O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Boshqaruv uslublarining turkumlanishi


Download 0.6 Mb.
bet112/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Boshqaruv uslublarining turkumlanishi
Boshqaruv amaliyotida turli rahbarlar bilan uchrashish mumkin, ularga turli boshqaruv usul va uslublari tavsiflidir. Shunga binoan ijtimoiy psixologiyada asosiy raxbarlar uch xil bo‘lishi mumkin. Avtokratik, Demokratik va Liberal.
Avtokratik uslub.
Avtokratiya-yakkahokimlik tushunchasini bildiradi, ya’ni hukmronlikni ushlab turuvchi va amalga oshiruvchi birgina odam. Unga quyidagi usul xususiyatlaridir: yakka hokimlik bilan qaror qabul qilish, ma’muriyatchilik, qo‘l ostidagi ishga doim aralashib turish. Avtokrat rahbar boshqarish guruhining diqqat markazida va faoliyatida bo’ladi. Barcha hukmronlik uni qo‘lida bo‘lishi kerak va barcha katta kichik muammolarni qo‘l ostidagilar bilan kam gap, talabchan, gohida qo‘rqitish usuli bilan yakka o‘zi hal qiladi.
Demokratik uslub.
Demokratik so‘zi yunoncha “Demos ” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “Xalq” ma’nosini bildiradi. Demak, demokratiya halq hokimligi , demokratik xalq esa odamlar manfaatini aks ettiradi.Agar demokratik uslub haqida gap ketsa , unda “rahbar bo‘ysunuvchi “ ning o‘zaro munosabati , o‘zaro hurmat ,ishonish asosida quriladi, ba esa xalq fikri bilan hisoblashish demakdir.
Demokratik uslubning qanday belgilari bor?
1. Muammolarni mashvaratlik ravishda hal etish.
2. Qabul qilingan qarorlarni ish bajaruvchilarga yaxshilab tushuntirishga intilish.
3. Qo‘l ostidagilar tashabbusini qabul qilish va qo‘llash.
4. Demokratik rahbar qaror qabul qilishdan avval, uni xizmatchilar orasida keng doirada muhokama qiladi, qo‘l ostidagilarga jamoadagi ishlar ahvoli haqida tizimli ravishda axborot berib boradi, bunda u muvaffaqiyatlar va qiyinchiliklarni ochiqdan ochiq, gapirib beradi.
5. Demokrat o‘ziga aytilgan tanqidga to’g‘ri yondashadi, xizmatchilar bilan qilinadigan muomalada o‘zining ustunligini sezdirmaydi.
6. O‘zi qabul qilgan qarorlari uchun javobgarlikdan qochmaydi, qo‘l ostidagilarning xatosi uchun zaruriy jazo belgilaydi, yaxshi tomonlarini maqtaydi, o’z ko’rsatmalarini aniq, va ishonarli ifodalaydi.
7. O‘ta bandlikni soxta bunyod etmaydi, qo‘lidan kelganicha ishlaydi, mehnat qiladi.
Liberal uslub.
Liberal so‘zi rahmdil, saxiy, oliyjanob degan ma’noga ega, bu uslubning xususiyati shundaki, rahbar o‘zini rahbarlik holatini namoyish etmaydi, aksincha, u bunda uyaladi va xodisalarning o‘zi taraqqiy topishiga sharoit yaratib berib ularga aralashmaydi. Qo‘l os­tidagilarga hurmat bilan murojaat qiladi va «juda iltimos qilaman» degan so‘zni tez-tez ishlatadi.Qo‘l ostidagilar fikrini sabr bilan tinglaydi, ular taklifidan foydali fikrlarni izlaydi va ularni hayotga tadbiq, qilishga harakat qiladi. O‘zining sipoligi yoki uyatchanligi uchun «Birinchi qatorlardan» qochadi, afisha, oshkoralikni yoktirmaydi. Ammo, bu ijobiy tomonlar to’belarga yoqadi va ular uning bu xislatlarini o‘zlariga singdiradilar.
Bu kabi yoqimli xislatlarga quyidagilar kiradi:
1. Liberal ishda uncha faol emas.
2. Hamma ishlarga aralashishni yoqtirmaydi.
3. Begonalar ta’siriga oson bo‘ysinadi va bevaqt qabul qilingan qarorlardan tezda voz kechadi.
4.Murakkab vaziyatlarda ikkilana turib, unda bir fikrga kelishlik va izchillik xususiyati yo’q.
5.Qo‘l ostidagilar bilan munosabatni buzmaslik uchun jiddiy tadbir va harakatlardan o‘zini tiyadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling