O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


-jadval Menejerlar ish vaqtining tuzilmasi


Download 0.6 Mb.
bet104/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

12-jadval
Menejerlar ish vaqtining tuzilmasi



Menejerlar


Strategik vazifalar vaqtining sarfi


Taktik vazifalar vaqtining sarfi


Operativ vazifalar vaqtining sarfi

Yuqori darajadagi


menejerlar

60 %

25%

15%

O‘rtacha darajadagi menejerlar

20%

50%

25%

Quyi darajadagi menejerlar

10%

25%

65%


To‘g‘ri chiziqli va vazifaviy menejerlarni ham ajratish mumkin. Birinchisi tashkilotlar, muassasalar,ssexlarni boshqaradilar, ikkinchilari vazifaviy bo‘linmalarga rahbarlik qiladilar.

Menejerlar jamiyatda sezilarli rolni o‘ynovchi ijtimoiy qatlamni tashkil qiladilar. Menejerlar asosan xususiy kompaniyalarda ishlaydilar. Ularning boshqaruvdagi alohida rolini tan olinishi kasbiy ajratilish, maxsus tayyorgarligi haqidagi masalani qo‘ydi.


Menejerning kasb egaligi, hammaldan avval, ishlab chiqarish (tijorat) va boshqaruvni tashkil qilish sohasidagi maxsus bilimlar va ko‘nikmalarga egaligidan, har xir sohadagi odamlar bilan ishlashga qodirligidan iboratdir.
Buning ustiga, avvallari tashkilotni boshqarish uchun ushbu sohada mutaxassis bo‘lish shart emas, boshqaruv texnologiyasi va texnikasi bilan, odamlar bilan ishlay olishlikning o‘zi etarli deb hisoblangan.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida bunday yondoshuv tanqidga uchramoqda, chunki yollanma menejerlar o‘zlarini ishlab chiqarish bilan tenglashtirmaydilar, firmaning maqsadlari ularning shaxsiy maqsadlariga aylanmaydi. Buning ustiga ularning biznes maktablardagi tayyorgarligi ko‘pincha ishlab chiqarishning ehtiyojlariga mos kelmaydi, maktablarning bitiruvchilari uning sharoitlariga yomon moslashadilar. SHuning uchun Evropa va YAponiya kompaniyalarida, qoidaga ko‘ra, boshqaruvchilarni chetdan taklif qilmaslik, ularni firmaning ichida “o‘stirish” ishlatiladi. SHunga qaramasdan, bir qator davlatlar, ayniqsa, AQSH kompaniyalarida hali ham kasbiy boshqaruvchini yollash amaliyoti keng tarqalgan.
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, zamonaviy rahbar faqat 15-20% o‘z sohasidagi mutaxassis bo‘lishi kerak, u hammadan avval, tashkilotchi, ruhshunos, sotsiolog bo‘lishi kerak. Zamonaviy korxonalar ko‘proq darajada inson e’tibor markazida turadigan sotsiotexnik tizimlar bo‘yicha mutaxassislarga muhtojlar. Har qanday darajadagi menejerning oldiga butun bir qator talablar qo‘yiladi. U quyidagi asosiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
  • zamonaviy tashkilotni boshqarish sohasidagi bilimlar va tajribaning mavjudligi;


  • faoliyatning turi va xarakteri bo‘yicha tashkilot tegishli bo‘lgan sohaning holati va rivojlanishi masalalarida (tadqiqotlarning holati, texnika, texnologiya, raqobat, mahsulotga talabning dinamikasida) omilkorlik;


  • nafaqat ma’muriy boshqarish, balki tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish, bozordagi vaziyatni boshqarishni bilish, tashabbus ko‘rsatish va firma resurslarini qo‘llashning foydaliroq sohalarida faol qayta taqsimlash;


  • yuqori dinamiklik va noaniqlik sharoitida quyida turuvchi rahbarlar va xodimlar bilan kelishish asosida omilkorlik qarorlarni asoslash va qabul qilish, ularning qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishdagi ishtirokini taqsimlashni bilish;


  • asosiy bozorlar yoki ularning hozir ishlanayotgan yoki ishlamoqchi bo‘lgan segmentlaridagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish sohasidagi amaliy bilimlar va tajribaning mavjudligi;


  • yuqori madaniyat, soflik, hamma narsada namuna bo‘lish qobiliyati;


  • raqib firmalar faoliyati va harakatlarini tahlil qilishni bilish;


  • tashkilot resurslarini boshqarish qobiliyati va bilishi;


  • tashkilot ishini bashorat qilish va redalashtirishni bilish;


  • tashkilotni boshqarish va faoliyat yuritishning samaradorligini oshirish usullariga egalik qilish;


  • zamonaviy axborot texnologiyalari, kommunikatsiya va aloqa vositalariga egalik qilish;


  • odamlar bilan ishlash, ularga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati va bilimi, buning uchun zarur bo‘lgan dilkashlik, adolatlikka ega bo‘lish, “insoniy munosabatlar”ni bilish;


  • o‘zini-o‘zi va o‘z vaqtini boshqarishni bilish;


  • masalalarni hal qilishga qat’iylik, g‘ayratlilik, dinamiklik;


  • rasmiy va norasmiy tuzilmalarning o‘zaro aloqasini hisobga olish bilan odamlar bilan munosabatlarni o‘rnatishni bilish;


  • bilimlar va farosatlilik (tashkilotdagi aniq sharoitlarni bilish, ularda o‘z yo‘lini topa bilish, farosatli va topqir bo‘lish);


  • o‘ziga-o‘zi yordam ko‘rsatishni bilish, tashkilotdagi ma’lum sharoitlarda boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish hisobiga o‘zini qo‘llab-quvvatlash;


  • o‘z mamlakati va boshqa mamlakatlardagi, firma o‘zining o‘rnini kuchaytirish yoki ushlab qolishga intilayotgan bozorlardagi xo‘jalik holatining rivojlanishi, talabning xususiyatlari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish choralari tendensiyalarini oldinda ko‘ra olishni bilish.


Menejerlar tashkiliy qobiliyatga ega bo‘lishlari kerak, uning ostida insonga tashkiliy faoliyat usullarini egallash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beruvchi shaxsning shaxsiy-psixologik xususiyatlari tushuniladi. Quyidagilar tashkiliy qobiliyatlarga kiradi (13-jadval):



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling