O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.69 Mb.
bet36/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

6.5. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalardan tashqari nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatish jihozlari, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitor qarzlar va muddati kechiktirilgan xarajatlar kiradi hamda bu aktivlar buxgalteriya balansi aktiv qismining 1 – bo‘limida hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar korxonaning mulki hisoblangan uzoq muddatli aktivlarning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi, chunki korxona o‘z vaqtida ushbu aktivlarni ishlatish hisobidan daromad olish uchun maqsadini ko‘zlaydi.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar asosiy vositalarga o‘xshab ta’rifga ega, ya’ni ular korxona tomonidan foydalanish uchun saqlanadi, uzoq muddatli asosda ishlatilish maqsadida olinadi va oddiy faoliyat jarayonida sotilish uchun mo‘ljallanmagan bo‘ladi.
Nomoddiy aktivlar o‘zining bajaradigan vazifasi va boshqa asosiy xususiyatlari bilan asosiy vositalarga o‘xshaydi, shuning uchun ham uzoq muddatli aktivlar guruhida joylashgan, lekin jismoniy jihatga hamda ko‘rinishga ega emas.
Nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • korxona faoliyatida faol foydalaniladi, sarmoya sifatida saqlanmasligi va sotish uchun olinmasligi kerak;


  • o‘z xizmat muddati davomida foyda keltirishi lozim;


  • hamma vaqt moddiy mohiyatga ega bo‘lavermaydi.


“Nomoddiy aktivlar” 7-son BXMS ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish yoki boshqarish uchun nazorat qilinadigan hamda uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanishga mo‘ljallangan moddiy-ashyoviy mohiyatga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlari sifatida belgilaydi. Nomoddiy aktivlarning qimmati ular egalariga beradigan uzoq muddatli huquq yoki afzalliklardan iborat.


Patentlar, mualliflik huquqlari, savdo markalari, litsenziyalar, nou-xau, firma bahosi (gudvill) nomoddiy aktivlarning eng oddiy namunalari hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar xuddi moddiy aktivlar hisobi tamoyillari singari hisobga olinadi: aktiv qiymati sotib olishdagi haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha aks ettiriladi hamda kelgusida undan foydali foydalanish muddati mobaynida chiqimlarga hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymati quyidagi davrlar davomida muntazam ravishda taqsimlanishi lozim:
- uning foydali xizmat muddati, biroq korxona faoliyati muddatidan oshmasligi kerak;
- foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda 5 yil hisobida (lekin korxona faoliyati muddatidan oshmaydi);
- 20 yildan oshmasligi kerak bo‘lgan muddat (biroq korxona faoliyati muddatidan ortiq emas) – gudvill uchun.
Xizmat muddatini aniqlash nomoddiy aktivlarning quyidagi tavsiflariga muvofiq amalga oshiriladi:

  • amal qilishni tiklash yoki uzaytirish shartlari;


  • xizmat muddatini qisqartirishga qodir bo‘lgan ma’nan eskirish, talabning o‘zgarishi va boshqa iqtisodiy omillar oqibatlari;


  • aktivning mavjudligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ayrim xodimlar guruhining kompaniyadagi mehnat faoliyati muddati;


  • kompaniyaning nisbatan afzalliklarga egaligini qisqartirishga qodir raqiblarning kutilayotgan harakatlari;


  • aktivdan foydali foydalanish muddatining cheklanmaganligi, u amalda cheksiz bo‘lishi mumkin va shu sababli aniq belgilanmaydi.





Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling