O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet106/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Menejer va yetakchi
Taraqqiyot ehtiyoji inson va jamiyat tabiati uchun xos xususiyatlardan sanaladi. Taraqqiyotning jug‘rofiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’rifiy asoslari xususida talaygina tadqiqotlar yaratilgan.
Menejerlarni yana yetakchilik sifatini egallashi maqsadga muvofiqdir. Yetakchi ko‘pincha rahbar bo‘ladi, ammo uning harakatlarining xarakteri odatdagi menejer-ma’murdan boshqacharoq. U boshqarmaydi, buyruq bermaydi, balki boshqalarni orqasidan olib yuradi. Ular unga nisbatan tobe emas, balki ergashuvchilar bo‘ladilar.
Lavozim rahbar uchun rasman jamoaning yetakchisi bo‘lish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratadi, ammo uni avtomatik ravishda shunday qilmaydi, tashkilotda birinchi shaxs bo‘lishi mumkin, ammo haqiqiy yetakchi bo‘lmasligi mumkin, chunki u buyruq bilan tasdiqlanishi emas, balki atrofidagilar tomonidan ularning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qodir yagona kishi sifatida psixologik tan olinishi kerak. Buning uchun yetakchilik o‘rniga da’vogarlik qiluvchi kishi kelgusini va unga qarab harakatlanish yo‘llarini aniq ko‘ra olishni bilishi kerak.
Yetakchilar rasmiy menejerlardan nima bilan farqlanadilar? Menejerlar qoidaga ko‘ra, boshqa kishilar tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga qanday, qaysi usullar bilan erishish kerakligini belgilaydilar, qo‘lostidagilarning ishini rejalarga muvofiq tashkil qiladilar va yo‘naltiradilar, ammo bunda passiv o‘rinni egallaydilar. O‘zlarining atrofdagilar bilan o‘zaro hamkorliklarini huquqlar va majburiyatlarni aniq tartibga solinishi asosida quradilar. Yetakchilar esa qanday maqsadlarga intilish kerakligini mustaqil ravishda, ortiqcha tafsilotlarni surishtirmasdan belgilaydilar. Ularning qarashlarini qabul qilgan va qiyinchiliklarga qaramasdan, ularning orqasidan borishga tayyor bo‘lgan, kishilar ularga ergashuvchilar bo‘ladilar, yetakchilar bunda ilhom beruvchilar bo‘ladilar. Ular atrofdagilar tomonidan nazorat qilinmaydilar, ergashuvchilar bilan munosabatlarni esa ular ishonch asosida quradilar (14-jadval).
14-jadval

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling