O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet44/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Mazmuniga ko`ra: iqtisodiy;huquqiy; ijtimoiy; texnikaviy; tashkiliy.


  • Kelish manbai va foydalanish joyiga ko`ra: ichki axborot; tashqi axborot.


  • Kimga mo`ljallanganligiga ko`ra: korxona uchun; bo`lim uchun; tsex uchun; uchastka uchun.


  • Barqarorlik xarakteriga ko`ra: oddiy axborot; shartli-doimiy axborot; o`zgarib turuvchi axborot.


  • Foydalanish uchun tayyorligiga ko`ra: dastlabki; oraliq; yakuniy axborot. Davriyligiga ko`ra: smenali; sutkali; kvartalli va hokazo.


  • Boshqaruv jarayonidagi vazifasiga ko`ra: direktiv; hisobot ko`rinishidagi; hisobga olish bo`yicha; nazorat qilish bo`yicha axborot.


  • Voqealarning kelib chiqishini aks ettirish vaqtiga ko`ra: tarixiy; joriy; perspektiv axborotlar.


  • Mo`ljallanganligiga ko`ra: bir maqsadli; ko`p maqsadli axborotlar.


  • Mustahkamlash va saqlash imkoniyatiga ko`ra: og’zaki; yozma; ovozli; tasvirli axborotlar.


  • Muhimligiga ko`ra: o`ta muhim; muhim bo`lmagan axborotlar.


  • To`liqligiga qarab: to`liq, kompleks axborotlar; to`liq bo`lmagan axborotlar;


  • Xarakteriga qarab: individual; funktsional; universal axborotlar.


  • Ishonchliligiga qarab: Ishonchli axborotlar. ehtimolli axborotlar.

    Ishlab chiqarish doimo rivojlanishda bo`lganligi sababli axborot turlari, soni va ko`lami ham ko`payib boraveradi. Shu bois yuqorida keltirilgan turkumlashni to`liq deb bo`lmaydi.


    Barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun axborotlar har bir boshqarish ob’yektining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib aniq turkumlanadi.
    Axborotlar tizimi.
    Axborot tizimlari ikki xil bo`lishi mumkin. Bular oddiy va murakkab tizim.
    Oddiy tizim. Axborot paydo bo`lgan joydan iste`mol joyiga keltiriladi. Bunday axborot telefon orqali yoki signallar vositasida kelib tushishi mumkin. Bu turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to`g’ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan axborot bunga misol bo`la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi.

    Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   136




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling