O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Menejmentning tashkiliy tuzilishi


Download 0.6 Mb.
bet75/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

5.2.Menejmentning tashkiliy tuzilishi.
Menejment tuzilishi haqida tushuncha. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi. Mehnatni gorizontal bo’linishi. Mehnatni vertikal taqsimlanishi. Tashkiliy tuzilma turlari. Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Hissadorlik jamiyati. Sho’ba va bog’liq jamiyatlar. Davlat unitar korxonalari. Notijorat tashkilotlar. Matlubot kooperativi. Kartel’. Sindikat.Trest. Kontsern. Kontsortsium. Sanoat xoldinglari. Tadbirkorlar uyushmalari.
Tashkilotning eng muhim xarakterlaridan biri – mehnat taqsimotidir. Agar ikki kishi bir maqsad yo‘lida ishlayotgan ekanlar, ular ishni o‘rtalarida bo‘lib olib ishlaydilar. Agar ikki kishi elkanli kemada sayohatga chiqqan bo‘lsalar, biri elkanni boshqaradi, ikkinchisi esa rulni boshqaradi. Barcha ishni uni tuzgan komponentlari bo‘yicha bo‘lish, ajratish mehnatning gorizontal taqsimoti deyiladi. Ko‘p hajmli ishni ko‘plab mayda ixtisoslashtirilgan topshiriqlarga bo‘lish, shuncha kishi mustaqil shu ishni bajarganda ishlab chiqariladigan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Kichik tashkilotlarda gorizontal mehnat taqsimoti ko‘p kuzatilmaydi. Masalan, umumiy ovqatlanish korxonalarining bir vaqtda boshqaruvchilari ham bo‘lgan egalari, ovqat tayyorlashlari va keluvchilarga xizmat ko‘rsatishlari mumkin.
Yirik va o‘rtacha tashkilotlarda gorizontal taqsimlash etarlicha aniq kuzatiladi. U o‘ziga xos vazifalarni bajaruvchi va aniq maqsadlarga erishuvchi bo‘linmalarni tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ular bo‘limlar, xizmatlar, sektorlar va h.k. deb ataladilar.
Murakkab tashkilotlar gorizontal mehnat taqsimotini amalga oshirishda bo‘linmalar tuzish orqali tashkil etmoqdalar. Bunday bo‘linmalar bo‘limlar yoki xizmatlar deb ataladi. “Mak Donals” korporatsiyasida tashkilotning har bir asosiy funksiyasi uchun maxsus bo‘linmalar: marketing, sotib olish bo‘limi, qo‘zg‘almas mulk bo‘limi tashkil etilgan. Bu “Mak Donalьs” bo‘linmalari boshqa tashkilotlarda o‘ziningxususiy, mayda, konkret bo‘linmalariga egadir. Bu kompaniya o‘z bo‘linmalarini geografik tamoyil bilan ham, yana asosiy faoliyat turlari bo‘yicha ham tashkil etgan. Qo‘zg‘almas mulk bo‘limi yangi joylanish o‘rinlari bo‘limi, mavjud mulklarni boshqarish bo‘limlariga bo‘linadi. Bu har bir bo‘linma getorafik zonalar bo‘yicha ham guruhlarga bo‘linadi: SHarqiy qirg‘oq guruhi, Kaliforniya guruhi, G‘arbiy Evropa guruhi va h.k. Bunday bo‘linmalar, xuddi tashkilotlar singari umumiy maqsad yo‘lida ishlayotgan kishilar guruhlaridan tashkil topgan.
SHunday qilib, har qanday tashkilot bir qancha maxsus guruhlardan tashkil topgan bo‘lib, bu guruhlar bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Masalan, menejment o‘rganayotgan talabalar potoki kollejning bo‘limi hisoblanadi. Bunday bo‘lim o‘z navbatida formal va noformal guruhlarga bo‘linadi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling