O’quv materiallari 14- mavzu


Lipid molekulalarning membranadagi harakatchanligi


Download 82.13 Kb.
bet3/6
Sana20.12.2022
Hajmi82.13 Kb.
#1036104
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-maruza

3. Lipid molekulalarning membranadagi harakatchanligi.
Membrananing lipid qatlamining yopishaqoqligi suv yopishqoqligidan taxminan 2 tartibga yuqori, u 30-100 mPa’s va o’smlik moyi I g yopishqoqligiga to’g’ri keladi. Sirt taranglik koeffitsiyenti suvnikidan 2-3 tartibga kam. Temperatura o’zgarganda membranada fizikaviy o’tishlarni: qizdirganda lipidlarning erishi va sovutilganda kristallanishini kuzatish mumkin.
Qo’shqatlamning suyuq kristall holati qattiq holatiga nisbatan kichik yopishqoqlikka va har xil moddalarning katta eruvchanligiga ega. Suyuq kristall qo’shqatlamning qatlamliligi, qattiqnikidan kichik. Molekulalarning strukturasi suyuq va qattiq holatlarda har xil , bunga rengenostrukturaviy tahlil yordamida ishonch hosil qilish mumkin. Suyuq fazoda fosfolipid molekulalari bo’shliqlar hosil qiladi. Bu bo’shliqlarga diffuziyalanadigan molekulalar kirishlari mumkin. Bu cholda bo’shliqning ko’chishimolekulaning membranaga ko’ndalang holda yo’nalgan diffuziyasiga olib keladi. Qo’shaloq lipid qatlam membranani kondensatorga o’xshatadi. Uning sig’imi 1 mm2 membrana uchun 5-13 F ga teng.
Xolestirinning roli
Membananing normal faoliyati uchun har qanday suyuq holat to’g’ri keladi . O’rtacha olganda normal membrananing yopishqoqligi taxminan zaytun moyining yopishqoqligiga mos keladi. Katta bo’lmagan chekinishlar masalan zig’ir moyining yopishqoqligiga o’tish, bu patologiya, hujayralarning o’limi ham bo’lishi mumkin. Xolesirin lipidlar orasida alohida o’rin oladi. Xolestirin molekulalari ham boshqa lipid molekulalariga oxshab, qutubli va qutubsiz qismlarga ega.shuning uchun ham u hujayra membranalarini hosil qiluvchi lipid akselbanularga yaxshi kirishib oladi. U tashqi membranalarning ko’p qismini tashkil qiladi. Masalan: jigar hujayralarining plazmatik membranalarining taxminan 30% tashkil qiladi. Xolestirin miqdorining organ va to’qimalarda o’zgarishi og’ir kasalliklarga olib kelishi mumkin. O’t-tosh kasalligida o’t pufakchasida va jigar toza xolestirindan tashkil topgan toshlar qatlami hosil bo’lishi mumkin.
Oxirgi paytlarda biologik membranalarning roli haqida qiziq ma’lumotlar olindi. Uning membrana lipidlarining uglevodorod qismlarining harakatchanligiga ta’sir qilishi ko’rsatildi.
Agar membrana haddan tashqari zich bo’lsa, xolestirin uni suyuqlashtirganday bo’ladi va zanjirlar uning ishtirokida harakatchanroq bo’lib qoladilar.Agar membrana haddan tashqari “suyuq” bo’lib qolsa xolestirin uni zichlaydi. Shunday qilib normada xolestirin membrananing normal faoliyati uchun zarur bo’lgan membrananing lipid qismining to’g’ri agregat holatini ta’minlovchi boshqaruvchi rolni o’ynaydi.
Membrananing xossalarini ko’pincha tabiiy membrananing modellarini namoyon qiluvchi sun’iy fosfolipid membranalarda o’rganiladi. Uchta shunday model eng ko’p tarqalgan.
Birinchi model suv havo yoki suv yog’ni ajratadigan chegarasidagi bir qatlamli fosfolipidlar. Suv yuziga qanday biror uchuvchan modda erigan fosfolipid yoki yog’ kislotadan bir tomchi tushirilsa, erituvchi bog’lanib ketgandan keyin qalinligi bir molekula keladigan parda hosil bo’ladi. Bunday fosfolipid molekulalari shunday joylashganki, ularning gidrofill gruppalari suvga botib tursa, gidrofob uglevodorod zanjiri yuqoriga qarab tik turib qoladi. Agar asta sekin bir qatlam tomonidan egallagan sohani kamaytirib borsak, pirovardida ikki qatlamli membrananingbir qatlamida joylashgani kabi zich joylashgan fosfolipid molekulalarini hosil qilish mumkin.

2-rasm. Fosfolipidlar tuzilishi.



Download 82.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling