O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish qurollari


Download 0.6 Mb.
bet118/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish qurollari.
Menejer ishini rejalashtirish va tashkil etishda maxsus qurollardan foydalaniladi. Vaqtning kundaligi — ishni boshqarishning uni soatlar bo‘yicha bajarilishini rejalashtirish, umumiy maqsadning bir qismi sifatida kundalik vazifalarni belgilash va ulardan eng muhimlarini ajratishga imkon beruvchi vositadir. Jahonda keng tan olingan menejer vaqtini rajalashtirish va boshqarishning bir necha aniq tizimlari mavjud. Ulardan biriYevropada 1-reytingga ega «Taym Menejer» tizimidir. U birinchi marta Time Manager International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, bu kompaniya menejment va shaxsiy rivojlanish sohasida Yevropada yyetakchi bo‘lib, 1975-yilda Daniyada tashkil topgan.
Nazorat savollari:
  • Qanday mehnat boshqaruvchi bo‘ladi?


  • Boshqaruv mehnatining xarakteri nimadan iborat?


  • Boshqaruv mehnatining qaysi turlari mavjud?


  • Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish nimaga asoslanadi?


  • Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilishning yo‘nalishlari qanday?


  • Boshqaruv madaniyati deganda nimani tushunasiz?


  • Boshqaruv ishi madaniyatining qanday me’yorlari mavjud?


  • SHaxsiy ishni qanday yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtirish mumkin?


  • So‘zlashish madaniyati qanday bo‘lishi kerak?


  • Rahbarning ish kunini tashkil etishning afzal tomonlari qaysilar?


  • Rahbarning ish vaqtini iqtisod qilish usullari to‘g‘risida tushuncha bering.




8-MAVZU. TASHKILOT XODIMLARINI BOSHQARISH.
Reja:
8.1. Xodimlarini boshqarish. Jamoa: tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari
8.2.Nizo va stressni boshqarish.


8.1. Xodimlarini boshqarish. Jamoa: tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari
Ishlab chiqarishning zamonaviy rivojlanganligi darajasi jamoaviy mehnatning zarurligini asoslab beradi, u, o‘z navbatida, mehnat jamoasini mavjud bo‘lishini belgilaydi. Tashkilotning samarali faoliyat yuritishi mehnat jamoalarining faoliyat yuritishlari qonunlarini bilish va ulardan foydalanishni ko‘zda tutadi.

Mehnat jamoasi ostida birgalikdagi mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar birlashmasi tushuniladi. Ular bir-birlari bilan shunday o‘zaro hamkorlik qiladilarki, har biri boshqa shaxsga ta’sir ko‘rsatadi va bir vaqtda uning ta’siri ostida bo‘ladi. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonni tashkil qilish uchun mehnat taqsimoti amalga oshirilayotgan vaqtda rahbarlikni yaratadilar. Bu birlashma tashkiliy yagonalikka ega va umumiy maqsadlar bilan birlashgan. Boshqaruv yagona irodaga asoslanishi, bu mulk egasi tomonidan tayinlangan yoki saylangan rahbarning mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Jamoalar faoliyatining samaradorligi quyidagi bir qator omillarga bog‘liqdir:
  • ishchi guruhlarning o‘lchamlari va tarkibi;


  • guruhli me’yorlar;


  • odamlarning jipsligi;


  • nizolarning darajasi;


  • guruh a’zolarining statusi va vazifaviy rollari va boshqalar.


O‘lchami uning vazifalariga mos keluvchi va tarkibida xarakterning o‘xshamas alomatlariga ega odamlar bo‘lgan guruh samarali hisoblanadi, bunda guruhli me’yorlar tashkilotning maqsadlariga erishish va jamoachilik ruhini yaratishga yordam beradilar, unda nizolarning yuqori darajasi ustunlik qiladi va guruhning yuqori statusga a’zolari esa ustunlik qilmaydilar.


Menejer uchun jamoa – bu asosiy tayanchiqdir, shuning uchun jamoa ishini ratsional tashkil qilish uchun dolzarb vazifasi bo‘ladi. Jamoaviy ish u yoki bu sabablar bo‘yicha xodimlar o‘rtasida lavozimli vazifalarni aniq taqsimlash mumkin bo‘lmagan joyda juda keraklidir.
Me’yoriy axloqiy-psixologik muhitga ega ishga qobiliyatli, tashkiliy jamoani tashkil qilish uchun sotsiologik, psixologik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish kerak.
Masalan, jamoani shakllantirish va shaxslararo munosabatlarni tadqiqot qilishda sotsiomatritsalar va sotsiogrammalarni tuzish tavsiya etiladi.
Bunday sotsiomatritsa guruh a’zolarining bir-birlariga munosabatlarini aniqlab olish, guruhda jipslashganlikni o‘rnatish, etakchini aniqlash, guruh a’zolarini sotsiomatrik statusi va hayajonli ekspansivlik (o‘zini tuta bilmaslik)ni belgilashga imkon beradi.
Sotsiogrammani tuzish uchun hammadan avval ramzli ma’no belgilanadi, masalan:

    G

    В


    V ning G ga nisbatan ijobiy tanlovi

    G


    В

    В

    G


    O‘zaro ijobiy aloqa

    В

    G

1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling