O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


-MAVZU. BOSHQARUV MEHNATINI TASHKIL ETISH


Download 0.6 Mb.
bet114/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

7-MAVZU. BOSHQARUV MEHNATINI TASHKIL ETISH.
Reja:
7.1.Boshqaruv mehnati to‘g‘risida umumiy tushuncha va boshqaruv mehnati turlari
7.2.Boshqaruv ishini oqilona tashkil etish tamoyillari


7.1.Boshqaruv mehnati to‘g‘risida umumiy tushuncha va
boshqaruv mehnati turlari.
Boshqaruv mehnati – bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan ishlardir. “Boshqaruv mehnati” tushunchasi ma’lum darajada ob’ekt yoki uning ilovasi sifatida “boshqarma” tushunchasi bilan bog‘liq.
Agar har qanday mehnatni jismoniy va aqliy shakldan iborat deb olsak, boshqaruv ishi aqliy mehnat turidir.
Boshqaruv ishi ijtimoiy mehnatning alohida turiga kiradi.
U ishning turiga ko‘ra darajaga bo‘linadi hamda har qanday hamkorlikdagi mehnatga mansub bo‘lgan kasbiy faoliyat turi sifatida “boshqaruv” tushunchasiga asoslanadi
Agar ish jarayonida bir guruh shaxslar ishtirok etayotgan bo‘lsa, albatta, ularning ishini muvofiqlashtirish zaruriyati tug‘iladi.
Boshqaruv ishi jamoatchilik mehnatining bir turi bo‘lib, asosiy vazifasi hamkorlikdagi mehnatning ayrim ishtirokchilari va ayni paytda, butun mehnat jamoasining maqsadli, muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlashdan iborat.
Mohiyatan bu ma’muriy boshqaruv xodimlarining rejali faoliyatidir. U tashkilot xodimlari ishini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishga qaratilgan. Ma’muriy boshqaruv xodimlarning mehnati yig‘ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismi bo‘ladi.
Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo‘lsa, yig‘ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqoridir.
Ammo ma’muriy boshqaruv xodimlari, ishchilardan farqli ravishda, o‘zlari bevosita mehnat predmetiga ta’sir ko‘rsatmaydilar, ya’ni o‘zlarining qo‘llari bilan (mehnat vositalaridan foydalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqarmaydilar.
Ular bevosita ishlab chiqarish (tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan band bo‘lgan odamlarning samarali mehnatlari uchun kerakli tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratiladi.
Demak, boshqaruv vazifalarini bajarilishining sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish ob’ekti shunchalik ishonchli va samarali faoliyat yuritadi.
Boshqaruv mehnati jarayonida belgilangan resurslar moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari – binolar, inshootlar, boshqaruv apparati xodimlari mehnatning vositalari va predmeti, boshqaruv tizimining faoliyat yuritishi uchun xarajatlar, malakali mutaxassislar va h.k. dan foydalaniladi.
Ulardan foydalanishning samaradorligini ham ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
SHunday qilib, boshqaruv mehnati – bu ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli-tumanligidir, chunki u yig‘ma mahsulot ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati kabi darajada zarurdir.
Boshqaruv mehnati o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
  • U moddiy boyliklar yaratishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa shaxslar mehnati orqali ishtirok etadi


  • Boshqaruv mehnatining predmeti sifatida rahbarga kerakli axborot, boshqaruvda ishtirok etuvchi odamlar va boshqaruv jarayoni ishtirok etadi


  • Rahbar tomonidan boshqaruv qarorining qabul qilinishi uning natijasi hisoblanadi


  • Tashkiliy tizim va hisoblash texnikasi mehnat vositasi bo‘lib xizmat qiladi


  • Boshqaruv aqliy mehnat, shu bois uning unumdorligini faqat texnik ijrochilar va ayrim mutaxassislarga nisbatangina baholash mumkin.


Boshqaruv mehnati operatsiyalari, tadbirlari mazmuniga kompьyuter texnikasi inqilobiy o‘zgarishlar kiritmoqda,u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatini bermoqda.


SHunga qaramasdan, boshqaruv mehnatining, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin.
Ular quyidagilardan iboratdir:
  • vazifani qo‘yish;


  • qo‘lda va kompьyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish;


  • axborotlarni guruhlarga ajratish (qo‘lda yoki kompьyuterdan foydalanish bilan);


  • kompьyutersiz eng oddiy hisoblashlar;


  • kompьyuterni qo‘llash bilan hisob-kitoblar;


  • qarorlarni tayyorlash;


  • qarorlarni yakka holda qabul qilish;


  • qarorlarni jamoaviy qabul qilish;


  • xujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k.


Boshqaruv mehnatining yakuniy mahsuloti – ob’ektga boshqaruv ta’sirlarining o‘lchamlarini belgilab beruvchi qarorlardir.


Umuman, xizmatchilar mehnatining natijalari ular tomonidan chiqarilgan farmoyishlar va hujjatlarning soni bo‘yicha emas, balki ularning tashkilot yoki uning bo‘linmasining butun jamoasi faoliyatining ta’siri bo‘yicha baholanadi.
Bundan xizmatchilar mehnatini tashkil qilish masalalarini hal qilishga g‘oyatda muhim o‘ziga xos talab kelib chiqadi – tarkibiy va hujjatiy ortiqchaliklarni aniqlash va bartaraf qilish, boshqaruvning tashkiliy shakllarini ehtimol bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish bilan takomillashtirish maqsadida har xil mehnat vazifalarini bajarish usullari va vositalarini oldindan tashkil qilish.
Boshqaruv mehnatining boshqa xususiyati uning aqliy harakatlaridir.
U predmet va mehnat predmetining axborotli xarakteridan kelib chiqadi, shunga ko‘ra ma’muriy – boshqaruv xodimlariga, qoidaga ko‘ra, ayniqsa, qarorlarni qidirib topish va amalga oshirishda ko‘proq darajada asabiy tuyg‘uli harakatlarni sarflashga to‘g‘ri keladi.
Boshqaruvda, mehnat faoliyatining har qanday boshqa turidagi kabi, mehnat taqsimoti mavjuddir.
Bunday taqsimot boshqaruv ob’ektlarining farqlanishi sababli paydo bo‘ladi.
Boshqaruv ob’ekti sinflari, turlarining farqlanishi boshqaruvni iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari, boshqariladigan ob’ektning turiga ko‘ra boshqaruvchilarni ixtisoslashishlari zarurligiga olib keladi.
Boshqaruv faoliyatining turlari, boshqaruv mutaxassisliklari bo‘yicha taqsimlash mavjud, masalan, tahlilchilar, rejachilar, hisobchilar, menejerlarga ajratiladi.
Rahbarning mehnati g‘oyatda turli-tuman va mas’uliyatlidir. Unda
  • shaxsiy;


  • kollegial;


  • jamoaviy faoliyat birlashadi.


Rahbar axborotlar, kiruvchi hujjatlar bilan shaxsan tanishishi, chiquvchi xatlarni tekshirishi, imzolashi, ba’zan esa tayyorlashi, tayyorlanayotgan qarorlarni o‘ylab ko‘rishi va ularni qabul qilishi, vujudga kelgan vaziyatni, boshqaruv ob’ekti bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan jarayonlarni tahlil qilishi kerak.


Bunda menejerning shaxsiy faoliyati namoyon bo‘ladi.
SHuning bilan bir vaqtda rahbarlar yuqori va pastki darajadagi rahbarlar, sheriklar, qo‘shnilar, qo‘l ostidagilar, mutaxassislar, maslahatchilar, ijtimoiy, kasaba uyushmasi etakchilari ishtiroki bilan qarorlarni kollegial ishlab chiqishda ishtirok etishga da’vat etilganlar.
Bu asosan maslahat qilish (kollegial) xarakteridagi faoliyatdir.
Jamoaviy faoliyat – bu rahbarning ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, ijrochilar bilan ishlashidir.
Aloqalarning borishi, xodimlar bilan muloqotda rahbar jamoadagi ijtimoiy-psixologik holatni aniqlaydi, xodimlarning fikrlari va arzlarini eshitadi, ularga tayyorlanayotgan va qabul qilingan qarorlar haqida xabar beradi, rejalar, tadbirlarni amalga oshirishning zarurligi va maqsadga muvofiqligini asoslab beradi, ularni samarali, sifatli ishlashga undaydi.
Ijrochilar bilan aloqalar ishlab chiqarish kengashlari, uchrashuvlar, bo‘linmalar, ish joylariga borishlar, shaxsiy qabullar tarzida bo‘lishi mumkin.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling