O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari
Ta‘lim jarayonini loyihalash tamoyillari
Download 2.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ZPT MAJMUA kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazlashtirish tamoyili
- Refleksivlik tamoyili
- . Natijaviylik tamoyili
- Ko‘p omillilik tamoyili
- Tahsil oluvchi shaxsini ta‘lim jarayoniga moslashtirish tamoyili
- Ta‘lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili
Ta‘lim jarayonini loyihalash tamoyillari:
Uzluksiz ta‘lim tizimini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirishdan iboratligi ta‘kidlab o‘tildi. Ushbu jarayonning samaradorligini ta‘minlashda quyidagi shartlarning bajarilishi muhim ahamiyatga ega: 1) o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining ta‘lim amaliyotida faol qo‘llanilishi; 2) rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta‘limi amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo‘lish. Ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim ko‘rinishlaridan biri. U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Loyihani yaratish (1); Tahsil oluvchilar faoliyatini tashhalash (2); Pedagogik jarayonni tashkil etish (3); Pedagogik jarayonning samarali kechishini ta‘minlash (4); Tahsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish (5)ni o‘z ichiga oladi. Pedagogik vazifaning hal etilishiga o‘qituvchi va tahsil oluvchi faoliyatlarining mazmuni, vositalarini loyihalash orqali erishadi. Zamonaviy sharoitda ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, ya‘ni, ta‘lim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo etadi. O‘qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ta‘lim jarayonini loyihalash alohida ahamiyatga ega.Har bir o‘quv kursini o‘rganish alohida mavzu va bo‘limlarni loyihalash asosida amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv nuqtai nazaridan, ta‘lim jarayonini loyihalash – o‘qituvchi kasbiy faoliyatining ko‘rinishi bo‘lib, o‘qituvchining ta‘lim jarayonining texnologik tuzilma, uning natijasini ta‘minlovchi metod va vositalar yig‘indisi bilan tavsiflanadi. Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida ta‘lim jarayonini loyihalashning bir necha qonuniyatlari ajratildi, chunonchi: Ta‘lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari: - ta‘lim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar (texnologik boshqaruv, vosita, axborot, ijtimoiy-psixologik muhit)ning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi asosida ta‘minlanadi; - ta‘limning texnologik vositalari tahsil oluvchilarning individual hususiyatlariga bog‘liq holda tanlanadi; - loyihalash strategiyalari o‘qituvchining individual uslubiga muvofiq tanlanadi; - loyihalash sifati teskari aloqa (o‘qituvchi va tahsil oluvchi o‘rtasidagi) ko‘lami, loyihalash mazmuni, shuningdek, barcha omillar samaradorligiga bog‘liq. Ta‘lim jarayoniga texnologik yondashuv quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga qamrab oladi: 46 1. Texnologik jarayon – faoliyat modellari ko‘rinishida ifodalangan ta‘lim mazmunining tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirish jarayoni. 2. Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalar – ta‘lim berish, tarbiyalash va rivojlantirishni ta‘minlovchi ma‘naviy va moddiy vositalar. 3. Texnologik jarayonni boshqarish – o‘qituvchi faoliyatini tahsil oluvchi faoliyatining aniq modellariga muvofiq amalga oshirish. 4. Axborot ta‘minoti – ta‘lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid me‘yoriy hujjatlar to‘plami va ta‘lim jarayonining loyihasi. 5. Texnologik ijtimoiy-iqtisodiy ta‘minot – barcha ta‘lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, ta‘lim jarayonining sifatini nazorat qilish, ta‘lim xizmatini asoslash hamda qulay ma‘naviy-psixologik iqlimni yaratish. Ushbu tarkibiy qismlarning dastlabki to‘rttasi o‘qituvchi faoliyati va uning boshqaruvi, beshinchisi esa bevosita o‘qituvchi va maktab ma‘muriyati boshqaruvini ifodalaydi. Ta‘lim jarayonini loyihalash doirasida tahsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish muhim o‘rin tutadi. Shu bois nazorat jarayonini loyihalash ham o‘qituvchidan alohida malakali yondashuvni talab etadi. Nazorat jarayonini loyihalash – o‘qituvchi faoliyatining ko‘rinishlaridan biri hamda ta‘lim jarayoni texnologik tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, samarali (kutilgan) natijani ta‘minlovchi metod va vositalar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Loyihalash pedagogik faoliyatning murakkab ko‘rinishi bo‘lib, uni amalga oshirishda ta‘lim jarayonining muhim qonuniyatlari inobatga olinishi zarur. Chunonchi: - ta‘lim sohasining jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishi; - tahsil oluvchilar faoliyati tafsifining ta‘lim natijalariga bog‘liqligi; - tahsil oluvchilarning yosh va individual xususiyatlari bilan o‘zaro muvofiq kelishi; - ta‘lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining ta‘lim jarayoni samaradorligini ta‘minlashga yo‘naltirilishi va h. k.larni inobatga olish zarur. Uzluksiz ta‘lim tizimining barcha turlarida ta‘lim jarayonini loyihalashda bir qator tamoyillarga tayaniladi. Ayni o‘rinda, dastlab, “tamoyil” tushunchasining mohiyatini anglab olish zarur. Tamoyil (lot. Prinrium – boshlang‘ich, asos) – muayyan nazariya, fan, dunyoqarash, ijtimoiy-siyosiy tuzilma va hokazolarning asosiy boshlang‘ich holati ma‘nosini anglatadi. Bu tushuncha, shuningdek, ma‘lum faoliyatning yetakchi g‘oyalari, asosiy qoidalari sifatida ham keng qo‘llaniladi. Ta‘lim jarayonini loyihalashda tamoyillar asosiy yondashuv, faoliyat tuzilmalaini aniqlovchi me‘yor hamda muvofiqlashtiruvchi talablar vazifasini bajaradi. Loyihalash tamoyillari nafaqat me‘yoriy, balki tavfisiy vazifani ham bajarib, faoliyat mohiyatini ochib beruvchi umumlashma talablar sifatida tafsiflanadi. Ta‘lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi. Tizimlilik tizimlashtiriluvchi elementlarni ajratish va ular orasidagi aloqalarni ifodalash orqali ta‘lim jarayonini yaxlit holda loyihalashga xizmat qiladi. 47 Ta‘lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llashga zamin tayyorlaydi. Ta‘lim jarayonini loyihalashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Markazlashtirish tamoyili texnologik jarayonda tahsil oluvchilar faoliyati modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi. Ta‘lim jarayoni tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta‘lim mazmuni va tahsil oluvchi faoliyati texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini tahsil oluvchilarning ijtimoiy tajriba asoslarini o‘zlashtirib olishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o‘quv fani bo‘yicha ta‘lim mazmuni umumiy ta‘lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o‘rta ta‘lim mazmunini tashkil etuvchi har bir element sub‘ekt faoliyatining turlaridan biriga muvofiq kelishi kerak. Sub‘ekt faoliyatining turlari, o‘z navbatida, aniq modellar yig‘indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi zarur. Tahsil oluvchilar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo‘lib, tahsil oluvchining yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi. Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, shuningdek, ularni tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirish usullari, vositalarini tanlash (texnologik operatsiyalar), o‘quv faoliyatini boshqarish usullari (o‘qituvchi faoliyati)ni asoslash. 2. Refleksivlik tamoyili sub‘ektning o‘ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berishi, o‘zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash jarayonida o‘qituvchiga doimo ta‘lim jarayoni, uning aniq va ideal sharoitlari, tahsil oluvchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, ularni to‘ldirish imkoniyatlari, shaxsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Refleksivlik tamoyili yaratiladigan ta‘lim jarayonining loyihasini ta‘lim jarayoni ishtirokchisi – sub‘ektning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida uzluksiz tuzatib, to‘ldirib borishni talab etadi. 3. Natijaviylik tamoyili – pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt va kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylik – ijtimoiy tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik operatsiyalar, ularni o‘zlashtirish, boshqarish uslublarini tanlash, o‘quv faoliyatining muvofiqligi, ta‘lim-tarbiya vositalari, texnologik jarayonda sub‘ektning qisqa vaqt va kuch sarflashi vositasida belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim. 4. Ko‘p omillilik tamoyili. Har bir ta‘lim jarayoni bir qator ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar ta‘sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o‘qituvchi va tahsil oluvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, ta‘lim muassasalari atrofdagi ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy ba‘zasi, o‘qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta‘lim muassasasi yoki ma‘lum sinfdagi ma‘naviy psixologik muhit, tahsil oluvchilarning o‘quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta‘lim jarayonini loyihalashda o‘qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur. 5. Tahsil oluvchi shaxsini ta‘lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola maktab ostonasiga qadam qo‘yganidan boshlab uning faoliyat ko‘lami (o‘z-o‘ziga 48 xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko‘nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo‘lib boradi. Shuning uchun ta‘lim jarayonining samarali bo‘lishi, uni loyihalashda ta‘lim mazmuni va boshqa faliyat modellari hisobga olinishi, ularni tahsil oluvchilar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta‘minlanishi zarur. 6. Ta‘lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta‘lim jarayonini samarali, tahsil oluvchilarning yosh xususiyatlari, rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi. Tamoyilning mazmuni ta‘limni ijtimoiylashtirish, tahsil oluvchilar tomonidan ijtimoiy tajribaning individual qonuniyatlar asosida o‘zlashtirilishi bilan izohlanadi. O‘qituvchi faoliyatini tashkil etishda e‘tibor birinchi navbatda faoliyat usullari va jarayonlarining o‘zaro muvofiq bo‘lishiga qaratiladi. Bu holat me‘yoriy talab sifatida qabul qilinadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim tahsil oluvchiga o‘quv materialining mazmunini, vazifa yoki topshiriqlarni, faoliyat usullari hamda uslublarini tanlash imtiyozini beradi. Tanlash imkoniyati tahsil oluvchini qaror qabul qilish, mustaqil izlanish va javobgarlikni his qilishga undaydi. Shu bois o‘quv faoliyatining muqobil modellarini ishlab chiqish va ularni tahsil oluvchiga taklif etish maqsadga muvofiq. O‘qituvchining vazifalaridan biri o‘quv maqsadiga muvofiq tahsil oluvchining ichki intilishi, rag‘bati (motivi)ni rivojlantirishdir. Loyihalashda tahsil oluvchini o‘quv faoliyatiga yo‘naltiruvchi usullar, mustaqil ta‘lim shakli, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zini hurmat qilish imkoniyatlarini aniqlash zarur. Ta‘lim jarayonida qo‘llaniladigan barcha vositalar o‘zaro bog‘liq moddiy (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali hamda namoyishli vositalar, labaratoriya jihozlari va h.k.lar) va ma‘naviy (teskari aloqa, o‘qituvchi yoki tahsil oluvchi namunasi, hatti- harakatlari, nutqi va boshqalar) kabi guruhlarga ajratiladi. Ta‘lim jarayonida o‘qituvchi loyihasini amalga oshirishda uning shaxsiy sifatlari, ya‘ni, kasbiy mahorati, motivatsiya, pedagogik qbiliyat, xarakter, temperament, ruhiy holati, o‘z-o‘zini anglashi va hokazolar namoyon bo‘ladi. Ta‘lim jarayonini loyihalashda o‘qituvchi loyihachi va bajaruvchi sifatida loyihani amalga oshirishning qulay yo‘lini tanlaydi. Axborot ta‘minotini loyihalash tamoyillari ta‘lim jarayoni loyihasida axborot ta‘minotini shakllantirishga xizmat qiladi. Davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlari ham ahborot ta‘minotini tashkil etuvchi vositalardir. Ijtimoiy-iqtisodiy ta‘minotni loyihalash tamoyili iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni ta‘minlashni anglatadi. Ta‘lim jarayonini ijtimoiy-iqtisodiy loyihalash ta‘lim menedjerining vazifasidir. Barcha ta‘lim muassasalari faoliyatini Loyihalashda ta‘lim jarayoni ishtirokchilari, jamiyat hamda davlat (ijtimoiy buyurtma)ning ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olish, ularni to‘ldirishi zarur. Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling