O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Rahbarlik uslublari va ularning o’ziga xos xususiyatlari


Download 0.6 Mb.
bet111/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

6.2. Rahbarlik uslublari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.


Boshqaruv uslubi — rahbar tomonidan foydalaniladigan masalalarni yechishning xarakterli va barqaror usullari majmuasi, uning qo‘l ostidagilarga nisbatan holati. Boshqaruv uslubi jamoa va umuman korxona (tashkilot) faoliyatining samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Har qanday ob’yektni boshqarish (menejment) tizimida yuzaga keladigan barcha muammolar kishilar tomonidan hal qilinadi. Rahbar (menejer) boshqaruv sub’yekti sifatida vaziyatni tahlil qila olishi, strategiyani bashoratlay olishi va uni amalga oshirish bo‘yicha tezkor boshqaruvni tashkil qilishi lozim. Ijrochi esa, boshqaruv ob’yekti sifatida rahbar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlarini amalga oshirishi lozim. Bunday holatda rahbar va ijrochi oldida butunlay turli xil masalalar turadi. Shuning uchun ham uslubiy nuqtai nazardan ob’yektga va sub’yektga boshqaruvning bir xil tamoyillarini qo‘llash to‘g‘ri emas.
Boshqaruv maqsadlariga erishish darajasini aniqlaydigan asosiy shartlar rahbarning kasbiy malakasi, tashkilotchiligi va intizomliligi hisoblanadi. Boshqaruv ierarxiyasi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, muammoning murakkabligi darajasi ham, uni hal etishning mas’uliyati ham, shuningdek, rahbarning ish haqi hajmi ham yuqori bo‘ladi.
Rahbar o‘z ishida har qanday sohadagi muammolarni hal etishiga to‘g‘ri keladi: texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiyot, psixologiya, ekologiya, boshqaruv va boshqalar. Shuning uchun ham rahbar ishining tamoyillari yoki qoidalari iqtisodiyotni boshqarish, mahsulot sifati, rejalashtirish, jamoani shakllantirish, tezkor boshqaruv va boshqa asosiy tamoyillarni jamlashi lozim. Bu tamoyillarning juda keng doirasi bo‘lib, unga amal qilishda rahbarlar (oliy va o‘rta bo‘g‘in menejerlari) tizim maqsadiga erishishlari mumkin.
Snunday qilib, personalni boshqarish tamoyillarining tuzilmasi va mazmunini shakllantirishda quyidagi shart-sharoitlardan kelib chiqish lozim: 1) asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tashkilot faoliyatining asosiy tamoyillarini majmuali qamrab olish; 2) boshqaruv ierarxiyasi darajalari bo‘yicha menejer va ijrochilarning (mutaxassislarning) ranjirlashtirish; 3) boshqaruv masalalari hal etilishining murakkabligi, takroruvchanligi va qiymatiga bog‘liq holda ishda qo‘llaniladigan tamoyillar miqdorining differensiatsiyasi. Evropada yollangan menejerni sinash maqsadida unga ma’lum bir davr mobaynida missiya beriladi va shu tariqa imtixon qilinadi.1
Menejment uslubi – bu rahbarning shaxsiy sifatlarning to‘plami, rahbarni qo‘l ostidagilar bilan o‘zaro munosabati, rahbarning o‘z faoliyatiga ishlatadigan uslubi va yo‘llari rahbarning o‘ziga bo‘y sunuvchilarni amalga bilishidir.
Boshqaruv uslubi – bu ijtimoiy tabaqa, chunki bu boshqaruvdagi murakkab ijtimoiy – iqtisodiy ishlab chiqarish, ijtimoiy – texnologik munosabatlarni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirish shaklining namoyon bo‘lishidir. Bu jihatdan uslub natijasi ham ijtimoiy – texnologik ahamiyatiga ega, chunki rahbar qo‘llangan uslubning tavsifi sezilarli darajada boshqaruv apparatining samarali ishiga bog‘liqdir2.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling