O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar
Download 0.6 Mb.
|
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kollegialliktamoyili
- Konsensus tamoyili
- «Ringi» usuli
Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biron sababga ko`ra qabul qilinadi.
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham bo`ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko`p hollarda asosli tankidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda o`zini ko`rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foizi buyruqbozlikka asoslangan bo`ladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o`zaro ishonchning yo`qolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir. Yakkaboshchilik tamoyilidan farqli o`laroq, yakdillik tamoyili asosida ham qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga ko`ra ilgari surilayotgan muqobil fikrni so`zsiz qo`llab-quvvatlashdan iborat. Kollegialliktamoyili «koalitsiyalar», ya`ni turli ittifoq yoki birlashmalar ro`yirost ma`lum bo`lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo`liga o`tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko`pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko`pchilik hollarda yarmidan ko`p ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan me`yor 2/3 deb tasdiqlanadi. Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya`ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo`llaniladi. O`z mohiyati bilan: Konsensus– bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir. Bunga o`zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo`llash yordamida erishiladi. «Ringi» usuli yapon biznesida keng qo`llaniladigan usuldir. 9-jadval «Ringi» usulini qo`llash bosqichlari
Bu usulga ko`ra majlislarda emas, balki so`rab chiqish yo`li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Yaponiyada «Ringi» usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas`uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko`rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari semashaqqat bo`lgani uchun yapon matbuotida uning sha`niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo`lsada, uni qo`llashdan voz kyechish to`g’risida hech narsa deyilmaydi. Qaror shaxs tomonidan qabul qilinadi, shunday ekan unda bu shaxs fazilatlari u yoki bu darajada aks etmay qolmaydi. Shu nuqtai-nazardan quyidagi ko`rinishdagi qarorlarning mavjudligi e`tirof etiladi: mo`tadil, muvozanatlashgan qarorlar; turtki beruvchi qarorlar; tinch holatni saqlovchi qarorlar; tavakkalli qarorlar; ehtiyotkorona qarorlar; oqilona qarorlar. Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling