O’quv materiallari 14- mavzu


Download 82.13 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi82.13 Kb.
#1036104
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-maruza


O’QUV MATERIALLARI


14- Mavzu: Biologik membranalar. Biologik membranalar,
ularning funksiyasi va asosiy holatlari.
Reja:
1. Biolipidli membrana (BLM) modeli.
2. Liposoma. Biomembranalar dinamikasi.
3. Lipid molekulalarning membranadagi harakatchanligi.
4.Lipid va oqsil molekulalarining diffuziyasi (lateral va flip-flop).
5. Gel-suyuq kristall tipidagi lipid qo‘sh qatlamining mikroyopishqoqligi.
6. Membranalar patologiyasi. Membranalarda fazoviy o‘tishlar.


Tayanch so’z va iboralar:Biologik membranalar, Biolipidli membrana (BLM) modeli.
Liposoma, Biomembranalar dinamikasi, Lipid molekulalari, Lipid va oqsil molekulalari, lateral va flip-flop), Membranalar patologiyasi, Membranalarda fazoviy o‘tishlar.


1. Biolipidli membrana (BLM) modeli.
Biologik membranalar hujayraning muhim qismlaridandir. Ular hujayrani tashqi muhitdan ajratib turadi. Uni zararli tashqi ta’’sirlardan himoya qilib turadi, hulayra va uning atrofidagi muhit o’rtasidagi moddalar almashinuvini boshqaradi, elektr potensiallarning hosil bo’lishiga imkon beradi. Mitoxondriyalarda universal energiya to’plovchi ATF ning sintezida ishtirok etadilar.
Aslini olganda membranalar hujayralarning strukturasini shakillantiradi va uning funksiyalarini amalga oshiradi. Ko’p kasalliklar (atteroskleroz, zaharlanishlar) membranalarning strukturasi va funksiyalarining buzilishi bilan bog’liq.
Biz biologk membranalarning fizik xossalar va ularda bo’ladigan asosiy fizik jarayonlar bilan tanishamiz. Membranalar hamma hujayralarni o’rab turadi. Membrana bo’lamaganda hujayra “oqib ketgan” bo’lar, diffuziya termodimnamik muvozanatga olib kelgan bo’ladi, bu hayotning yo’qligini bildiradi. Birinchi hujayra u tashqi muhit bilan membrane bilan ajralgan vaqtda paydo bo’gan deb hisoblash mumkin.
Membranalar 2 ta muhim vazifani bajaradi: matritsa rolini, har xil vazifalarni bajaruvchi oqimlarni ushlab turuvchi asos, matrtsadir, to’liq hujayra va alohida bo’limlarni nomaqul zarrachalarning kirishidan himoya qiladilar. Agar membranalarning bu funksiyalari buzilsa, hujayraning normal hayotining o’zgarishi yuz beradi va natijada organizmning kasalligi boshlanadi.
Nihoyat membrananing vazifasi yana hujayradagi bioximik biofizik jarayonlarni muvozanatlash-tirish va boshqarishdan iborat. Hozir membranalar tashqaridan kelayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi va ularni hujayra ichida moddalar almashinuvi boshqaruvchi buyruqqa almashtiruvchi o’ziga xos qurilma ekanligi brogan sari ravshan bo’lyapti. Bu vazifani bajarishda membranalar-ning o’tkazuvchanlik xossasi katta ahamiyatga ega. O’tkazuvchanlik o’zgarishi natijasida modda-larning kirish va chiqish tezliklari va oqibatda hujayradagi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi o’zgaradi, demak bioximik va biofizik jarayonlarning tezliklari o’zgaradi.
Ko’p gormonlar (insulin adrenikortikotrop gormon, mineralkortikoidlar, antidiuretik gorman) o’zining biolagik ta’sirini hujayra membranalarining o’tkazuvchanligini o’zgartirish yo’li bilan namoyon qilishadi, hujayradagi moddalar almashinuvini boshqarishda membrane o’tkazuvchanligining muhim ahamiyatini tasdiqlaydi.
Ko’pdan ko’p kasalliklar ayniqsa organizmning gormonal va vitamin balansi buzilganda hujayra membranalarining nirmal holati buziladi.
Membrana strukturasi haqidagi bunday tushunchani massasi bo’yicha (ayrim memranalarda) yarmidan ko’p bolgan oqimning membranadagi joylashishi haqidagi savolga vagidrofil zarrachar uchun membrananing o’tkazuvchanligi haqidagi savolga javob beradi.
Keyinchalik biologik membrananing tuzilishi haqida ko’pdan ko’p gipotezalar ilgari surildi lekin ularning hech biri hamma tomondan qabul qilinmadi.

Download 82.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling