O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi


Download 0.69 Mb.
bet35/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

6.4. Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi
Asosiy vositalarning inventarizatsiya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yo‘riqnomasiga ko‘ra har 3 yilda bir marotoba o‘tkaziladi. Quyidagi hollarda inventarizatsiya muddatidan ilgari o‘tqazilishi mumkin:
  • moddiy javobgar shaxslar almashganda;


  • o‘g‘irlik yoki boshqa o‘zlashtirishlar sodir etilganligi to‘grisida ma’lumotlar berilganda;


  • tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda, avariya va boshqa favqulodda holatlar ro‘y berganda;


  • korxona tugatilishida yoki qayta tashkil bo‘layotganda;


  • korxona asosiy vositalarining bir qismi sotilayotganda yoki ijaraga berilayotganda va x.k.


Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi korxona raxbarining buyrug‘iga ko‘ra tashkil qilingan ishchi komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va unda albatta buxgalteriya xodimlaridan vakillar bo‘lishi shart.


Inventarizatsiyani o‘tqazish ishchi komissiyasi a’zolari moddiy javobgar shaxs ishtirokida ob’ektlarni ko‘radi va ularni natura ko‘rsatkichida inventarizatsiya yozuvida qayd etadi. Inventarizatsiyani komissiya a’zolari to‘la bo‘lmagan holatda o‘tqazish mumkin emas.
Inventarizatsiya natijasida ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlangan holda, ham ro‘yxatga olinadi va ularni komissiya a’zolari ekspertiza yo‘li bilan baholaydi va haqiqiy texnik holatiga ko‘ra eskirish miqdori aniqlanadi va dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi. Shu bilan birgalikda komissiya ushbu asosiy vosita qachon kimning farmoyishiga binoan ishlatilgani, ularning xarajatlari hisobda qanday aks ettirilganligi borasida dalolatnomada ma’lumotlar keltiridadi.
Agar inventarizatsiya jarayonida asosiy vositalarning kamomadi yoki ortiqchaligi aniqlansa komissiya mas’ul shaxslardan buning sabablarini tushuntirishni talab qilish zarur. Chunki bu ma’lumotlar inventarizatsiya va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini taqqoslash natijasida aniqlangan farqlarning sabablarini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.
Ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlanganda ular qoldiq qiymati bo‘yicha kirimga olinadi Dt 0100 kt 9710 va eskirish miqdoriga Dt 9430 kt 0200.
O‘ziga tegishli asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir vaqtda ijaraga olingan asosiy vositalar ham tekshiriladi.
Ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxati alohida har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha alohida tuziladi. Unda umumiy ma’lumotlardan tashqari har bir ijaraga beruvchi va ijara muddati ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya ro‘yxatining bir nushasi ijaraga beruvchiga jo‘natiladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling