O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet70/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Iqtisodiyot holati. Rahbariyat tashkilot operatsiyalariga iqtisodiyotning umumiy holati ta’sirini baholashni ham bilishi kerak. Jahon iqtisodi holati hamma resurslar qiymatiga va iste’molchilarning ma’lum tovar va xizmatlar sotib olish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, inflyasiya kutilsa, rahbariyat qo‘shimcha resurslar sotib olish va ishchilar bilan vaqtinchalik ish haqi belgilash to‘g‘risida kelishishi mumkin. Bundan tashqari u qarz olishga qaror qilishi mumkin. Agar ishlab chiqarish tushishi kutilsa, aksincha zapaslarni kamaytirishga, ishchilarni qisqartirishga harakat qiladi. Iqtisodiyot holatidan bankdan kredit olish, soliqlarning kamaytirilishi bog‘liq.
Xalqaro muhit. Xalqaro muhit har bir mamlakatda turlicha bo‘lishi mumkin va rahbar buni hisobga olishi kerak. Xalqaro biznes amal qiladigan muhit omillari – madaniyat, iqtisod, qonunchilik, davlat boshqaruvi va siyosiy holat.
Ijtimoiy-madaniy omillar. Har qanday tashkilot hech bo‘lmaganda bir madaniy muhitda amal qiladi. Shuning uchun ijtimoiy madaniy omillar – hayotiy qadriyatlar, urf-odatlar tashkilotga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qulay shartnomaga ega bo‘lish uchun pora berish, raqobatchilar to‘g‘risida yolg’on mish-mishlar tarqatish axloqsizlik hisoblanadi, hatto ayrim hollarda ular noqonuniy deb hisoblanmasa ham. Siyosiy omillar. Siyosiy holatning ayrim aspektlari rahbarlar uchun katta ahamiyatga ega. Ulardan biri – ma’muriyat, qonun chiqaruvchilar va sudning biznesga munosabati. Bu munosabatlar soliq tizimiga, soliq imtiyozlariga, iste’molchilarni himoya qilish qonunlariga, atrof-muhitni himoya qilish standartlariga, narx va ish haqini nazorat qilishga ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkilot ichki muhiti.
Har bir tashkilotning faoliyat yuritishi va rivojlanishi ma’lum bir muhitda (ichki va tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yo‘l qo‘ygan holdagina bo‘lishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati va faoliyati – uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta’siri natijasidir.
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining manbasi bo‘ladi. U o‘z ichiga tashkilotda faoliyat yuritish va zamon, vaqtning ma’lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha faoliyat yuritishini ta’minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatning manbasi bo‘lishi mumkin.
Bozor munosabatlarini shakllanishida tashkilot ichki muhitining o‘zgarishlari, uni bozorga moslashishi sodir bo‘lishi kerak.Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog‘lanishidan iborat bo‘ladi:


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling