O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
“Turkcha yozuv” tushunchasini kim qoʻllagan?
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Koʻk turk matnlaridagi harflar soni nechta A) 22 ta B) 38 ta B) 23 ta D) 38-40 ta atrofida ADABIYOTLAR
- QADIMGI TURKIY TILNING FONETIK XUSUSIYATLARI
5.“Turkcha yozuv” tushunchasini kim qoʻllagan?
A) Alisher Navoiy S) Yusuf Xos Hojib B) Ahmad Yugnakiy D) Mahmud Koshgʻariy 6. Moniy yozuvi nechanchi asrda tirkiylar orasida keng yoyilgan? A) VI asr B) VIII asr S) VII asr D) XI asr 7. Brahma yozivi qaysi alifbo asosida shakllangan? A) yunon B) oromiy B) sanskrit D) finikiy 8. Koʻk turk matnlaridagi harflar soni nechta? A) 22 ta B) 38 ta B) 23 ta D) 38-40 ta atrofida ADABIYOTLAR: 1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи, 1982. 2. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008. 3. Исҳоқов М., Содиқов Қ., Омонов Қ. Мангу битиглар. – Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2009. 4. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951. 5. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.:O‘zbekistonfaylasuflarimilliyjamiyati, 2009. 6. Рустамов A. Ибн Арабшоҳ туркий ёзувлар ҳақида // Адабий мерос. -Тошкент, 1976. 7. Sanaqulov U. Oʻzbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me’yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. – T.: Navroʻz, 2015. 8. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006. 9. Содиқов Қ. Қадимги туркий ёзувлар. -Тошкент, 1995. 10. Умаров Э. Урхун ёзуви. -Тошкент, 2013. QADIMGI TURKIY TILNING FONETIK XUSUSIYATLARI Reja: 1.Qadimgi turkiy til fonetikasi haqida ma’lumot. 2.Qadimgi turkiy tilde unlilar tizimi. 3.Qadimgi turkiy tilda undoshlar tizimi. Asosiy tushunchalar: fonema, tovush o‘zgarishlari, unlilar, undoshlar, singarmonizm, jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar, sonorlar,tanglay uyg‘unligi, lab uygunligi, yonma-yon keladigan undoshlar, fonetik hodisalar. Ma’lumki, fonetika ma’lum bir til unli va undosh tovushlarining turli davrlardagi taraqqiyoti, har bir taraqqiyot davri uchun xos bo‘lgan fonetik sistema, ayrim unli va undosh tovushlarning shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti, asosiy fonetik qonuniyatlar kabi masalalarni o‘rganadi. Qadimgi turkiy til fonetikasi, undagi unli va undosh tovushlar haqida aniq va qat’iy bir fikr aytish mushkul, chunki ularning bevosita talaffuz me’yorlarini kuzatishdan, tadqiq qilishdan mahrummiz. Bu haqda yodnomalar tilini o‘rganish orqali xulosalar chiqarish mumkin. Ko‘k turk bitiglaridagi harflar soni 38-40 ta atrofida. Ayrim matnlarda ularning soni bundan ham ko‘proq. UNLILAR Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bo‘lib, ular bir-biridan qatori, tor- kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra farq qiladi. Bulardan - a, ï, o, uorqa qator, ä, i, ö, ü old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ä, o, ö; tor unlilar - i, ï, u, ü. Lablanmagan unlilar – a,ä, i, ï; lablangan unlilar – o, ö, u, ü. Demak, a - lablanmagan, keng va orqa qator; ä - lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq, qirg‘iz hamda ko‘pgina qardosh turkiy tillarda, shuningdek, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida saqlangan. Tatar va boshqirt tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida ɔ (hozirgi o‘zbek tilidagi til orqa, lablangan o unlisi)ga aylangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ba’zi o‘rinlarda oldingi tomon ɔga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon kengayib äga aylangan. Qadimgi turkiy tillardagi äunlisi esa hozir torayib, ko‘pgina turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilida birinchi bo‘g‘inda e ga aylangan. A.Amanjo‘lov oʻrxun bitiglaridagi i yoki yozuvda har doim ifodalanmaydigan ä harfi o‘rni bilan e tovushini ham anglatganini ta’kidlaydi. Uning xulosasiga ko‘ra e tovushi oʻrxun bitiglari tilida ä ga variant sufatida (ä-e) qo‘llangan. Misollar: at (ot) ab (ov) ar-(alda-) aš-(osh-) san (son) ät (et, go‘sht) äb (uy) är (er) äš(esh) sän (sen) adağ(oyoq) qağan (xoqon) anda (unda) apa (opa) qara (qora) Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling