O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi


Download 0.69 Mb.
bet31/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

5.4.Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi
Korxona xizmatchilari bilan ish haqi, deponentlar va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha hisob-kitoblardan tashqari boshqa hisob-kitob turlarini ham amalga oshirish mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar, yakka tartibda, kooperativ uy joylari sotib olish uchun olingan ssudalar, material yo‘qotishlarni qoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar odatda ko‘prok yuzaga keladigan hisob-kitoblar hisoblanadi.
Ushbu hisob-kitoblarni hisobga olish uchun 4700-“Boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlar qarzini hisobga oluvchi schyotlar” mo‘ljallangan. Bu schetlarga quyidagilar kiradi:
4710-“Xodimlarning qarzga berilgan tovarlar bo‘yicha qarzlari”.
4720-“Xodimlarga berilgan zayomlar bo‘yicha qarzlari”.
4730-“ Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari”.
4790-“Xodimlarning boshqa qarzlari”.
Kreditga tovarlar sotib olishni xoxlagan xizmatchilar o‘zlarii ishlaydigan korxona buxgalteriyasidan kreditga tovar sotib olish uchun xizmat mansabi, ish haqi, nimani va qayerdan sotib olishini ko‘rsatuvchi ma’lumotnomani olishlari kerak. Ma’lumotnoma tovar sotib olish vaqtida do‘konga topshiriladi. Do‘kon topshiriqnoma majburiyatnomani rasmiylashtirib, haridorning korxonasiga jo‘natadi. Korxona o‘z xizmatchisi kreditga sotib olgan tovar summasini to‘liq qoplaydi va do‘konga o‘tkazib beradi. Ushbu maqsad uchun korxona bankning shu maqsad uchun ajratilgan maxsus ssudasidan foydalanishi mumkinki, uni korxona ishchilarning ish haqidan ushlab qolish orqali qoplaydi. Agar korxona bank ssudalaridan foydalanmasa, u holda tovar uchun olingan kredit ish haqidan ushlab qolish orqali qoplanadi. Buxgalteriya hisobda bularning barchasi quyidagi buxgalteriya provodkalari bilan aks ettiriladi:
Bank kreditlari hisobdan savdo tashkilotlarining to‘lov hujjatlari asosida to‘lov amalga oshirilganda:
Dt 4710-»Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar» schyoti («Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlar qarzi»).
Kt 6910-»To‘lanadigan qisqa muddatli ijara».
Xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolinganda:
Dt 6710-»Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar» schyoti. Kt 47YU-»Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar» schyoti («Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlar qarzi).
Bank ssudalari qaytarilganda:
Dt 6810-»Qisqa muddatli bank kreditlari» schyoti.
Kt 5110-»Hisob-kitob schyoti».
Korxona bank ssudalaridan foydalanmasa, kreditga sotilgan tovarlar uchun savdo tashkilotlari oldidagi qarzlarni qoplash uchun xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolinganda quyidagicha yozuvlar aks ettiriladi:
Dt 6710-»Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar» schyoti.
Kt 4890, 6900-»Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» schyotlari.
Ushlab qolingan summalar savdo tashkilotiga o‘tkazib berilganda:
Dt 4890, 6990»Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» schyotlari.
Kt 5110»Hisob-kitob schyoti».
«Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» (4720) schyotida korxona ishchilariga berilgan qarzlariga oid hisoblashishlar, ya’ni individual (yakka), kooperativ uyjoy qurilishiga, dala hovlilarni harid qilish yoki ko‘rish uchun berilgan qarzlar aks ettiriladi.
«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» (4730) schyotida korxona xodimi tomonidan pul va tovarmoddiy zaxiralarning kamomadi va talontaroj qilinishi, yaroqsiz mahsulot natijasida yuzaga kelgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha, shuningdek, zararning boshqa turlarini qoplash bo‘yicha hisoblashishlar hisobga olinadi. «Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar to‘langan to‘lovlar summasiga pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan, moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summalarga 6710- « Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar» schyoti bilan korrespondensiyada amalga oshiriladi
«Xodimlarning boshqa qarzlari» (4790) schyotida yuqorida qayd qilingan qarzlardan boshqa vujudga kelgan qarzlar yuzasidan hisoblashishlarning hisob korxonaning har bir xodimi bo‘yicha yuritiladi. Ushbu schyotlarda analitik hisob qarzning har bir turi va qarzdor shaxs bo‘yicha maxsus kartochkalarda yuritiladi.

Xulosa
Mol yetqazib beruvchilar va haridorlar bilan hisob-kitob naqd pulsiz amalga oshiriladi. Amalda naqd pulsiz hisob-kitobning turli shakllari qo‘llaniladi. Sanoatda hisob-kitobning asosan quyidagi: aksept, akkreditiv, maxsus schyotlardan, to‘lov topshiriqlaridan, chek orqali, o‘zaro zachyotga asoslangan hisob-kitob shakllari qo‘llaniladi.
Korxonalar har doim byudjet bilan hisob-kitob olib boradi. Byudjetdan beriladigan mablag‘larning doirasixozirgi kunda juda cheklangan. Byudjet bilan hisob-kitoblarning asosiy qismi to‘lovlardir.
Korxonalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyagi natijasida jarima va hisob-kitob schyotiga xato kelib tushgan pul yoki hisobdan chiqarilganligi natijasida bir tomonning ikkinchi bir tomonga da’vosi bo‘yicha hisob-kitoblar kelib chiqishi mumkin.
Korxona xizmatchilari bilan ish haqi, deponentlar va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha hisob-kitoblardan tashqari boshqa hisob-kitob turlarini ham amalga oshirish mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar, yakka tartibda, kooperativ uy joylari sotib olish uchun olingan ssudalar, material yo‘qotishlarni qoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar odatda ko‘prok yuzaga keladigan hisob-kitoblar hisoblanadi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling