O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


-chizma. Gorizontal mehnat taqsimoti


Download 0.6 Mb.
bet76/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

20-chizma. Gorizontal mehnat taqsimoti
Tashkilot kabi, uning bir qismi bo‘lgan bo‘linmalar ham odamlar guruhidan tashkil topadilar va bu odamlar faoliyatini umumiy maqsadlarga erishish uchun muvofiqlashtirish kerak. Buning uchun mehnat vertikal taqsimlanishi kerak, bunda bitta bo‘linma rahbari boshqa bo‘linmalar rahbarlarining ishini muvofiqlashtiradi. Tashkilotlarda ishlar bo‘linib, gorizontal mehnat taqsimoti yo‘lga qo‘yilganligi uchun guruhning ishi samarali bo‘lishi uchun kimdir guruhdagi ishni tartibga solib turishi kerak.

Elkanli kemada rul harakati bilan elkanni burish bir-biri bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim. Mana shu ishni kapitan bajaradi. U rul bilan elkan harakatini bir-biriga moslab turadi, ya’ni vertikal mehnat taqsimotiga mos ravishda rahbarlik ishini amalga oshiradi. SHuning uchun boshqarish tashkilot uchun muhim faoliyat hisoblanadi.


Lekin, kichkina tashkilotlarda ko‘p hollarda boshqaruvchilar bo‘lmaydi. Masalan: kichik magazinda 2 kishi ishlaydi. Birinchisi bir hafta davomida buyumlar sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish orqali boshqarish funksiyasini bajarsa, ikkinchisi xuddi shu ishlarni ikkinchi hafta davomida bajaradi. Ikkala xodim ham boshqaruvga aloqasi bo‘lmagan ishlarni ham bajaradi, ya’ni mahsulotlarni terib qo‘yadilar, xaridorlarga xizmat ko‘rsatadilar. Ulardan birontasi sherigini xo‘jayin yoki boshqaruvchi hisoblamaydilar. Bu misolda boshqaruv funksiyasi aniq ajratilmasa ham, muvofiqlashtirish funksiyasi bajariladi.
SHunday qilib, mehnat taqsimotining ikkita organik usuli mavjuddir:
  • birinchisi mehnatni uni tashkil etuvchilarga ajratish, ya’ni gorizontal mehnat taqsimoti;


  • ikkinchisi, harakatlarni harakatga muvofiqlashtirish ishlarni harakatlardan ajratish, ya’ni vertikal mehnat taqsimotidir.


Bu harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha faoliyat boshqaruvning mohiyatini tashkil qiladi.


Tashkilotning rivojlanish jarayoni, uning faoliyatini turkumlashtirish oltita bosqichdan tashkil topadi:
I bosqich: boshqaruv ishlarining hajmi kichik: ishlab chiqarish (tijorat) vazifalarini bajaruvchi xodimning o‘zi boshqaruvchi bo‘ladi;
II bosqich: boshqaruv ishlari hajmini bajarish uchun ishlab chiqarish (tijorat) vazifalaridan ozod qilingan maxsus xodimni ajratish talab qilinadi (master, seksiya mudiri);
III bosqich: boshqaruv bo‘yicha ishlarning hajmi shunchalik o‘sadiki, boshqaruv xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish zaruriyati paydo bo‘ladi (to‘g‘ri chiziqli ierarxiya vujudga keladi (sex boshlig‘i);
IV bosqich: boshqaruv ishi hajmini bunday keyingi o‘sishi munosabati bilan boshqaruv xodimlarini alohida vazifalarni bajarish ixtisoslashishlari talab qilinadi: rejachilar, nazoratchilar va h.k. mutaxassislar paydo bo‘ladilar;
V bosqich: boshqaruv ishining hajmi va bu ish bilan band bo‘lgan xodimlar soni ko‘payadi, shuning uchun ularning harakatlarini muvofiqlashtirish zaruriyati vujudga keladi (taftish komissiyasi raisi);
VI bosqich: boshqaruv faoliyatining rivojlanishi vazifaviy va to‘g‘ri chiziqli ierarxiyani umumiy rahbarlik ostida birlashtirish zaruriyatiga olib keladi, u esa faoliyatning ixtisoslashgan turi bo‘lib qoladi (korxona direktori).
Bu bosqichlar har xil tashkiliy tuzilmalar, lavozimlar, bo‘linmalar ko‘rinishidagi ma’lum tashkiliy rasmiylashtirishga egalar.
«Struktura»lotincha so`z bo`lib, narsalar tarkibiy qismlarining o`zaro bog’liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling