O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet77/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning asosiy maqsadi korxona moliyaviy hisoboti (moliyaviy hujjatlar)ni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni monitoringini tashkil qilishdan iborat. Bu ma’lumotlar ma’muriyatning o‘zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham mo‘ljallangan bo‘ladi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va Ktorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to‘lov, Kt berish qobiliyatlari, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan Shu ma’lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvo-fiq ravishda olib borilganiga e’tibor berishadi.
Boshqaruv hisobi korxona ichidagi aloqalarning asosiy tizimni o‘zida namoyon etadi. Uning maqsadi - o‘tmishdagi xodisalar tahlili asosida kelajakka mo‘ljallangan tavsiyalarni ishlab chiqish uchun menejerlarni tegishli axborot bilan ta’minlashdir.


2. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisobni tashqi hisob deb ham ataydilar. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlarni, Shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusidagi maqolalarni ham o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar korxonadan tashqarida bo‘ladilar. Ushbu axborot nazoratchi davlat organlari, kompaniyalarning aksionerlari, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning egalari, qudratli investorlar uchun zarur. Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan faqat korxona boshqaruv xodimlarigina foydalanadilar. Bu korxonaning o‘ziga xos “oshxona”si bo‘lib, bu erda menejerlar uchun maqolalar tayyorlanadi.

3. Axborot manbalari. Moliyaviy hisob uchun axborot manbai bo‘lib faqat korxona ma’lumotlarigina xizmat qilsa, boshqaruv hisobi uchun korxona hisobi esa undan tashqari soliq olishga oid ma’lumotlar, moddiy boyliklar harakati me’yorlarini tavsiflovchi texnologik chiqindilar haqidagi ma’lumotlar, ilmiy-tadqiqot ishlar o‘tkazilganligini, ularning natijalaridan ishlab chiqarishning tegishli sharoitlarida foydalanish imkoniyatlari haqidagi hisobotlar va ma’lumotlar axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling