O’quv materiallari 14- mavzu


Lipid va oqsil molekulalarining diffuziyasi (lateral va flip-flop)


Download 82.13 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi82.13 Kb.
#1036104
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-maruza

4.Lipid va oqsil molekulalarining diffuziyasi (lateral va flip-flop).
Biomolekulalarning ikkinchi eng keng tarqalgan modeli-liposomalardir.
Bu juda kichik pufakchalar ikki qaqtlamli lipid membranalaridan tashkil topgan bo’lub, suv va fosfolipid aralashmasini ultra tovush bilan ishlash natijasida hosil qiladi. Liposomalar oqsil molekulalaridan ajralgan biologik membranalardir. Liposomalarda har xil omillarning ta’sirini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar o’tkaziladi: masalan fosfolipidlar tarkibining membrana xosslariga yoki aksincha membrana atrofining membranadagi oqsillar xossalariga.
Biomembranlarning ayirim xossalarini to’g’ridan to’g’riusullar bilan o’rganishga imkon beruvchi uchinchi model qo’shaloq lipid membranalaridir. (BLM)
Birinchi marotaba bunday membrana Myuller va uning xodimlari tomonidan 1962 yilda hosil qilingan edi.ular ikki suv eritmasini ajratuvchi teflon devor teshigini geptanda eritilgan fosfolipid bilan to’ldiradi. Erituvchi va fosfolipidning ortiqchasi teflon bo’ylab oqib ketgandan keyin teshikda qalinligi bir necha nanometer va diametri 1 mm atrofida bo’lgan qo’shqatlam hosil bo’ladi.
5. Gel-suyuq kristall tipidagi lipid qo‘sh qatlamining mikroyopishqoqligi.

Membranalarning ikki tomoniga ikkita elekrtodni joylashtirib , membrananing qarshiligini yoki unda hosil bo’lgan potensialni o’lchash mumkin. Agar avvaldan devorning har xil tomonlariga kiumyoviy tarkibi bo’yicha har xil eritmalar joylashtirsak har xil agentlar uchun membrananing o’tkauvchanligini o’rganish mumkin.


Liposomalar qora membranalarga nisbatan ko’p afzalliklarga ega. Birinchidan ular biologik membranalar kabi yopiq, bu esa ularning ionlarining passiv transportini va kichik molekulalarnig membrana orqali transportini o’rganishga yaroqli qiladi.
Ikkinchidan liposomalar qora membranalarga nisbatan turg’unroq va organic erituvchilar yo’q.
Liposomalar ikki bo’shlig’iga har xil moddalarni va ionlarni kiritish va birikmalar uchun qo’shqatlamning o’tkazuvchanligini o’rganish mumkin.
Liposomalar-ko’p dorivor moddalarning gormonlarining, antibiotiklarining ta’sirini o’rganish uchun qulay modeldir.
Liposomalar yordamda joyiga ta’sir qiluvchi og’riqni kamaytiruvchi moddalarningfosfolipid membranadagi uglevodorod zanjirlarining tartibligini ko’paytirish ya’ni uni “qattiqroq” qilish taqiqlanadi.
Liposomalarga faqatgina o’tkazuvchanlikni o’rganish borasida e’tibor berilmaydi. Ular har xil hujayralarning plazmatik membranalari bilan birlashib ketishi hisobiga qobilyatiga ham ega ekan, bu esa membrana orqali kirish imkoniyatiga ega bo’lmagan turli moddalarning hujayra ichiga kiritish imkoniyatini yaratdi.
Liposomalarning ma’lum turdagi hujayralar bilan tanlab birikishi dorivor moddalarni hujayra nishoniga nazorat ostida yetkazishda muvafaqqiyat bilan qo’llanilishi mumkin.
Hujayra ochiq termodinamik sistema bo’lib atrofdagi muhit bilan tinmay moddalar almashtirib turadi. Hujayralar gazlar va unda erigan moddalarni o’tkaza oladigan bo’lgani uchun shu tariqa moddalar almashtirishi mumkin. Hujayraning mana shu hususiyatiga o’tkazuvchanlik deyiladi.
6. Membranalar patologiyasi. Membranalarda fazoviy o‘tishlar.

Download 82.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling