O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet107/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Menejerning yetakchidan farqi



Menejer


Yetakchi

Buyruq beradi


Ilhomlantiradi


Boshqalarning maqsadlari va ko‘rsatmalari bo‘yicha ishlaydi


SHaxsiy maqsadlari bo‘yicha ishlaydi


Harakatlarning asosida hisob-kitob, reja yotadi


Harakatlarning asosida ko‘ra bilish, intuitsiya yotadi


Tizimga, tashkilotga suyanadi


Odamlarga suyanadi


Dalil isbotlardan foydalanadi


Hissiyotdan foydalanadi


Nazorat qiladi


Ishonadi


Ishontiradi


CHaqiradi, da’vat qiladi


Ko‘proq qat’iy, vertikal aloqalar, munosabatlar va tuzilmadan foydalanadi


Ko‘proq yumshoq aloqalar va munosabatlardan foydalanadi


Harakatni qo‘llab-quvvatlaydi


Harakatga impulьs beradi


Kasb egasi


G‘ayratli


Qarorlarni qabul qiladi


Qarorlarni amalga oshiradi


Ishni to‘g‘ri qiladi


To‘g‘ri ishni qiladi


Hurmatli


Sevimli



Yetakchilik qilish – ma’lum maqsadlarga etish uchun birgalikda boshqaruv qarorlarini amalga oshirishda o‘z ortidan jalb qilishga mo‘ljallangan odamlar guruhiga ta’sir o‘tkazuvchi jarayon. Agar o‘lchov sifatida yetakchilik qiluvchi rahbarning bajaradigan roli olinsa, E.De Bone belgilaganidek, ularning shakli (turi) quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi (15-jadval):
15-jadval
Yetakchilik turlari



Yetakchilik turlari


Izoh
  1. O‘z ketidan ergashtiruvchilar


Bu eng ko‘p uchrovchi tur. Bularga mustaqil ravishda qarorlarni qabul qilishni xush ko‘ruvchi shaxslar kiradi. Yetakchilik qilish – ularning tabiiy sharoiti. Ular tug‘ma yetakchilik qilish xususiyatlariga ega.


  1. Guruh tashkilotchilari


Ularning ajralib turuvchi belgisi o‘zlarining izdoshlarining psixologiyasini bilishidir.


  1. Ijro qiluvchilar


Yetakchilik qiluvchilarning eng ratsional turi. Ularni shijoatkor faoliyat, maqsadga intiluvchanlik, to‘siqlarni engib o‘tish, jipslashgan jamoani tuzish qobiliyati ajratib turadi.


  1. Diplomatlar


Xodimlar bilan osonlikcha til topishib ketadi, o‘z fikrini himoya qila oladi. O‘zaro muloqotlarni ishlatadi va juz’iy masalalarni har bir shaxsga muvofiqlashtirib echadi.


  1. G‘oyalar generatori


YAngi masalalarga yo‘naltirilganligi, ilg‘or fikrlarni amalga oshirishga yordamlashishi, ichki sezgirlik, bilimlarni sintez qilish, o‘zini tanqid qila bilishi bilan ajralib turadi.


  1. G‘oyalar sotuvchisi


Ishbilarmonlar, o‘zlarining hamda begonalarning his tuyg‘ularini nazorat qilish qobiliyatiga egadirlar.


  1. Sintezatorlar


Juda katta hajmdagi ma’lumotdan eng kerakligini ajrata biladilar, bu ularga noan’anaviy yo‘llardan foydalanishga imkon beradi.


  1. Tushuntiruvchilar


Izdoshlarga eng murakkab sharoitlarni ham tushuntirib bera oladilar.


  1. Reaktorlar


Aktiv va tushungan holda boshqalarning g‘oyalariga tanqidiy fikr bildiradilar, bu ularni o‘zining izdoshlari qilishga imkon beradi.


  1. Kommunikatorlar


YUqori darajada o‘z ishini bilishi va boshqalarga quloq sola bilishligi bilan ajralib turadi.


  1. Tadqiqotchilar


Ma’lumotlarni qabul qilib olishlari va qayta ishlashlari, dalillarni taqqoslashlari va tahlil qilib, tajribalar o‘tkazishlari mumkin.


  1. Izquvarlar


Mustaqil, ya’ni avtonom ravishda harakat qilish qobiliyatiga egadirlar.


  1. Ma’lumotlarni saqlovchilar


Ma’lumotlarni yig‘ishni, ularni qaerdan topish va foydalanishni biladilar.


  1. Tashkilotchilar


Ishlab chiqarishni amaliy tashkil qilishi va xodimlarni boshqarish qobiliyatiga ega rahbarlar.




Yetakchilik qilishning an’anaviy konsepsiyalari. Tarixan yetakchilik sifatlari nazariyasi eng dastlabkisidir. Tadqiqotchilar, yetakchilar ma’lum sifatlar yig‘indisiga ega deb hisoblaganlar, bu ularni oddiy odamlardan ajratib turgan. SHuning uchun yetakchilarning sifatlarini ajratib olishga harakat qilishgan.
Ralf Stogdill yetakchilik sifatlarini tabaqalashtirdi. Natijada, besh xususiyatni ajratib oldi:
  • Aql yoki intellektual qobiliyat.


  • O‘zining istisnoligini his qilishi.


  • O‘ziga ishonch.


  • Faollik va shijoatkorlik.


  • Ishni bilishi.


Uoren Benins yetakchilikning to‘rt guruhini aniqladi:


  • Diqqat-e’tiborni boshqarish;


  • Mohiyatni boshqarish;


  • Ishonchni boshqarish;


  • O‘zini boshqarish.


U yetakchilarga tashkilotda xodimlarni o‘zlarining ahamiyati, umumiy ishning bir qismi ekanliklarini sezish muhitini yaratish uchun o‘zlarining hokimlik vakolatlarini baham ko‘rish.


Keyingi o‘rganishlar quyidagi yetakchilik sifatlarining to‘rt guruhini ajratishga olib keldi.
  • Fiziologik (bo‘y, vazn, yig‘indi yoki tana, tashqi ko‘rinish, harakatlarning shijoatkorligi, sihat-salomatligining ahvoli).


  • Inson xarakteri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan psixologik sifatlar. Keyingi tadqiqotlarda o‘zining tasdig‘ini topmagan bir talay shunday sifatlar ro‘yxati ajratib olingan edi.


  • Aqliy sifatlar. Tadqiqotlar tasdiqladiki, ularning darajasi yetakchilarga nisbatan ancha yuqori (bu qarorlarni qabul qilish bilimiga bog‘liq).


  • SHaxsiy ishbilarmonlik sifatlari. Bu o‘lchov uchun murakkab hisoblanadi. Yetakchi o‘zi funksiyalarini bajarishdagi ko‘nikma va bilimlari bilan xarakterlanadi.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling