sanskritcha alifbo negizida shakllangan. Turon zaminiga buddizm ta’sirida kirib kelgan.
Suryoniy yozuvi
Milodning boshlarida Mesopotamiyaning g‘arbi-shimolida xristianlik gurkiragan edi. Bu o‘lkada oromiy alifbosi asosida shakllangan suryoniy xati amal qilgan. V yuzyillikning o‘rtalarida Suriya dindorlari ikki mazhabga bo‘linib ketgan. Ularning nasturiy mazhabidagilari o‘z yurtida ta’qib ostida qolgach, Erondan panoh topdilar. Nasroniylar bu yerda o‘zlarining ta’limot maktablarini ochishgan. Mana shu maktab namoyandalari ta’limotlarini mahalliy xalq orasiga ham yoydilar. Ularning missionerlik ishlari oqibatida nasroniylik VII-VIII asrlarda Xirot, Samarqand, Qoshg‘ar, hatto Hindiston va G‘arbiy Xitoygacha yetib bordi. Bu o‘lkalarda nasroniylik bilan bir paytda suryoniy alifbosi ham tarqalgan. Suryoniy xati turk nasroniylar orasida ham qo‘llanilgan. Bizgacha yetib kelgan nasroniy mazmunli turkiy yodgorliklar ikki - uyg‘ur va suryoniy yozuvlaridadir.


Savol va topshiriqlar:
1. Yozuvning dastlabki bosqichi sifatida qaysi yozuv e’tirof etiladi?
2. Qadimgi turkiy yozuvlar xususiyatlari yoritilgan adabiyotlarni
o‘rganing.
3. Qadimgi turkiy til davrida qaysi yozuvlar qoʻllanilgan?
4. Turk runiy bitiglarida necha alifbo amal qilgan?
5. Uygʻur yozivi qaysi alifbo asosida shakllangan?


Test sinovi
1.Koʻk turk yozuvining ildizi qaysi davrlarga tutashadi?
A) miloddan oldingi I ming yillik B) miloddan burungi II ming yillik S) oltinchi yuz yilliklar D) uchinchi yuz yilliklar
2. Sugʻd yozivi qaysi alifbo asosida shakllangan?
A) yunon S) oromiy
B) finikiy D) moniy
3. Koʻk turk yozuvi nechanchi asrgacha qoʻllangan?
A) VIII asr S) X asr
B) IX asr D) XI asr
4. Uygʻur yozuvi nechanchi asrgacha qoʻllangan?
A) XI asr S) XIV asr
B) XII asr D) XVI asr

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling