O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetakchilik qilish
- 15-jadval Yetakchilik turlari
Menejerning yetakchidan farqi
Yetakchilik qilish – ma’lum maqsadlarga etish uchun birgalikda boshqaruv qarorlarini amalga oshirishda o‘z ortidan jalb qilishga mo‘ljallangan odamlar guruhiga ta’sir o‘tkazuvchi jarayon. Agar o‘lchov sifatida yetakchilik qiluvchi rahbarning bajaradigan roli olinsa, E.De Bone belgilaganidek, ularning shakli (turi) quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi (15-jadval): 15-jadval Yetakchilik turlari
Yetakchilik qilishning an’anaviy konsepsiyalari. Tarixan yetakchilik sifatlari nazariyasi eng dastlabkisidir. Tadqiqotchilar, yetakchilar ma’lum sifatlar yig‘indisiga ega deb hisoblaganlar, bu ularni oddiy odamlardan ajratib turgan. SHuning uchun yetakchilarning sifatlarini ajratib olishga harakat qilishgan. Ralf Stogdill yetakchilik sifatlarini tabaqalashtirdi. Natijada, besh xususiyatni ajratib oldi: Aql yoki intellektual qobiliyat. O‘zining istisnoligini his qilishi. O‘ziga ishonch. Faollik va shijoatkorlik. Ishni bilishi. Uoren Benins yetakchilikning to‘rt guruhini aniqladi: Diqqat-e’tiborni boshqarish; Mohiyatni boshqarish; Ishonchni boshqarish; O‘zini boshqarish. U yetakchilarga tashkilotda xodimlarni o‘zlarining ahamiyati, umumiy ishning bir qismi ekanliklarini sezish muhitini yaratish uchun o‘zlarining hokimlik vakolatlarini baham ko‘rish. Keyingi o‘rganishlar quyidagi yetakchilik sifatlarining to‘rt guruhini ajratishga olib keldi. Fiziologik (bo‘y, vazn, yig‘indi yoki tana, tashqi ko‘rinish, harakatlarning shijoatkorligi, sihat-salomatligining ahvoli). Inson xarakteri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan psixologik sifatlar. Keyingi tadqiqotlarda o‘zining tasdig‘ini topmagan bir talay shunday sifatlar ro‘yxati ajratib olingan edi. Aqliy sifatlar. Tadqiqotlar tasdiqladiki, ularning darajasi yetakchilarga nisbatan ancha yuqori (bu qarorlarni qabul qilish bilimiga bog‘liq). SHaxsiy ishbilarmonlik sifatlari. Bu o‘lchov uchun murakkab hisoblanadi. Yetakchi o‘zi funksiyalarini bajarishdagi ko‘nikma va bilimlari bilan xarakterlanadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling