1.Quyi darajadagi menejerlar (kichik boshliqlar) bevosita ishchilar va boshqa xodimlarga (boshqaruvchilarga emas) rahbarlik qiladilar. Ularning zo‘raki ishi bitta vazifadan boshqasiga tez-tez o‘tish bilan ta’riflanadi. Qarorlarni amalga oshirish uchung vaqtli davr g‘oyatda qisqadir.
2.O‘rtacha darajadagi menejerlari kichik boshliqlarning ishini muvofiqlashtiradilar va nazorat qiladilar. Ular odatda tashkilotdagi yirik bo‘linmalarni boshqaradilar va yuqori va quyi darajalardagi rahbarlar o‘rtasidagi o‘ziga xos bufer bo‘ladilar.
3.Yuqori darajadagi menejerlar umuman tashkilot uchun qarorlar qpabul qilishga javob beradilar. Ularning ishi aniq yakunlanishga ega emas, katta tavakkalchilikka ega. Bu bo‘g‘in menejerlari boshqa bo‘g‘inlar menejerlariga qaraganda ancha kamroqdir. Ularning mehnati yuqori baholanadi, qoidaga ko‘ra yaxshi haq to‘lanadi.
G‘arbiy korxonalarda yana quyidagilar ajratiladilar:
“top management” – ya’ni boshqaruvning yuqori bo‘g‘ini (bosh direktor va boshqaruvning boshqa a’zolari);
“middle management” – boshqaruvning o‘rtacha bo‘g‘ini (boshqarmalar va mustaqil bo‘limlar rahbarlari);
“tower management” – boshqaruvning quyi bo‘g‘inlari (bo‘linmalar va ularga o‘xshash boshqa bo‘limlar rahbarlari).
Menejerning obrazi doimiy ravishda boyib boradi, insoniyroq bo‘ladi. Hozirgi vaqtga menejmentning vatani bo‘lgan AQSH da ratsional turdagi menejerlar ustuvorlik qilgan, ular ko‘proq muhandislik –iqtisodiy ko‘nikmalarga va boshqaruvga yondoshuvlarga ega bo‘lganlar. Ammo hozirgi vaqtda endi yangi turdagi menejerlar paydo bo‘ldilar, ular asta-sekin ishlab chiqarishdagi insoniy omillarni hisobga olish tomoniga yuz o‘girmoqdalar. Buning ustiga, bu turli-tumanliklar ishga doir xullqa xos alomatlarni kasb etmoqdalar.
YAna shuni ta’kidlash zarurki, ierarxiyaning darajasi qancha yuqori bo‘lsa, menejerning shuncha ko‘p ish vaqti strategik, istiqbolli vazifalarni hal qilishga sarflanishi kerak. Pastroq darajada, aksincha, menejer ko‘proq operativ masalalar bilan shug‘ullanishi kerak. Menejerlar ish vaqtining quyidagi tuzilmasi tavsiya etiladi (12-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |