O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet84/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

Tayanch iboralari
Boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob, menejer, ichki foydalanuvchilar, tashqi foydalanuvchilar, «Direkt-kosting», «Standart kost», boshqaruv tamoyillari, xarajatlar daromadlar.
Nazorat savollari:
        1. Boshqaruv hisobi deganda nimani tushunasiz?


        2. Boshqaruv hisobining asosiy vazifalari nimalardan iborat?


        3. Boshqaruv hisobi va moliyaviy hisobning o‘zaro bog‘liqigi va farqli tomonlarini izoxlang?


        4. Xorijiy davlat olimlari boshqaruv hisobiga fan siftida qanday nuqtai nazar bildirmoqdalar?


        5. «Direkt-kosting» tizimi bo‘yicha boshqaruv hisobi qanday olib boriladi?


        6. Xorij iqtisodchilarinig fikricha «Direkt-kosting» hisobi tizimining qanday variantlari bor?


        7. «Direkt-kosting» hisobi tizimi boshqa hisob tizimlaridan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?


        8. «Standart kost» hisob tizimining mohiyati nimadan iborat?




14-BOB. XARAJATLAR TAQSIMOTI VA TANNARH KALKULYASIYASI




    1. Xarajatlar tushunchasi, tarkibi va ularning hisobini yuritish



Xarajat - bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo‘lib‚ daromadlar va xarajatlar konsepsiyasiga ko‘ra‚ o‘sha davrning o‘zida daromad keltirishi kerak. Xarajatlarning to‘g‘ri hisobga olinishini ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish tannarhini aniq hisoblash maqsadida xarajatlarni mezonlari bo‘yicha turkumlashtirish ilmiy va amaliy jihatdan mukammal va aniq bo‘ladi.
Xarajatlarni hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash;


  • chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash, kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;


- baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarhini hisoblash;


- sub’ektning tarkibiy bo‘linmalari ishlab chiqarish faoliya-tining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash;
- uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik darajasi, ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni tayyorlash uchun moddiylashtirilgan mehnat sarflarining pul shaklidaga ifodasidir. Ishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirish va hisobga olish maqsadida ular ma’lum tartibda turkumlarga ajratiladi:

              1. Mahsulotni tayyorlashdagi texnik-iqtisodiy roliga qarab:


  • asosiy;

  • ustama.

  1. Ayrim mahsulot turlarining tannarhiga qo‘shilishi (taqsimlanishi)ga qarab:


  • bevosita (to‘g‘ri);


  • bilvosita (egri).


  1. Tayyorlanayotgan mahsulot miqdoriga bog‘liqligiga qarab:


  • o‘zgaruvchan;


  • o‘zgarmas (shartli).


  1. Xarajatning turiga qarab:


  1. Tarkibiga qarab:


  • bir elementli;


  • kompleks.


  1. Ishlab chiqarish bilan bog‘liqligiga qarab:


  1. Mahsulot tannarhini hosil qilishdagi xarakteriga qarab:


  • unumli;

  • unumsiz.

  1. Rejaga kiritilishiga qarab:


  • rejalashtiriladigan;


  • rejalashtirilmaydigan.


  1. Hosil bo‘lish joyiga qarab:


  • tsex;

  • uchastka;

  • bo‘lim;

  • brigada.

  1. Taqvim davriga tegishliliga qarab:


  • joriy davr;


  • kelgusi davr;


  • kelajakdagi xarajatlar rezervi.


Amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish xarajatlarini turkumlashtirishdan maqsad ularni hisobga olishda normativ hujjatlaring talablariga asoslanishni ta’minlashdir.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling