Tavsiyali qarorlar o`z mohiyatiga ko`ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo`lib, korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar aksini topadi.
Aniq qarorlar to`la-to`kis axborot mavjud bo`lgan holdagina qabul qilinadi. SHu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo`ladi.
Noaniq qarorlar – bu tavakkalchilik bilan to`liq bo`lmagan axborotga asoslanib qabul qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish imkoniyati bo`lmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir. Masalan, mudofaa vazirligining eng yangi, murakkab qurolni yaratish to`g’risidagi loyihani tasdiqlash bo`yicha qabul qilingan qarori, odatda noaniq qaror shaklida bo`ladi. Chunki ishlab chiqarilgan qurolning qanchalik samarali yoki samarasizligi, uning qanchalik puxta yaratilganligi, nechog’lik mo`ljalni oqlaganligi bilan isbotlanadi. ehtimol tavakkal qilib ishlab chiqarilgan yangi qurolga ehtiyoj umuman bo`lmasligi mumkin.
Amal qilish xarakteriga ko`ra qarorlar quyidagi turlarga bo`linadi:
Vaqtinchalik qarorning amal qilishi ma`lum muddat bilan cheklanadi yoki doimiy qaror qabul qilinguncha amal qiladi. Masalan, biror-bir bayram munosabati bilan korxonada navbatchilarning tayinlanishi bo`yicha chiqarilgan buyruq shunday qarorlar jumlasiga kiradi.
Tezkor qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir bo`lgan hollarda uni bartaraf etish bo`yicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo`jalik faoliyati yakuniga ko`ra qabul qilinadigan qarorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |