O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet52/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Boshqaruv qarorlari tasnifi
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyaga va mazmunga ega bo`lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo`yicha guruhlarga ajratish mumkin
8-jadval
Boshqaruv qarorlari tasnifi




Guruhlash belgilari


Boshqaruv qarorlari turlari

1.

Amal qilish davriga ko`ra

2.



Mazmuni va amal


qilish xususiyatiga ko`ra
  • Sotsial-iqtisodiy qarorlar


  • Texnikaviy qarorlar


  • Stereotip qarorlar


  • Tashabbusli qarorlar


3.

Takrorlanish va yangilik
darajasiga ko`ra

  • An`anaviy qarorlar


  • Tavsiyali qarorlar


4.

Axborot bilan ta`minlanganlik darajasiga ko`ra

  • Aniq qarorlar


  • Noaniq qarorlar


5.

Amal qilish xususiyatiga ko`ra

6.

Qarorni qabul qilish shakliga ko`ra

  • Yakkaboshchilik printsipi asosida


  • Kollegiallik asosida


  • Yakdillik printsipi aosida


  • Konsensus printsipi asosida


  • «Ringi» usuli asosida qabul qilingan qarorlar




Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo`lib, barcha bo`g’inlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini to`lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlartor doiradagi muammoga taalluqli bo`lib, korxona muayyan bir bo`limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotip qarorlar odatda qat`iy yo`riqnomalar, me`yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba`zan kundalik masalalar bo`yicha qabul qilinadi, lekin o`zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli bo`ladi. Rahbar stereotip qarorlarni tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan bo`shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Tashabbusli qarorlaro`z tavsifiga ko`ra novatorlik, mazmuniga ko`ra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil o`rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Bunday qarorlar erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi.
An`anaviy qarorlar – bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi oldindan ma`lumdir. Bunga, korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bo`la oladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling