O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet28/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

Tayanch iboralar
Hisob kitob schyoti, valyuta schyoti, chek daftarchasi, to‘lov topShiriknomasi, aksept, to‘lov talabnomasi, me’morial order, inkasso, akkreditiv, kassa kitobi, kassa kirim-chikim orderlari, to‘lov kaydnomalar, dalolotnomalar, kassa hisoboti, kiska va uzoq muddatli kreditlar, bank ko‘chirmalari, mahsus schyotlar, pul xujjatlari.
Nazorat savollari:
        1. Pul mablag‘larining iqtisodiy mazmuni va moxiyatini ayting.


  1. Pul mablag‘larining hisobini yuritishning ahamiyati va vazifalari nimalardan iborat.


  2. Naqd va naqd pulsiz hisob kitob operatsiyalari hisobi qanday amalga oshiriladi?


  3. Kassa operatsiyalari analitik hisobi qanday amalga oshiriladi?


  4. Naqd pul bilan bog‘lik jarayonlarning sintetik hisobini ayting.


  5. Hisoblashish schyotida operatsiyalarni aks ettirish tartibini ayting.


  6. Valyuta muomalalarini aks ettirish tartibi qanday amalga oshiriladi?


  7. Mahsus schyotdagi pul mablag‘lari bilan boglik operatsiyalarning rasmiylashtirilish tartibi qanday amalga oshiriladi?


  8. Akkreditiv schyoti bilan bog‘liq jarayonlarning sintetik hisobini ayting.


  9. “Yo‘ldagi o‘tkazmalar” schyoti bilan bog‘lik operatsiyalarning hisobi qanday yuritiladi?



5- BOB. YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI

5.1. Mol yetkazib beruvchilar va haridorlar bilan hisob-kitoblar hisobi


Mol yetqazib beruvchilar va haridorlar bilan hisob-kitoblar naqd pulsiz amalga oshiriladi. Amalda naqd pulsiz hisob-kitobning turli shakllari qo‘llaniladi. Sanoatda hisob-kitobning asosan quyidagi: aksept, akkreditiv, maxsus schyotlardan, to‘lov topshiriqlaridan, chek orqali, o‘zaro zachyotga asoslangan hisob-kitob shakllari qo‘llaniladi.
U yoki bu shaklni qo‘llash korxonalar o‘rtasida tO‘zilgan shartnomada kelishib olinadi, ayrim vaqtlarda esa qaysi shaklni qo‘llash amaldagi qonunda belgilangan bo‘ladi.
Hisob-kitobning aksept shaklida hisobga olish. Bu shakl keng tarqalgan hisob-kitob shakllaridan hisoblanadi. Amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning 2-3 qismi ushbu shaklda olib boriladi. Aksept shaklining xususiyatlaridan biri shundaki, bunda haridorga xizmat qiluvchi bank muassasasi mol yetqazib beruvchi korxona schyotini haridor korxona rozilik bergan taqdirdagina to‘laydi.
Lekin haridor korxona schyotini to‘lashga rozilik berishi yoki to‘lashdan bosh tortishi ham mumkin. Haridor korxona schyotni to‘lashdan bosh tortgan holdagina bankka bu haqda yozma ma’lum qiladi. Schyotni to‘lashdan bosh tortganligi haqida yozma ravishda ma’lumot olinmaganda va boshqa hollarda haridor schyotni to‘lashga rozi deb hisoblaniladi hamda mol yetqazib beruvchining schyoti bank tomonidan to‘lanadi.
Hisob-kitobning bu shaklida to‘lov talabnoma hujjati asosiy hujjat hisoblanadi. Uni mol yetqazib beruvchi korxona haridor korxona nomiga tovar moddiy boyliklarni jo‘natgandan so‘ng yozadi. To‘lov talabnoma hujjati ma’lum belgilangan summadan kam bo‘lmagan summaga yoziladi. Bu hujjatni mol yetqazib beruvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga topshiradi. O‘z navbatida bank hujjatni haridor korxona hisob-kitob cheki bo‘lgan bankka jo‘natadi. Mol yetqazib beruvchi bir vaqtning O‘zida to‘lov talabnomaning bir nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarni pochta orqali haridor korxona manziliga jo‘natadi. Haridor korxona to‘lov talabnoma hujjatini to‘lashga rozilik berishi yoki to‘lashdan bosh tortishi mumkin. Mol yetqazib beruvchi va haridor korxona turli shaharlarda joylashgan taqdirda uch ish kuni davomida schyotni to‘lamasligi haqida xabar qilinmasa, to‘lov talabnoma hujjati to‘lashga qabul qilindi deb hisoblanadi va schyot to‘lanadi. Agar mol yetqazib beruvchi va haridor korxona bir shaharda joylashgan bo‘lsa, bu muddat ikki kunni tashkil qiladi.
Hisob-kitob aksept shaklining keyingi aksept tartibi ham mavjud. Bunda mol yetqazib beruvchining schyoti haridor korxona banki olgan kun to‘lanadi. Ammo shartnoma shartlari bO‘zilgan bo‘lsa, haridor korxonaga uch kun davomida schyotni to‘lashdan bosh tortish huquqi beriladi. Noto‘g‘ri to‘langan mablag‘ yana haridor korxonaga qaytariladi. Hisob-kitobning bu shakli hujjatlar aylanish jarayonini tezlashtiradi. Demak, aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, hisob-kitobning aksept shakli haridor korxonaga mol yetqazib beruvchi korxonaning shartnoma shartlarini bajarishi ustidan nazorat olib borish imkoniyatini yaratadi.
Akkreditiv - bu mol yetqazib beruvchi korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankning haridor korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankka jo‘natilgan mahsulot uchun mol yetqazib beruvchi schyotini to‘lash haqidagi ko‘rsatmasidir. Akkreditiv shaklida aksept shaklidan farqli ravishda schyot mol yetqazib beruvchi korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda to‘lanadi. Hisob-kitobning akkreditiv shakli asosan shaharlararo hisob-kitoblarda qo‘llaniladi.
Haridor korxona mol yetqazib beruvchi korxonaning schyotini to‘lash uchun o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga akkreditiv ajratish haqida ariza rasmiylashtiradi. Bank haridor korxonaning ma’lum miqdordagi mablag‘ini akkreditivlashtiradi va bu xaqda mol yetqazib beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka ma’lum qiladi. Maxsulotni jo‘natganligi haqidagi hujjatlarni mol yetqazib beruvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirishi bilan uning schyoti to‘lanadi. Korxonaning O‘z mablag‘lari yoki bank qarzi hisobdan akkreditiv ajratilishi mumkin.
Hisob-kitobning akkreditiv shakli mol yetqazib beruvchi korxona uchun mol hisob-kitobini tezlashtirishi, haridor korxona uchun esa mablag‘lar aylanish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Chunki akkreditiv avvaldan belgilangan ma’lum miqdordagi summaga 25 kungacha muddatga qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun ham hisob-kitobning bu shakli mol yetqazib beruvchi korxona schyotini o‘z vaqtida to‘lamaydigan korxonalarni jazolash sifatida qo‘llaniladi. Akkreditiv bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish uchun 55»Banklardagi maxsus schyotlar» schyotidan foydalaniladi.Foydalanilmagan yoki muddati o‘tib ketgan akkreditiv yopiladi, ya’ni haridor korxonaga qaytariladi.
Yuk oboroti bo‘yicha maxsus schyotlarda hisob-kitoblarni hisobga olish. Hisob kitobning bu shakli ham shaharlararo hisob-kitoblarda bir yoki bir nechta doimiy mol yetqazib beruvchi korxonalar bilan hisob-kitob olib borishda qo‘llaniladi. Bu holda ham hisob-kitob mol yetqazib beruvchi joylashgan joydagi bank muassasasida olib boriladi. Maxsus schyot cheklanmagan muddatga ma’lum belgilangan summaga ochiladi.
Maxsus schyot ham akkreditivga o‘xshash korxonaning o‘z mablag‘i yoki bank qarzi hisobdan ochilishi mumkin. Bunda mablag‘ haridor tomonidan mahsulot jo‘natilgunga qadar o‘tkaziladi. Akkreditivda esa mahsulot jo‘natilgandan keyin o‘tkazilardi. Hisob-kitob bu shaklining akkreditiv shaklidan farqi shundaki, maxsus schyot ochilgan joyda haridorning ishonchli vakili bo‘lib, u schyotni to‘lashga rozilik berish huquqiga ega. Ishonchli vakil maxsus schyotdan har xil xarajatlar, mahsulotni ortish, tushirish, tashish xarajatlarini to‘lash uchun naqd pul olishi mumkin. Yuk oboroti bo‘yicha maxsus schyotdan olib boriladigan hisob kitob operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish xuddi akkreditivdagiga o‘xshash tartibda olib boriladi.
To‘lov topshiriqlari yordamida hisob-kitobni hisobga olish. Bu shakl mahsulotni haridorga yetkazish muddati bir sutkadan oshmaydigan korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitobni olib borishda qo‘llaniladi. To‘lov topshirig‘i hisob-kitob hujjati bo‘lib, u iste’molchining o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga o‘zining hisob-kitob schetidan topshiriqda ko‘rsatilgan summani mol yetqazib beruvchi schyotiga o‘tkazib qo‘yish haqidagi ko‘rsatmasidir. To‘lov topshirig‘i hujjati iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga iste’molchi tovar-moddiy boyliklarni olgan kunning keyingi ish kunidan kechikmay topshirilishi lozim.
U ma’lum belgilangan miqdordagi summadan kam bo‘lmagan summaga yoziladi va aloqa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Schyot to‘langanidan so‘ng to‘lov topshirig‘ining nusxasi korxona buxgalteriyasiga kelib tushadi. Hisob-kitobning bu shaklida hisob-kitob bilan bog‘liqoperatsiyalarni schyotlarda aks ettirish tartibi xuddi aksept shaklidagidek olib boriladi.
Cheklar yordamida hisob-kitobni hisobga olish. Bir shahar ichidagi hisob-kitoblarni yuritishda cheklar yordamida hisob-kitob shakli keng qo‘llaniladi. Hisob-kitob cheki bu shunday hujjatki, u orqali schyot egasi o‘zining schyotidan ma’lum summani chek olgan korxona schyotiga o‘tkazish haqida ko‘rsatma beradi. Hisob-kitob cheki haridor korxona tomonidan mol yetqazib beruvchining vakiliga mahsulot olingandan keyin beriladi. Vakil chekni to‘lash uchun o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga topshiradi. Bu esa korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitobni tezlashtiradi. Chek mol yetqazib beruvchi vakiliga berilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.
Bank tomonidan akseptlangan va akseptlanmagan hisob-kitob cheklari hamda limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalari beriladi. Akseptlanmagan cheklar asosan bir shahar ichidagi hisob-kitoblarda ko‘llanilib, uni intizomli iste’molchilarga nisbatan qo‘llashga ruhsat etiladi. Akseptlangan cheklar byudjet muassasalari bilan hisob-kitob olib borishda qo‘llaniladi. Bunda byudjet bilan hisob-kitob olib boruvchi korxona bankka aksept qilish uchun chek ko‘rsatishi lozim.
Mol yetqazib beruvchi transport tashkilotlari, aloqa korxonalari bilan hisob-kitob olib borishda bank limitlangan chek daftarchalarini ham qo‘llaydi. Limitlangan chek daftarchalari olti oy muddatga va ma’lum belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda limit summasiga yoziladi. Limitlangan chek daftarchasi korxonaning hisob-kitob schyotidagi mablag‘ hisobidan yoziladi va bank muassasasi tomonidan maxsus schetda deponentlashtiriladi.
Rejali to‘lovlar tartibidagi hisob-kitob shakli korxonalar o‘rtasida, ya’ni mol yetqazib beruvchi va haridor o‘rtasida doimiy aloqa mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Hisob-kitobning bu shakli mashinasozlik korxonalarida, ko‘mir, gaz, metall sotib olishda, detallarni jo‘natishda, oziq-ovqat sanoati korxonalari bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida non, sut mahsulotlarini sotish va sotib olishda qo‘llaniladi. Uning xususiyatlaridan biri shundaki, hisob-kitob har bir jo‘natilgan mahsulot uchun emas, balki ma’lum belgilangan muddatda, ya’ni har kuni yoki 35 kunda bir marta olib boriladi. Hisob-kitobning to‘g‘ri olib borilishi bank tomonidan nazorat qilib boriladi. Hisob-kitob hujjatlari haridor yoki mol yetqazib beruvchi tomonidan yozilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan jo‘natilgan mahsulot va to‘langan pul tekshirib turiladi. O‘rtadagi farq qo‘shimcha mablag‘ to‘lash yoki mahsulot jo‘natish bilan tartibga solinadi.
Hisob-kitobning bu shaklida mol yetqazib beruvchi «Haridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitob» schyotidan foydalanadi.
O‘zaro to‘lovga asoslangan hisob-kitob shaklida korxonalarning o‘zaro talabnomasi bir xil summaga qaytariladi, schyotlar to‘liq to‘lanmaydi. Haqiqiy to‘lov o‘rtadagi farq summasidagina olib boriladi. Korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro zachyotga asoslangan hisob-kitob bank tomonidan belgalangan tartibda va faqat o‘zaro talabnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda tashkil qilinadi. Agar zachet qoldig‘i ushbu korxona foydasiga bo‘lsa, qoldiq summasi uning hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi, agar korxonaning foydasiga bo‘lmasa, uning schyotidan tegishli korxona hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling