O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet113/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Menejerning imidji uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida o‘ziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi farqlanuvchi va mutlaq ta’riflari haqidagi mustahkam tasavvurdir./ ibutlari (belgilari) tashkil etadi. «Imidj» — inglizcha so‘z bolib, «obraz», «shuhrat»ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va stereotip xarakterga ega bolgan hissiyotli bo‘yalgan obrazidir. 0 ‘zining imidji haqidagi g‘amxo‘rlik bu uni kishilar ongida gavdalanishi, o‘zini o‘zi namoyon etishidir.
Ishbilarmonlik etikasi — yaxshilik va yomonlik, ma’naviylik va axloqiylik, insonni jamiyatdagi ma’lum o‘rni, hayoti va faoliyatining ma’nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson xulqining ta’limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o‘z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi. Nutq madaniyati - kishining o‘qimishliligi, tarbiyaliligi va umumiy madaniyatining ko‘rsatkichlaridan biridir. Inson nutq madaniyatining umumiy alomatlari mavjud: nutqning to‘g‘riligi; tilning boyligi (o‘ziga xosligi); qisqalik; ravshanlik va aniqlik; jo‘shqinlik.
Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari mavjud. Shu munosabat bilan xorijiy hamkorlar bilan barqaror ishga doir aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun nafaqat yuqorida keltirilgan ishbilarmonlik etiketining oddiy qoidalariga rioya qilish, balki o‘zini aloqa o'rnatilayotgan mamlakatning odoblariga muvofiq tutish zarur.


Takrorlash va nazorat uchun savollar:
  • Menejer kim?


  • Menejerning vazifalari nimalardan iborat?


  • Menejer qanday darajalarga ajratiladi?


  • Menejerning kasb egaligi deganda nimani tushunasiz?


  • Qaysi darajadagi rahbar ish vaqtining asosiy qismida operativ masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanishi kerak?


  • Menejerning kasbiy mahorati nimadan iborat bo‘lishi kerak?


  • Menejerning tashkiliy qobiliyati deganda nimani tushunasiz?


  • Menejerning yetakchidan farqi nimada?


  • Yetakchilik sifatlari nazariyasi to‘g‘risida tushuncha bering


  • Yetakchilik xulqi konsepsiyasi to‘g‘risida tushuncha bering.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling