O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Asosiy vositalar harakatining hisobi


Download 0.69 Mb.
bet33/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

6.2. Asosiy vositalar harakatining hisobi
Asosiy vositalarning harakati ulaning kelib tushishi, chiqib ketishi va korxona ichidagi harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik jarayonlari ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ushbu xo‘jalik jarayonlari tegishli hisob xujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi.
Korxonaga kelib tushgan asosiy vositani korxona raxbari tomonidan tayinlangan komissiya qabul qiladi. komissiya qabul qilgan har bir obekt uchun alohida bir nushada asosiy vositalarni qabul qilish - topshirish dalolatnomasi (OS-1 shakl) tuziladi va uni korxona raxbari tasdiqlaydi. Bir nechta obekt uchun umumiy dalolatnoma faqat ushbu ob’ektlar ning hammasi yagona tipda bo‘lsa va ularning qiymati bir xil bo‘lsa, shuningdek bir kunda bitta javobgar shaxs tomonidan qabul qilinganda tuzish mumkin. Dalolatnomalarda ob’ektlar ning nomi, ko‘rilgan yoki zavoddan chiqarilgan vaqti, dastlabki qiymati, berilgan inventar nomeri, foydalanish joyi va boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Qabul qilingan obektni tavsiflovchi texnik xujjatlar dalolatnomaga ilova qilinadi. Asosiy vositalarni qabul qilish -topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va ularga asosan buxgalteriyada asosiy vositalarning inventar kartochkalarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. Undan so‘ng texnik xujjatlar doimiy saqlash uchun tegishli bo‘limlarga beriladi.
Asosiy vositalarning korxona ichidagi harakati yuk xatiga asosan (OS-2 shakl) rasmiylashtiriladi. Unda topshiruvchi va qabul qiluvchining ismi, sharifi, lavozimi, asosiy vositalarning birini ikkinchisiga berish sabablari va asosi, obektning qisqacha tavsifi, texnik holati ko‘rsatiladi. Yuk xati ikki nushada tuziladi va topshiruvchi hamda qabul qiluvchi imzo chekadi. Yuk xatining bir nushasi korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nushasi topshiruvchida qoladi va u asosiy vositalarning inventar ro‘yxatidan chiqishi to‘grisida belgini qo‘yish uchun asos bo‘ladi.
Kapital qo‘yilmalar hisobidan ko‘rib bitkaziladigan ob’ektlar ni ko‘rish va asbob uskunalar bilan jixozlash bilan bog‘liq bo‘lgan tugallangan ishlarni qabul qilish , ta’mirlangan, rekonstruksiyalangan va qayta modernizatsiyalangan obektni qabul qilish -topshirish dalolatnomasiga asosan (OS-3 shakli) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada obektning dastlabki qiymati va sodir bo‘lgan texnik o‘zgarishlardan so‘ngi qiymati va boshqa zarur texnik ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. Ushbu ishlarni korxonaning o‘zi amalga oshirsa akt bir nushada agar boshqa tashkilot amalga oshirsa ikki nushada tuziladi va dalolatnomada obektni qabul qiluvchi va topshiruvchilar o‘z imzolari bilan tasdiqlaydi.
Asosiy vositalarlarning soni unchalik ko‘p bo‘lmagan korxonalarda ob’ektlar bo‘yicha hisob asosiy vositalarning inventar daftarida (№OS-11 shakl) yuritilishi mumkin. Daftarga asosiy vositalar ularning turkumlari bo‘yicha va foydalanilayotgan joylari bo‘yicha yoziladi.
Buxgalteriyada ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha inventar kartochkalari ochilmaydi. Analitik hisobni tashkil qilish uchun esa ijaraga beruvchi tamonidan berilgan asosiy vositalarning inventar kartochkasining ko‘chirmasidan foydalaniladi.
Inventar kartochkalar tulgazilgandan so‘ng maxsus ro‘yxatda qayd etiladi. kartochkalar ro‘yxatda turkumdagi guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi.
Inventar kartochkalardan tashqari asosiy vositalarning harakatini hisobga olish kartochkasi ham yuritiladi. Unda korxona va uning bo‘limlari bo‘yicha asosiy vositalarning harakati miqdori va qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning sintetik hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasidagi quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
0100 “Asosiy vositalar” (aktiv schyot);
0200 “Asosiy vositalarning eskirishi” (kontr-aktiv schyot);
9310 “Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa chiqarimlardan ko‘rilgan foyda” (tranzit schyot);
9431 “Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa chiqimidan ko‘rilgan zarar” (tranzit schyot).
Barcha turdagi asosiy vositalarning korxonadan chiqib ketishi asosiy vositalarning tugatilishi to‘grisidagi dalalotnoma bilan rasmiylashtiriladi. Faqatgina bundan yuk va yengil avtomobillar istesno. Ular avtotransport vositalarini tugatish haqidagi dalolatnomaga binoan hisobdan chiqariladi.(№ OS-4a).
Asosiy vositalarni tugatilishi to‘grisidagi dalolatnomalarda ularni tugatishdan olingan materiallar ehtiyot qismlar va boshqalar, shuningdek tugatish uchun qilingan xarajatlar, boshlang‘ich ishlab chiqarish qiymati, eskirish qiymati va tugatish natijasi ko‘rsatiladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling