O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Axborotni taqdim etish shakllari


Download 0.69 Mb.
bet79/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

9. Axborotni taqdim etish shakllari. Moliyaviy axborot soliq nazoratiga va boshqa tashqi foydalanuvchilarga xususan, Makroiqtisodiyot va Statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi va boshqa markaziy idoralar tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha taqdim etiladi. Ular tashkiliy - huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun yagonadir. Boshqaruv hisobi natijalari esa erkin, majburiy shaklda taqdim etilishi mumkin, uning yagona tasdiqlangan shakli mavjud emas.

10. Axborotning oshkoralik darajasi. Moliyaviy hisob ma’-lumotlari uning foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi. U ommaviy tusga ega bo‘lib, ayrim hollarda mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Moliyaviy hisobdan farqli o‘laroq boshqaruv hisobi sub’ektiv (xususiy) va sirlilik (maxfiylik) xarakteriga ega.


11. Axborotni aks ettirish uslublari va yo‘llari. Moliyaviy hisob qiymatida shakllanadigan axborotni o‘z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy hisoboti bosh daftardagi barcha schyotlar bo‘yicha yakuniy qoldiqlarni o‘z ichiga oladi. Axborotni qayd etish va aks ettirish chog‘ida moliyaviy hisob faqat o‘z uslubi va yo‘llariga tayanadi, bo‘lar: xujjatlar, inventarizatsiya, baholash, kalkulatsiya, buxgalteriya balansi va ikki yoqlamali yozuv va h.k.
Boshqaruv axborotini qayd etish va aks ettirish chog‘ida esa moliyaviy hisob uslub va yo‘llari bilan birgalikda matematika, statistika, iqtisodiy tahlilga oid uslub va yo‘llardan ham foydalaniladi. Boshqaruv hisobida qarorlar qabul qilish uchun samarali hisoblangan har qanday uslublar va usullar, yo‘llardan foydalanish mumkin.


12. Axborotini hisobga olish o‘lchovi. Xo‘jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun moliyaviy hisobda faqat qiymat o‘lchovi qo‘llaniladi va so‘mlarda ifoda etiladi. Boshqaruv hisobida esa hisob o‘lchovlarining barcha turlaridan foydalaniladi: moddiy, mehnat, qiymat turlari.

13. Hisobotlar tuzishning davriyligi. Moliyaviy hisobot qat’iy belgilangan muddatlarda tuziladi. Aniqrog‘i, bu hisobot har bir kvartal oxirida va yil yakuni bo‘yicha tuziladi va taqdim etiladi.
Boshqaruv hisoboti esa har kuni, har haftada, har oyda, har kvartalda va har yili tuzilishi mumkin. Bunday hisobotlarni taqdim etish muddati bevosita korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi, bunda qat’iy davriylik yo‘q. Muhimi, hisobot foydalanuvchiga foydali bo‘lmog‘i va u o‘z vaqtida taqdim etilishi lozim.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling