O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Boshqaruv qarorlariga qo`yiladigan talablar


Download 0.6 Mb.
bet51/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Boshqaruv qarorlariga qo`yiladigan talablar




Talablar


Izoh

1.

Ilmiy asoslangan bo`lishi lozim.

Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va ijtimoiy qonun-larning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi qisqa va aniq bo`lishi lozim.


2.

Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo`lishi kerak.

Muayyan vazifani hal etishda ko`pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo`shimcha vazifalarni hal etishga to`g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo`ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko`rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog’lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan,amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.


3.

Huquq va javobgarlik doirasida bo`lishi lozim.

Rahbar qarorni o`ziga berilgan huquq doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo`g’inlarida huquq va javobgarlik ko`lami nisbati to`g’risida borayapti. Huquq katta, mas`uliyati esa kam bo`lsa, ma`muriy o`zboshimchalikka, o`ylamasdan qaror qabul qilishga yo`l ochiladi va bu hech qanday naf keltirmaydi.


4.

Aniq va to`g’ri yo`nalishga ega bo`lishi kerak.

Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo`lishi lozim. Qarordan bir necha ma`no kelib chiqishiga, uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo`l qo`ymaslik kerak.


5.

Vaqt bo`yicha qisqa bo`lishi kerak.

Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.


6.

Vaqt bo`yicha aniq bo`lishi lozim.

Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko`rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishini ob’yektiv nazorat qilish imkoniyati bo`lmaydi.


7.

Tezkor bo`lishi kerak.

Har qanday qaror o`z vaqtida, ya`ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o`zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorlar zararlidir.


8.

Samarali bo`lishi lozim.

Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo`yilgan maqsadga eng kam xarajat bilan erishish tushuniladi.


Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Ma`lumki, har bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo`ladi. Har qanday darajadagi rahbar o`z huquq va burchlarini, mas`uliyat va javobgarligini, o`z vaqtida qabul qilinmagan qaror yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bo`lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog’i lozim.

Boshqaruv qarorlari asosan to`rt unsurdan tashkil topadi (15.1-chizma).

    Muddat


1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling