O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Fidlerning sharoitiy (vaziyatli) yetakchilik modeli


Download 0.6 Mb.
bet109/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Fidlerning sharoitiy (vaziyatli) yetakchilik modeli. U kamroq afzal ko‘radigan ishchi xarakteristikasi shkalasini ishlab chiqdi. Bu model bo‘yicha ishi kamroq muvaffaqiyat keltiradigan shaxsni aniqlash mumkin.
Xersey va Blondshar sharoitiy (vaziyatli) yetakchilik modeli sharoitiy yetakchilik samarasiga zo‘r beradi. Bunda asosiy faktor izdoshlarning etukligidir, bu odamlarda qo‘yilgan masalani echish imkoniyati va xohishi borligi darajasiga qarab aniqlanadi.
Xauz va Mitchelning “yo‘l-maqsad” yetakchiligi modeli kutishni asoslangan (izdoshlarda bo‘lgan, yetakchilik samaraliligi darajasi bilan va kutishning asoslangan kuchi darajasi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish bor).
Stinson-Djonson sharoitiy (vaziyatli) yetakchilik modeli. Uning mohiyati shundaki, ishga qiziqish darajasi izdoshlarning xarakteristikasi va ular bajarayotgan ishning o‘zini xarakteriga bog‘liq ravishda aniqlanishi kerak.
Vrum-Iston-YAgo sharoitiy (vaziyatli) modeli. Uning o‘ziga xosligi – qo‘l ostidagilarning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etishga jalb qilishga yo‘naltirilganligidir.
Yetakchilarning yangi konsepsiyalari. An’anaviy va vaziyatli yondoshuvlar yoki yetakchining alomatlari va xulqiga, yoki u kerakli usulni tanlagan vaziyatga bir tomonlama e’tibor berganlar. Keyingi yillarda paydo bo‘lgan konsepsiyalar bu ikki tomonni birlashtirishga harakat qiladilar.
Atributli (belgili) yetakchilik konsepsiyasi (sabab-natijaviy yondoshuv). U nima sodir bo‘lgan va odamlar nimani sodir bo‘lganning sababi deb hisoblashlari o‘rtasidagi sabab-natijaviy aloqani izohlab beruvchi atributli nazariyaga suyanadi. Bu yondoshuv shundan kelib chiqadiki, yetakchining xulosalari ergashuvchilarning xulqlari bilan teng darajada yetakchining keyingilar xulqiga javob qaytarish bilan asoslanadi. Qo‘l ostidagilarning ishini kuzata turib, yetakchi u qanday bajarayotganligi haqida axborot oladi. Bunga ko‘ra u odamlarning xulqi haqida xulosa chiqaradi va qo‘l ostidagilarning xulqiga adekvat ravishda javob qaytarish uchun o‘z hulqining shunday uslubini tanlaydi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling