O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Menejmentning ijtimoiy samaradorligi


Download 1.79 Mb.
bet100/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Menejmentning ijtimoiy samaradorligi.
Menejmentning ijtimoiy samaradorligini miqdoriy bahosida mulkiy taqqoslash tavsifi va alohida xususiy yo`nalishlarga e`tiborlilik xususiyati o`z ifodasini topadi. Boshqaruv apparatini mehnat unumdorligida muhim holat sifatida ishchilarning umumta`lim darajasini va malakasini oshirish, moddiy-maishiy sharoitlarni yaxshilash va boshqalar nazarda tutiladi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruvni takomillashtirishda boshqaruv apparatining mehnat va moddiy xarajatlarini kamaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni qo`llash, ya`ni boshqaruv xodimlarining mehnat faolligini oshirish yoki mehnat qobiliyatlari susayishining oldini oluvchi, xodimlar qo`nimsizligini kamaytiruvchi va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilovchi tadbirlarni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitidaboshqaruvning ijtimoiy yo`nalishi kuchaytiriladi. Bunga boshqaruvni rivojlantirish, moddiy-texnika bazasidan ijtimoiy-madaniy yo`nalishda foydalanish, ishlovchilarning moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, ta`lim olish, madaniy hordiq chiqarish, madaniy va ma`naviy vazifalarni chuqurlashtirish kabi masalalar kiritiladi.
Menejer bozor munosabatlarida xo`jalik mexanizmining ijtimoiy, iqtisodiy va rag’batlantiruvchi omillarini, mehnat jamoasi tavsifi, kuch va malaka vositalarini qo`llash va takomillashtirishning sir-asrorlarini to`la o`zlashtirib olsagina, boshqaruv faoliyatining samaradorligi va natijalarini ta`minlash imkoni yaratiladi.
Alohida ishchi bajaradigan ish yoki butun tashkilot faoliyati natijasini quyidagi umumiy formula bilan aniqlash mumkin:
Natija = (Ish + Resurslar) Í E Í K Í M
Bunda: E – tashkilot tuzilishi samaradorligi; K – malaka (kvalifikatsiya);
M – motivatsiya;
«Ish» va «Resurslar» kattaliklari haqiqiy xarajatlar bo`yicha qiymat shaklida o`lchanadi. E, K, M koeffitsentlari ijobiy natija kattaliklarining ko`rib o`tilgan omillardan funktsional bog’liqligini aks ettiradi va ekspert ravishda aniqlanadi.
Menejmentning ijobiy natijasi, bir tomondan, tashkilot tuzilishining samaradorligi bilan, ikkinchi tomondan, unda ishlovchi xodimlarning malakasi va motivlashtirilishi bilan aniqlanadi.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling