O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Yetakchilik hatti-harakati konsepsiyasi


Download 1.79 Mb.
bet108/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Yetakchilik hatti-harakati konsepsiyasi. Bu konsepsiyalarni tadqiq qilish yo‘li yetakchilik hatti-harakati va uning yo‘nalishi bilan bog‘liq. Yetakchilar eng mashhur konsepsiyalarni qanday bajarishlarini tadqiqotchilar aniqlashga harakat qildilar:

  1. Boshqarishning uch turi (avtoritar, liberal va demokratik);

  2. OgaYO universitetining tadqiqotchilari (yetakchilikning ikki faktorli nazariyasini ishlab chiqish);

  3. Michigan universitetining tadqiqotchilari (yetakchilarning samarali va samarasiz hatti-harakatlaridagi farqlarni aniqlash);

  4. Boshqarish sistemasi (Likert boshqarish uslubini aniqlab beruvchi so‘rovnomani ishlab chiqdi);

  5. Boshqaruvchilik setkasi (R.Bleyk va D.Mouton boshqaruvchilik matritsasini o‘ylab topishdi);

  6. Mukofotlash va jazolash konsepsiyasi (Yetakchi qo‘l ostidagilarning hatti-harakatini kerakli yo‘nalishda boshqarishni o‘zgartiruvchi jarayonni boshqaruvchisidir);

  7. Yetakchilarni almashtiruvchilar (tadqiqotchilar yetakchi talab qilinmaydigan sharoitni o‘rganishga harakat qildilar).

Yetakchilikning sharoitiy (vaziyatli) konsepsiyasi. YOndoshuvning asosiy g‘oyasi – bu yetakchilik xulqi turli xil vaziyatlarda har xil bo‘lishi kerak degan taxmindir. Bunda vaziyatli o‘zgaruvchanlarning o‘zaro hamkorligi, ularning yetakchilikka ta’sirini topish, yetakchining xulqini va uning oqibatlarini oldindan aytib berish uchun tadqiqot qilinadi. Bu konsepsiyalardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Tannenbaum-SHmidt hatti-harakati kontiliumi (uzluksizligi). U yetakchi xulqning ehtimol bo‘lgan ettita namunalaridan birini yetakchilik munosabatiga uchta omil: yetakchining o‘zi, unga ergashuvchilar va vujudga kelgan vaziyatlarning ta’sir etish kuchiga muvofiq tanlashini ko‘rsatadi. Uslublarning baryacha turli-tumanligi tegishli ravishda munosabatlar va ishga qiziqish bilan o‘zaro bog‘lanuvchi demokratik va avtoritarlarning o‘rtasiga yoyiladi.
Bu chegaraviy yetakchilar uslublari o‘rtasidagi farq yetakchining uning hukmronligi manbalari va insonning tabiati haqidagi farazlariga asoslanadi. Demokratik hukmronlik unga u ergashtirib ketayotgan ergashuvchilar tomonidan berilgan, va odamlar o‘zini o‘zi boshqarishga va motivatsiya sharoitida ijodiy ishga qodirlar deb o‘ylaydi. Avtokrat esa, hukmronlik uning tashkilotda tutgan o‘rni tomonidan berilgan va odamlar dangasadirlar deb hisoblaydi. Birinchi holda boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati mavjud, ikkinchisida – maqsadlar va vositalarni yetakchining o‘zi belgilaydi.
Bu modellarning rivojlanishi yetakchilik munosabatlaridagi aloqalarni o‘rnatishda yetakchi, ergashuvchilar va vaziyat o‘rtasidagi barcha ehtimol bo‘lgan o‘zaro hamkorliklarning qiyinchiliklariga duch kelgan.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling