O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Tashkilotning ichki va tashqi muhiti


Download 0.6 Mb.
bet68/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Tashkilotning ichki va tashqi muhiti

Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta’minlovchi manba bo‘ladi. Bunda tashkilot ham, o‘z navbatida, buning uchun to‘lov sifatida tashqi muhitga o‘z faoliyatining natijalarini berishi kerak. SHunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda o‘zaro almashish holatida bo‘ladi. U bilan aloqa tuzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashqi muhiti bilan o‘zaro hamkorligi mavjud bo‘lish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki salohiyatini hamda vujudga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga ko‘rsatilayotgan xunuk ta’sirlardan keyin ham qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.
Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operatsiyalariga nisbatan ko‘proq darajada relevantli (muhim)dir. Ularni ikkita asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
Birinchisi, tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar, ular jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita tashkilot bilan bog‘liq emaslar.
Ikkinchi guruhga, tashkilotlarning bevosita (ishga doir) muhiti omillari kiradi, ular bevosita bog‘langanlar va ular bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar. Bular iste’molchilar, etkazib beruvchilar, raqiblar, ish bo‘yicha sheriklar va h.k.
Tashkilotning tashqi muhitini turlicha ta’riflash mumkin. Masalan, nemis olimlari tashqi muhitni ta’riflash uchun “murakkab” va “dinamik” tushunchalaridan foydalanadilar.
Tashqi muhitning murakkabligini ta’riflarning miqdori va turli-tumanligi bilan aks ettirish maqsadga muvofiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish zarur. Tashqi muhitning dinamikligini uning ta’riflarining o‘zgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. YOrdamida tashqi muhitning o‘zgaruvchanligini baholash mumkin bo‘lgan asosiy ta’riflar uning omillarining tez-tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir.
Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillari g‘oyatda murakkab, bir ma’noli bo‘lmagan va o‘zgaruvchandirlar. Buning ustiga, ko‘rsatib o‘tilgan omillar yaqindan o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘ladilar, ulardan birlaridagi o‘zgarish boshqalaridagi o‘zgarishlarga olib keladi.
Tashkilot xo‘jalik yurituvchi sub’ektni normal ishlashiga jiddiy to‘siqning yana biri ishga doir axborotlarning yetarlicha bo‘lmagan hajmi, axborot kengligining surunkali yetkazib berishga bitimlarni shakllantirishni judayam qiyinlashtiradi, xo‘jalik xatarini oshiradi va ishga doir munosabat nafaqat qattiqqo‘llik va bir ma’nolikni, balki o‘zaro “murosa”, egiluvchanlik va ko‘p variantlikni qo‘llashni talab qiladi.
Zamonaviy tashkilot yashab qolishi va qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun atrof-muhitning o‘zgarishlariga samarali javob qaytarish, moslashishga qodir bo‘lishi kerak. Buning uchun tashkilot menejmenti, hammadan avval uning yuqori darajasi tashkilotning atrof-muhit bilan o‘zaro hamkorlik qilish siyosatini ishlab chiqarishi va o‘tkazishi, tashkilot atrofdagi holatning noaniqligini pasaytirishi, uni atrof-muhitning o‘zgarishiga moslashishini rivojlantirishi kerak. Bunda atrof-muhit bilan samarali o‘zaro hamkorlik ham tashkilot ichidagi jarayonlar va tashqi muhitga ta’sir ko‘rsatish bilan amalga oshirilishi kerak. Tashkilotning atrof-muhit bilan o‘zaro hamkorlik qilish strategiyasi tashkilotlarni boshqarishning barcha jarayonlarini qurish burchagining boshida turishi kerak.
Tashqi muhitni aniqlashning bir uslubi omillarni ikki asosiy guruhga bo‘lishdir: bevosita ta’sir muhiti va bilvosita ta’sir muhiti. Bevosita ta’sir muhiti omillariga ta’minotchilar, mehnat resurslari, davlat boshqarish qonunlari, iste’molchilar, raqobatchilar kiradi. Bilvosita ta’sir omillariga tashkilot operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tez ta’sir etmaydigan, lekin baribir ta’sirga ega bo‘lgan omillar kiradi. Ularga iqtisod holati, fan-texnika taraqqiyoti (FTT), ijtimoiy-madaniy va siyosiy o‘zgarishlar, boshqa mamlakatlardagi voqealar kiradi.
Tashqi muhit xarakteristikalari:
  • Tashqi muhit omillarining o‘zaro bog‘liqligi – bu bir omil o‘zgarishining boshqa omillarga ta’sir etish kuchi darajasidir.


  • Tashqi muhitning murakkabligi – tashkilot e’tiborga olishi kerak bo‘lgan omillar soni, hamda har bir omilning variativlik (o‘zgaruvchanlik) darajasi.


  • Muhitning harakatchanligi – bu tashkilot atrofida yuz beradigan o‘zgarishlar tezligi. Ayrim tarmoqlarda texnologiya va raqobatli kurash parametrlari tezligi kuchli.


  • Tashqi muhitning noaniqligi – konkret omil to‘g‘risida tashkilot ega bo‘lgan informatsiya miqdori funksiyasi, hamda bu informatsiyaga ishonchlilik funksiyasi hisoblanadi. Agar informatsiya kam va uning aniqligiga ishonch bo‘lmasa muhit noaniq bo‘ladi.


Endi har bir guruh omillarini ko‘rib o‘tamiz. Bevosita ta’sir muhiti:



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling