O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Majbur qilishga asoslangan hukmronlik


Download 0.6 Mb.
bet122/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Majbur qilishga asoslangan hukmronlik.

Ijrochi rahbar uni shunday jazolashi mumkinki, bu narsa uning eng zarur ehtiyojiga xalaqit berishi mumkinligiga ishonadi.


Hukmronlikning bu tizimi insonparvariy emas. Bundan tashqari, o‘rtacha xarajatlarda samarali nazoratning ishlab turishi mumkin emas, chunki odamlarning tashkilotni ongliravishda anglashga intilishi kuchayadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hukmronlikning bunday tizimidan foydalaniladigan tashkilotlarda, qoidaga ko‘ra, mehnat unumdorligi yuqori emasligi va mahsulot sifati pastroqligi, hamda xodimlarning o‘z ishidan qanoatlanmaganaligi kuzatiladi.


  • Mukofotlashga asoslangan hukmronlik.

Mukofot va’da qilish – bu odamlarga ta’sir ko‘rsatishning eng eski va samarali usullaridan biridir. Ijrochi bu ta’sirga qarshilik ko‘rsatmaydi, chunki u rahbarning istagini bajargani uchun mukofot olishiga umid qiladi, rahbar uning muhim ehtiyojini qanoatlantirishi mumkinligiga ishonadi.


Ammo amalda rahbar hamma vaqt ham o‘z xodimlarini mukofotlay olmaydi, chunki har bir tashkilotda resurslar cheklangandir. Qiyinchiliklar yana mukofot ostidan nimani tushunish kerakligini belgilash oson emasligi sababli ham vujudga keladilar. Pul yoki obro‘liroq lavozim hamma vaqt ham insonda taassurot qoldirishi va uning xulqiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin emas.


  • Ekspertli hukmronlik.

Ijrochi rahbar ushbu loyiha haqida va muammoni hal qilish uchun maxsus bilimlarga egaligi va uning ehtiyojini qanoatlantira olishi mumkinligiga ishonch bilan qaraydi. Bu holda ta’sir oqilona hisoblanadi, chunki ijrochi ongli ravishda bo‘ysunishga qaror qiladi.


Hukmronlikning ushbu tizimi g‘oyatda cheklangandir, chunki agar rahbar haq bo‘lmasa, unda qo‘l ostidagi endi uning maslahatiga oqilona rioya qilmaydi va ta’sir kamayadi.

Bu hukmronlik etakchining shaxsiy sifatlari yoki qobiliyatlarga asoslanadi. Rahbarning shaxsiy xususiyatlari shunchalik o‘ziga jalb qiladiki, u ham shunday bo‘lishni istaydi. Xarizmatik shaxslarning asosiy ta’riflari: 1) energiya bilan almashish (etakchi o‘zidan energiya chiqarishi va u bilan atrofdagilarga zaryad berishi haqida tasavvur tug‘iladi); 2) salobatli tashqi ko‘rinish (etakchi o‘ziga jalb qiluvchi, yaxshi qaddi-qomatga ega); 3) xarakterning mustaqilligi; 4) yaxshi nutqiy qobiliyatlar; 5) o‘zining shaxs bilan qoyil qoldira olishni bilishi (takabburlik yoki xudbinlikning yo‘qligi); 6) o‘zini munosib va xotirjam tuta bilish (vaziyatga egalik qilishni bilish).


1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling