O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash


Download 0.6 Mb.
bet132/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash.
Korxona salohiyatining raqobatbardoshligi - uning muhim parametrlari holati qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xo‘jaligi, soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo‘lgan salohiyatining solishtirma ta’rifidir. Xorijiy biznesda korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash uchun turli usullardan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhlashtiriladi: — iqtisodiyot (iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi; — sanoat ishlab chiqarish quvvati; — bozor dinamikasi; — kishilik kapitali; — davlat obro‘si; — xomashyo bilan ta’minlanganlik; — tashqi bozorga qaratilganlik; — innovatsion salohiyat; — ijtimoiy barqarorlik.
SHunday qilib, korxona salohiyatining raqobatbardoshligi – uning muhim parametrlari holatini qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xo‘jaligi, soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo‘lgan salohiyatining solishtirma ta’rifidir. Xorijiy biznesda korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash uchun har xil usullardan foydalaniladi.
Indikatorli usul. Uning asosiga indikatorlar qo‘yilgan bo‘lib, uning yordamida firma, kompaniya, korporatsiya, boshqa korxona va umuman milliy iqtisodiy salohiyat raqobatbardoshligining bahosi beriladi. Xorijiy biznesda indikator ostida u yoki bu tadqiqot qilinayotgan ob’ektni shakllantirilgan ko‘rinishda bayon qilishga imkon beruvchi ta’riflarning majmuasi va ular asosida uni faoliyat yuritishning natijaviyligini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni tanlab olish tushuniladi. Har bir indikator, o‘z navbatida, endi tadqiqot qilinayotgan ob’ektning alohida elementlari holatini aks ettiruvchi bir qator ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Boshqacha qilib aytganda, indikatorlar tizimi – u yoki bu korxonalar, mintaqalar, mamlakatlarning ahvoli va “salomatligi” ning holatini belgilashga imkon beruvchi o‘ziga xos “gradusnik”, “barometrdir”. Keyin sog‘lomlashtirish va ularning holatini yaxshilash (ya’ni raqobatbardoshligini oshirish) uchun retseptlar taklif qilinadi. Va nihoyat, muvofiq rivojlanish va mavjud salohiyatidan foydalanish yo‘llari bashoratlanadi, ularni boshqarishning yangi strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.
Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash uchun keng qo‘llaniladi. Masalan, g‘arbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning muvofiq joylashgan erini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun hammadan avval u yoki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini o‘rganadilar. Ushbu maqsadlar uchun “Boshqaruv muammolari bo‘yicha Evropa forumi” (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligining darajasini belgilaydi. Bunda 340 dan ortiq ko‘rsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat bo‘lgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhlashtiriladi:
  • iqtisodiyot (iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi;


  • sanoatning ishlab chiqarish quvvati;


  • bozorning dinamikasi;


  • kishilik kapitali;


  • davlatning obro‘si;


  • xom-ashyo bilan ta’minlanganlik;


  • tashqi bozorga qaratilganlik;


  • innovatsion salohiyat;


  • ijtimoiy barqarorlik.


Bu 10 omillardan har biri 20-40 yakka indikatorlardan vujudga keladi. Bu turli-tumanlik menejerning iste’dodidan ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritishlargacha, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlardan o‘gitlarga xarajatlargacha, soliqqa tortishdan davlat qarzlarigacha, mahsulotlarning sifatidan ishchi kuchining qiymatigacha,ssement ishlab chiqarishdan bo‘sh vaqtni rejalashtirishgacha yoziladi. Bunda keltirilgan 10 omillardan har birini baholash uchun eng ahamiyatli indikatorlarni tanlab olish bo‘yicha murakkab vazifa vujudga keladi. SHveysariyali mutaxassislar, masalan, “kishilik kapitali”ni ta’riflash uchun quyidagi indikatorlardan foydalanishni taklif qiladilar (15-jadval).




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling