O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet32/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

Tayanch iboralari
Majburiyatlar, qisqa muddatli, uzoq muddatli, foiz, harajat, zarar, daromad, to‘lanadigan schyotlar, to‘lanadigan veksellar, to‘lanadigan foizlar, moliyaviy faoliyat, asosiy faoliyat, shartnoma.
Nazorat savollari:
1. Hisob-kitoblarning turlarini ayting.
2. Majburiyatlarning turlarini ayting.
3. Majburiyatlarning analitik hisobi qanday tashkil etiladi?
4. Majburiyatlarning sintetik hisobi qanday amalga oshiriladi?
5. Qarzlar yuzasidan xarajatlarqanday hisoblanadi?
6. Qarzga olingan mablag‘larning turlarini ayting.
7. Qarzga olingan mablag‘larning buxgalteriya hisobi qanday amalga oshiriladi?

6-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLARNING HISOBI




6.1. Asosiy vositalarning turkumlanishi, baholanishi va

buxgalteriya hisobining vazifalari
Asosiy vositalarga O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy andozasining 5-sonida quyidagicha ta’rif berilgan:
Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish soxasida foydalanadigan, shuningdek uzoq muddatli ijaraga beriladigan va uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) xizmat qiladigan vositalarga aytiladi.
Asosiy vositalarni hisobga olishda buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
- asosiy vositalarning kirimini, korxonadagi harakati va hisobdan chiqarish o‘z vaqtida tegishli xujjatlarga asosan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalarning eskirishini to‘gri hisoblash va buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalar jo‘natilganda moliyaviy natijalar to‘grisida aniq ma’lumotlar olishni ta’minlash;
- soliq to‘lovlarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aniq hisoblash imkonini ta’minlash;
- asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- asosiy vositalar naqdligigi va ularning harakati to‘gri sidagi statistik va buxgaleriya hisoblarida talab qilingan ma’lumotlarni berish imkoniyatini yaratish va x.k..
Yuqoridagi buxgalteriya hisobining vazifalarini bajarish uchun asosiy vositalarni ilmiy asoslangan holda turkumlash shuningdek buxgalteriya hisobida baholash.
Korxona asosiy vositalari tarkibiga ko‘ra har xil bo‘lib, ma’lum belgilari asosida turkumlanadi. korxonalarda asosiy vositalarning yagona namunaviy turkumlash qo‘llaniladi. Unga ko‘ra ular tarmoq belgilariga, tayinlanishiga, turlari, qaysi soxaga tegishli ekanligi va foydalanishiga ko‘ra turkumlanadi.
Asosiy vositalarni tarmoq belgilariga qarab guruhlash (sanoat, kurilish, savdo, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) har bir tarmoqqa tegishli asosiy vositalarlarning qiymati to‘gri sida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tayinlanishiga ko‘ra korxonalarning asosiy vositalari asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar, boshqa tarmoqlardagi asosiy ishlab chiqarish vositalar va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar.
Korxonalarning asosiy vositalari turlari bo‘yicha quyidagicha guruhlanadi:

  • binolar va inshoatlar;


  • uzatuvchi moslamalar;


  • mashina va asbob-uskunalar;


  • transport vositalari;


  • asbob uskunalar;


  • ishlab chiqarish inventarlari va buyumlar;


  • xo‘jalik inventarlari;


  • ish va maxsuldor xayvonlar;


  • ko‘p yillik daraxtlar;


  • yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital sarflar va boshqa asosiy vositalar.


Shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital qo‘yilmalar xam asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.


Asosiy vositalarni turlari bo‘yicha turkumlashdan kO‘zlangan asosiy iaqsad ularning analitik hisobini tashkil qilishdir.
Kimga tegishligiga qarab asosiy vositalar o‘ziga tegishli va ijaraga olingan asosiy vositalarga bo‘linadi. Foydalanish belgilariga qarab esa asosiy vositalar ekspluatatsiyadagi, rekonstruksiyadagi va qayta qurollantirishdagi asosiy vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalarning daslabki qiymati hukumatning maxsus qarori bo‘yicha qayta baholanganda o‘zgarishi mumkin. Shuningdek ularni dastlab qiymati texnik jihatdan rekonstruksiya qilish va qayta ko‘rish natijasida foydalanish, xizmat ko‘rsatish muddati uzaysa yoki ob’ektlar ning ishlab chiqarish quvvati oshsa, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning soni ko‘paysa yoki ishlab chiqarish tannarxi pasaysa ularning dastlabki qiymati ko‘payishi mumkin.
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki qiymatidan eskirish qiymatini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Vaqt o‘tishi natijasida asosiy vositalarning dastlabki qiymati xuddi shunga o‘xshash zamonaviy asosiy vositalarning qiymatidan farq qila boshlaydi. Ushbu farqni tugatish uchun asosiy vositalarni ma’lum davrlarda qayta baholash amalga oshiriladi va ularning tiklash qiymati aniqlanadi.
Tiklash qiymati deb asosiy vositalarni xozirgi sharoitda amal qilayotgan bahoda hisobga olish, zamonaviy texnika va texnologiya bilan ko‘rish yoki ishlab chiqarish tushuniladi.
Respublikamizda asosiy vositalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qaroriga ko‘ra 1995 yil 1 yanvarga oxirgi marta qayta baholandi.
Ushbu qarorga ko‘ra korxonalarning balansidagi imoratlar, inshootlar, uzatuvchi moslamalar, asbob uskunalar, transport vositalari va boshqa asosiy fondlarning texnik holatidan qat’iy nazar qayta baholandi.
Asosiy vositalarning qayta baholanishi ularning balans qiymatlarini belgilangan koeffitsentlarga ko‘paytirish bo‘yicha (indeksatsiya qilish orqali) amalga oshirildi.
Asosiy vositalarning hisob birligi bo‘lib alohida inventar ob’ektlar i hisoblanadi. Inventar ob’ektlar i deganda bitta funksiyani bajarishga mo‘ljallangan, to‘la ko‘rib bo‘lingan yoki ishlab chiqarilgan alohida predmet yoki predmetlar kompleksi tushiniladi.
Har bir inventar obektiga alohida inventar nomerlari belgilanadi va foydalanish jarayonida, tugatish, ta’mirlash jarayonida inventar nomerlari saqlanadi. Inventar nomerlari hisobga olinadigan predmetga biriktirib qo‘yiladi va tegishli xujjatlarda aks ettiriladi.
Murakkab inventar ob’ektlar i u yoki bu inshootlar, alohida elementlari birligida bitta inventar obektni tashkil qiluvchi har biriga ushbu inventar obektning nomeri yozib qo‘yiladi.
Korxonadan chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar nomerlari yangi kelib tushgan asosiy vositalarga berilishi mumkin.
Ijaraga olingan asosiy vositalar ijaraga beruvchi inventar nomerlar bo‘yicha hisobga olinadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling