O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet85/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

Javobgarlik markazlari -ma’lum ta’limot hisoblanib, boshqaruv xodimlari xatti-harakatini tashkil etishga yo‘naltirishning yangi psixologik talqini bo‘lib, uning maqsadi nazoratdan ko‘ra ko‘proq o‘z-o‘zini boshqarishni tashkil etishda boshqaruv xodimlariga yordam berishdan iboratdir
Javobgarlik markazlari bo‘yicha hisob g‘oyasini birinchi bo‘lib 1952 yilda Jon Xiggins olg‘a surdi. Uning fikricha, javobgarlik markazlari bo‘yicha hisob - bu bevosita, xarajatlarni boshqarish hisobidir. Bu hisob natijalari markaz hisobotida to‘planadi va aks ettiriladi. Uning quyidagi mashhur qoidasi ham J. Xiggins nomi bilan bog‘liq: korxonaning har bir tuzilmaviy birligini u javob berishi mumkin bo‘lgan va nazorat qiladigan xarajatlar yoki daromadlar to‘ldirib turadi.
Javobgarlik markazi korxonani boshqarish tizimining bir qismini o‘zida namoyon etadi va har qanday tizim kabi kirish va chiqishga ega. Kirish bu xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, mehnat va turli xizmatlar xarajatlaridir. Chiqish esa javobgarlikning boshqa markaziga ketadigan yoki chetga sotiladigan mahsulot (xizmatlar)idir. Bunday sharoitlarda har bir javobgarlik markazi faoliyatini uning ishlash samaradorligi nuqtai naza-ridan baholash mumkin.
Javobgarlik markazlari hisobining asosiy maqsadi har bir javobgarlik markazi bo‘yicha faoliyat xarajatlari va natijalari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va ular bo‘yicha mavjud og‘i-shishlarni muayyan shaxs zimmasiga yuklashdan iborat.
Boshqarish nuqtai nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo‘linishi muayyan vaziyat xususiyati bilan belgilanishi va quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi bilan bog‘langan bo‘lishi:
har bir javobgarlik markazida faoliyat hajmini aniqlash xarajatlarini hisoblash va ularni taqsimlash uchun baza vazifasini bajarishi;
har bir javobgarlik markazi menejerning vakolatlari va javobgarligi sohasini aniq belgilashi zarur. Menejer faqat u nazorat qila oladigan ko‘rsatkichlar uchun javob beradi;
har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarini o‘rnatish zarur;
javobgarlik markazi menejerlari o‘tgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini o‘tkazishda va kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda ishtirok etishlari lozim.
Bundan tashqari, korxonani javobgarlik markazlariga bo‘lishda tegishli markazlar rahbarlarining bahona va e’tirozlariga ta’sir qila oladigan ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olmoqlari zarur.
Shuni nazarda tutish lozimki, ishlab chiqarish korxonasini javobgarlik markazlariga bo‘lish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va tashkil etilishi, dastlabki materiallari, ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibi, texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog‘liq.
Javobgarlik markazlarini tashkil qilish jarayoniga korxona ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Korxona ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish turlarini,ssexlar, xizmatlar tarkibi va tuzilmasini, ularning quvvatini, ishlab chiqarishni boshqarish darajasidagi tuzilish va o‘zaro bog‘liqlik shakllarini o‘zida ifoda etadi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi esa ish o‘rinlarini o‘zida aks ettiradi. Aslida u korxona faoliyatining ayrim turlari va korxona-ning asosiy vazifa va maqsadlarini boshqarish bo‘yicha kelishuvini ta’minlaydi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi doirasida boshqarishni tashkil etishning quyidagi shakllarini ajratib ko‘rsatish mumkin: chiziqli, funksional, chiziqli - funksional, matritsali.
Chiziqli deganda “vertikal bo‘yicha” boshqarish tushuniladi, bunda quyida turuvchi bo‘g‘inlar qat’iy ravishda yuqorida turuvchi bo‘g‘inlarga bevosita bo‘ysunadi. Odatda, chiziqli tizim ishlab chiqarishssexlari va korxona uchastkalarini boshqarishda xarakterlidir.
Funksional boshqaruv - bu alohida funksiyalar bo‘yicha boshqa-rishdir (moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, loyiha - konstruktor va texnologik ishlovlar, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloqalar va ho-kazolar). Bunda yuqorida turuvchi bo‘g‘in barcha yoki qisman quyidagilarga, ammo faqat birgina funksiya doirasida rahbarlik qiladi. Funksional boshqaruv shartlarida bir shaxs yoki bo‘linmada turli funksiyalar bo‘yicha ham rahbarlik qilishi mumkin.
Amaliyotda boshqarishning chiziqli – funksional tuzilmasi eng ko‘p qo‘llaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo‘linmalar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi, ixtisoslashgan funksional bo‘linmalar esa (marketing bo‘limi, reja, moliya bo‘limlari, kadrlar bo‘limi) asosiylariga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning tamoyillari va yakkaboshchilik birgalikda amalga oshiriladi. Tayyorlanadigan qarorlarning yuksak darajadaligi va har bir ishlab chiqarish bo‘g‘iniga yoppasiga rahbarlik qilish ham ta’minlanadi.
Matritsali tuzilmada funksional bo‘linmalar bilan birga muayyan ishlab chiqarish vazifalarini hal etish uchun maxsus organlar (loyiha guruhlari) tuziladi. Bu guruhlar boshqaruv ierarxiyasining turli darajalarida turgan alohida funksional bo‘linmalar mutaxassislaridan tarkib topgan.
Matritsali tuzilmaning afzalligi shundaki, u tashkilot ichkarisidagi to‘siqlarni bartaraf etish imkonini beradi, bunda funksional ixtisoslashish rivojiga xalal bermaydi. Funksional qiymat tahlili (FQT) guruhining vujudga kelishi ham bunga misol bo‘lishi mumkin. Uning maqsadi, eng kam xarajat qilgan holda eng yaxshi xulosali va o‘lchamli (parametrli) yangi buyumni ishlab chiqarishga erishishdir.
Boshqaruvni tashkil etishning matritsali shakli rahbarlarning hamjihatlikda faoliyat yuritib, markazlashgan guruh a’zolarining shaxsiy qobiliyatlarini namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi.
Tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish har bir bo‘linma faoliyatini muayyan shaxslar mas’uliyati bilan bog‘lashga, ularning natijalarini baholashga va korxona faoliyati natijalariga qo‘shgan hissasini aniqlashga imkon beradi.
Bu bo‘linmalar bo‘yicha boshqaruv hisobini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun ularning quyidagi belgilaridan kelib chiqqan holda tasniflash zarur:
 vakolatlar va javobgarlik ko‘lami;
 markaz bajaradigan funksiyalar.
Vakolatlar va javobgarlik qo‘lamidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo‘lmoq zarur.
Xarajatlar markazi - bu faqat xarajatlargagina javob beradigan korxonaning tuzilmaviy bo‘linmasidir (masalan, ishlab chiqarish uchastkasi,ishlab chiqarishssexi, konstruktorlik byurosi va h.k.). Shunday markaz doirasida nazorat, tahlil qilish va boshqarish maqsadida ishlab chiqarish omillari xarajatlarining rejalashtirilishi, me’yorlashtirilishi va hisobi tashkil etiladi.
Xarajatlar markazini boshqariladigan va erkin xarajatlar markazlariga bo‘lish zarur.
Boshqariladigan xarajatlar markaziga mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va hamma o‘rtasidagi samarali munosabat mosdir. SHunday markazlarning xarajatlarini boshqarish oldindan tuzilgan moslashuvchan byudjetlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqarila-digan xarajatlar markazining rahbari mahsulot birligiga ketadigan xarajatlarni eng kam miqdorga keltirishga javob beradi va uning faoliyati mahsulot birligiga ketgan me’yoriy va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash yo‘li bilan baholanadi.
Erkin xarajatlar markazi faoliyati uchun samarali o‘zaro nisbat mavjud emas. Tashkilot rahbariyati bunday markazlar xarajatlari hajmiga ta’sir qila olmaydi va uni tayyor hajm sifatida qabul qiladi. Konstruktorlik byurosi, kimyoviy-texnik nazorat labo-ratoriyasi va h.k.lar erkin xarajatlar markazlariga misol bo‘la oladi.
Sotish markazi javobgarlik markazining bir turi hisoblanadi, uning rahbari faqat kirimga javob beradigan (sotish bo‘limi, ekspeditsiya, do‘koni, ombor uchun emas) bo‘linmadir. Bunday markaz faoliyatiga ketgan xarajatlar va tushum miqdori o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik deyarli yo‘q, shu munosabat bilan sotishdan tushgan tushum, shuningdek, uni belgilovchi ko‘rsatkichlar: sotish hajmi, sotuvdan olingan tushum va baho asosiy nazorat qilinadigan ko‘rsatkich hisoblanadi.
Javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini shunday tashkil etish kerakki, har bir bo‘linma faoliyati natijalarini baholash uchun har bir muayyan javobgarlik markazining olishi kutilayotgan foyda hajmini belgilasin. Bunday sharoitda javobgarlik markazlari doirasida foyda markazlari tuzish alohida ahamiyatga ega.
Foyda markazi rahbari ham xarajatlar, ham foyda uchun javob beradigan bo‘linmadir. Bunday markazlarda daromad ishlab chiqarilgan mahsulotning pul ifodasi, xarajat foydalanilgan zaxiralarining pul ifodasi, foyda esa daromad va xarajat o‘rtasidagi farqdir. Foyda markazi menejeri baho va sotish hajmini, shuningdek, xarajatlarni nazorat qiladi. SHu bois bunday markazda asosiy nazorat qilinuvchi ko‘rsatkich bilan foyda belgilanadi.
Investitsiyalar markazi rahbari daromadlar va xarajatlarga, balki kapital quyilmalarga ajratilgan mablag‘ga javob beradigan bo‘linmadir. Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo‘lgan bunday markazning maqsadi nafaqat foyda olish, balki sarflangan mablag‘larning rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag‘ning ortishiga erishish ham hisoblanadi.
Investitsiyalar markazi faoliyatini operatsion byudjet, uni ijro etish xaqidagi hisobot, shuningdek, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlar, balans yordamida boshqarish mumkin.
Asosiy javobgarlik markazlari bevosita mahsulot ishlab chiqarish, iste’molchilar uchun ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsa-tish bilan shug‘ullanadi. Ularning xarajatlari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarhiga kiritiladi. Asosiy ishlab chiqarish uchastkasi vassexlarni, sotish bo‘limini ana shunday markazlarga ki-ritish mumkin.
Javobgarlikning yordamchi markazlari uning asosiy markazlariga xizmat qiladi. Bu markazlarning xarajatlarini avvaliga javobgarlikning asosiy markazlari bo‘yicha taqsimlanadilar, shundan keyingina asosiy markazlarning umumiy xarajatlari tarkibiga mahsulot, ishlar, xizmatlar tannarhi kiritiladi. Ma’muriy-xo‘jalik, texnik-nazorat bo‘limlarini, ta’mirlashssexini, asbob-uskunalar ustaxonasi va boshqalarni shunday markazlar jumlasiga kiritish mumkin.
Javobgarlik markazini aniqlashda korxonaning texnologik tuzilmasini e’tiborga olish, keyin uni gorizontal va vertikal kesimlarga ajratish zarur. Birinchisi, markaz uchun javobgar har bir shaxs faoliyati doirasi bilan chegaralanadi; ikkinchisi boshqaruv qarorlari qabul qiluvchi vakolatli xuquqi bor shaxsning ierarxiya pillapoyasini ko‘zda tutadi.
Javobgarlik markazining har biri bir vaqtning o‘zida xarajatlar, daromadlar, foyda yoki investitsiyalar markazi bo‘lishi mumkin. Ular birinchi holda xarajatlar, ikkinchi holda sotishlar (kirim) hajmi, uchinchi holda foyda va to‘rtinchi holda investitsiyalar hajmi va qoplanish muddatlari bo‘yicha tuziladi. Markaz rahbari vazifalarini bajarish uchun qabul qilgan majburiyatlari qatori moliyaviy javobgarlikni ham zimmasiga olishi shart. Bunda har bir markaz xilma-xil funksiyalarni bajarishi mumkin (ishlab chiqarish, marketing, texnik xizmatlar, hisob, nazorat va h.k.). CHunki muayyan olingan funksiyalar yoki vositalar emas, balki inson, agent, ma’mur markaz obekti bo‘lib hisoblanadi. Korxona javobarlik markazini gorizantal va vertikal kesimlarda ko‘rib chiqish markazlashtirilgan rahbariyatni umumiy maqsadga korxona tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlarining iloji boricha eng ko‘p tashabbusi bilan qo‘shib yuborishga imkon beradi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling